Portlandsement yaratilish tarixi. Portlandsement ta’rifi va xom ashyosi. Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi


Portlandsement xossa-xususiyatlari va ishlatilishi


Download 84.8 Kb.
bet5/6
Sana12.02.2023
Hajmi84.8 Kb.
#1190473
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-маруза-лотин

4. Portlandsement xossa-xususiyatlari va ishlatilishi.
Portlandsementning sifatini markasi belgilaydi. Marka u va standart qum ishtirokida 1:3 miqdorda yasalgan kubning 28 sutka qotganligidan keyingi siqilishga bo‘lgan chidamlilikni anglatadi. Sanoat korxonalari asosan 400-500 markali maxsulot chiqaradi. Oz miqdorda maxsus ob’ektlarda ishlatish uchun 700-800 markali sementlar ham ishlab chiqariladi.
Portlandsementning qotishi 45 minutdan oldin boshlanmasligi va 12 soatdan kech bo‘lmagan muddatda tugashi kerak.
Portlandsementning xajmiy og‘irligi tabiiy xolatda 900-1100 g/l va zichlashtirilgan xolatda 1400-1700 g/l ga teng.
Portlandsement kukuni 008 raqamli elak (elak teshiklari o‘lchami 0,08 mm) dan kamida 85% o‘tishi darkor. Portlandsement xavoda qotaetganda biroz torayadi va suvda qotayot-ganda esa biroz shishadi. Umuman olganda sement poroshogining sifati uning tarkibiga kirgan asosiy minerallarning miqdori, zarrachalarning formasi va razmeriga bog‘liq. SHu faktorlar majmuasi bog‘lovchi yoki to‘qimaning kleylash qobiliyati, eritma yoki betonning qotish va mustahkamlikka erishish tezligi,tatbiq etish ob’ekti kabi xususiyatlarni belgilaydi. Tarkibi ohak, gips va magnezial to‘qima moddasiga to‘g‘ri keluvchi massa aksariyatda havoda qotadi. Alit, belit, selit va alyuminatdan tash-kil topgan poroshok esa havoda ham, suvda ham qota beradi. SHuning uchun u er usti va gidrotexnika inshootlar qurilishida keng ishlatiladi.
Sement tarkibda alit nomli uch kalsiyli silikat minerali miqdo-rining ko‘p bo‘lishi tez qotadigan mustahkam betonning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunday sement past haroratda ham yaxshi qota oladi, shuning uchun alitli portlandsementlarni qishda ishlatish maqsadga muvofiq. Ikki kalsiyli silikat-belit mineralining ko‘p bo‘lishi esa gidrotexnika qurilishining suv va kislotalarga chidamliligini, vaqt o‘tgan sari mustahkamlikning se-kin oshishini ta’minlaydi. Uch kalsiyli alyuminat mineral sementning qotishini tezlatadi va hajmning saqlanish yoki oshishini ta’minlaydi. Sulfat tuzlariga chidamlilik alyuminat, rang esa selit mineralining miqdoriga bog‘liq. Bu ikki mineral miqdorining ko‘p bo‘lishi sementning sulfat eritmalariga chidamsiz va rangining qorayishiga asosiy sababchidir. SHuning uchun sulfat agressiyasiga aloqador gidrotexnik qurilmalarda tarkibida kam alyuminatli portlandsementlar qo‘llaniladi. Kengayuvchan sement tarkibi besh kalsiyli uch alyuminat, kalsiy alyumi-nat va kalsiydialyuminat minerallaridan tashkil topgan glinozyomli se-ment asosida olinadi, Bu sement tez qotib portlandsementning 7 kunlik mustahkamligiga 12 soat ichida erishadi. Sementning pishiqligi zarrachalarining o‘lchoviga ham bog‘liq. Zarrachalar qanchalik mayda bo‘lsa, ularning yopishish, to‘qima hosil qilish qobiliyati shunchalik kuchli bo‘ladi.SHlakoportlandsementning aktivligi ularni vibrotegirmonlarda maydalash orqali oshiriladi. Bunda bir necha million dona sement zarrachasi 1 sm3, ularning yuzasi esa minglab sm2 ni tashkil etadi. Bu esa poroshok bilan suyuqlik o‘rtasidagi fizik-kimyo va polimerizatsiya protsesslarini juda tezlanib yuboradi.

Download 84.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling