Portlandsement yaratilish tarixi. Portlandsement ta’rifi va xom ashyosi. Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi


Portlandsementni kuydirish jarayoni


Download 84.8 Kb.
bet4/6
Sana12.02.2023
Hajmi84.8 Kb.
#1190473
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-маруза-лотин

Portlandsementni kuydirish jarayoni.
Portlandsement olish uchun xom ashyo aralashmasi aylanma yoki shaxtali pechlarda kuydiriladi. Aylanma pech uzunligi 50-200 m, diametri 2-6 m atrofida bo‘ladi. Sutkasiga 1300 va 1800t klinker beradigan pechlarning o‘lchamlari 4,5 x 170 m va 5 x 185 m. Pechlar tokka qarama qarshi prinsipida ishlaydi. Pechni material bilan to‘ldirish 7-15 % tashkil etadi. Pechni yuritishga 20-90 ot kuchilik quvvat talab qilinadi. Pech gorizontga nisbatan 2-5o og‘gan bo‘ladi. Pech barabani minutiga 0,5-1,3 marta aylanadi. Pechning klinker kamerasi sovitgich bilan ulangan bo‘ladi. Sovitgich pechdan chiqayotgan klinker haroratini 900oS dan 100-200oS gacha kamaytirib beradi. 1kg klinker olish uchun ketgan xarorat 1600-1700 kkal ni tashkil etadi.
Portlandsementni quruq usulda ishlab chiqarishga asoslangan va uzunligi 95 m ni tashkil qilgan shunday pechlardan biri 31-rasmda keltirilgan.
SHaxtali pechlar o‘lchami 2,5 x 10 m va 2,55 x 11 m atrofida bo‘ladi. Pechni material bilan to‘ldirish 100 %. SHuning uchun ularning unumdor-ligi aylanma pechlarga nisbatan 7,4 marta katta. 1 kg klinker olish uchun ketgan issiqlik 1150 kkal ni tashkil etadi. Bu raqam aylanma pechdagi xarajatga nisbatan ancha kam.
SHaxtali pechlar kamchiligi-ishlab chiqarish xajmi kichikroq, yoqilg‘ini butunlayin yondirish qiyin, gox-goxda klinker etarli darajada kuydirib ulgurilmaydi. SHaxtali pechlarda kuydirishning ayrim bosqichlari bir-biridan keskin ajralib ham turmaydi. SHuning uchun shaxtali pech portlandsementning pastroq markalarini olish uchun qulay.
Portlandsementni kuydirish chog‘ida uning tarkibiga kirgan modda-lar o‘rtasida reaksiyalar ketadi. Quyida xo‘l usul texnologiyasi asosida tayyorlangan xom ashyoda ro‘y beruvchi jarayonlar keltiriladi:
1- Aylanma pechning quritish osti zonasi. Xarorat 100-175oS gacha o‘zgaradi. Namligi 32-45 % ni tashkil etgan aralashmadagi suv N2O ning parlanishi va aralashmani qurishi. Suvning parlanishiga sarf bo‘lgan issiqlik umumiy kuydirish issiqligining 35-40% ni tashkil etadi;
2- Pechning quritish zonasi. Xarorat 100-150o dan 450-600o S gacha o‘zgaradi. Bu paytda tuproq minerallari degidratatsiyaga uchraydi va organik qo‘shilmalar parchalanadi:
Al2O3 2SiO2 2H2O = Al2O3 2SiO2 + 2H2O (-218 kkal).
Bu jarayonda umumiy energiya xarajatining 1% gina sarflanadi.
3- Pechning kalsinirovaniya zonasi. Xarorat 700-1100oS atrofida. Ohaktosh dissotsiatsiyaga uchraydi:
SaCO3 = CaO + CO2 (- 425 kkal).
Bu jarayonda issiqlikning 28-32% ti sarf bo‘ladi.
4. Ekzotermik reaksiyalar zonasi. Xarorat 900-1300oS . Bu vaqtda C2S, C3A va C4AF xosil bo‘ladi:
CaO + Al2O3  CaO Al2O3
CaO Al2O3 + 2CaO  3CaO Al2O3
2CaO + SiO2  2CaO SiO2
2 CaO + Fe2O3  2CaO Fe2O3
2 CaO Fe2O3+ 2CaO Al2O3  4CaO Al2O3 Fe2O3
5. Pechning pishish zonasi. Xarorat 1300-1450oS atrofida. Alit mineralining xosil bo‘lishi
2CaO SiO2 + SaO  3CaO SiO2
6. Klinkerni sovitish. Xarorat 1100-100oS oraligida o‘zgaradi. Tez
sovitish 3CaO SiO2 ni parchalamaydi, 2CaO SiO2 ni formasini saqlaydi.

Download 84.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling