Portlandsement yaratilish tarixi. Portlandsement ta’rifi va xom ashyosi. Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi
Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 84.8 Kb.
|
10-маруза-лотин
3. Portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi.
Hozirgi kunda portlandsement poroshogini tayyorlash uchun bir qism tuproq va uch qism ohaktoshdan iborat sun’iy aralashma ishlatiladi. Bunday aralashma tabiatda tayyor holda ham uchraydi va u ohakli mergel nomi bilan ataladi. Xozirgi kunda portlandsement tayyorlashning ikki usuli ma’lum: 1-xo‘l usul va 2-quruq usul.Ikkala usulning ham afzalliklari,ham kam-chiliklari mavjud. Lekin 2-chi usul progressiv usul xisoblanadi. Bu usul bilan portlandsement ishlab chiqarilganda anchagina yoqilg‘i tejaladi. O‘zbekistonda ham sement turlari, jumladan portlandsement tayyorlashda ikki usul - suyuq va quruq usullardan foydalaniladi. Suyuq usulda massa tayyorlanganda u shlam nomini oladi, quruq usulda esa - xom ashyo uni nomini oladi. Xom ashyo sifatida maxalliy oxaktosh va ma-xalliy gil ishlatiladi. Asosiy texnologik jarayonlar quyidagicha: 1. Xom ashyolar - oxaktosh va gillarga ishlov berish; 2. SHlam yoki xom ashyo unini tayyorlash; 3. SHlam yoki xom ashyo unini kuydirish va klinker olish; 4. Kuydirilgan maxsulotni sovitish; 5. Klinkerga qo‘shilmalar qo‘shib tuyish; 6. Saralash va siloslarga uzatish. Quyida xul usulda portlandsement ishlab chiqarish texnologik sxemasi berilgan. Ohaktosh (kon) Gil (karer) Qazib olish Qazib olish Tashish Tashish Ta’minlagich Ta’minlagich Jagli maydalagich Valik maydalagich Ta’minlagich Loy qorgich SHarli tegirmon Gidravlik qo‘shilma ombori SHlam basseyn Ta’minlagich SHlam uzatish Gipstosh ombori Madalagich Aylanma pech Ta’minlagich Ta’minlagich Klinker ombori Maydalagich Kuritgich Ta’minlagich Ta’minlagich Ta’minlagich SHarli tegirmon Sement silosi Qoplaydigan mashina Idishlarda sement junatish Portlandsementni xo‘l usulda olishda xom ashyo tarkibiga ko‘mir ko‘shish sement sifatini oshirishga olib keladi. Ko‘mir ombordan ta’-minlagichli bunkerga uzatiladi, undan jag‘li maydalagichga, ta’minlovchi bunkerga, sharli tegirmonga, ta’minlagichga va nixoyat shlam bilan birga-likda aylanma pechga uzatiladi va quydiriladi. YUqoridagi sxemada yana bir komponent mavjud (ja’mi komponentlar soni 5 ta - ohaktosh, gil, gidravlik qo‘shilma, ko‘mir va suv). U suv bilan loyqorgichga uzatiladi, kerak bo‘lsa sharli tegirmonga ham uzatilishi mumkin. Natijada tarkibida suvi kup bulgan xom ashyo aralashmasi-shlam olinadi va shlam-basseynga uzatiladi. Xozirgi kunda portlandsement ishlab chikarishning progressiv usuli-quruk usulda olish sxemasi ishlab chiqilgan va bu sxema yangi korxonalarda ishlab chiqarishga joriy etilgan. O‘zbekistonning Navoiy shaxridagi “Qizilqumsement” korxonasida xam sement kuruk usulda olinadi. Kuyida biz bu usulning texnologik sxemasini keltiramiz. Oxaktosh Gil koni kareri Ta’minlagich Kumir ombori Maydalagich Ta’minlagich Ta’minlagich Maydalagich SHarli tegirmon Ta’minlagich Silos SHarli tegirmon Gidravlik kushilmalar ombori Ta’minlagich Ta’minlagich Ta’minlagich Donadorlashtirgich Ventilyator Gipstosh ombori Maydalagich Aylanma pech Ta’minlagich Klinker ombori Maydalagich Kuritgich Ta’minlagich Ta’linlagich SHarli tegirmon Sement siloslari Koplash mashinasi Sementni idishsiz junatish Sementni idishlarda junatish Aralashma ho‘l usulda tayyorlanganda qo‘llanadigan ohaktosh va tuproq oldindan maxsus mashinalarda suv yordamida maydalanadi va yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan qaymoqsimon suyuqlikning namligi taxminan 32 - 45% bo‘ladi. Agar sementni quruq usulda ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgan bo‘lsa, u holda “xom ashyo uni” avval komponentlarni quritish, so‘ngra maydalash va aralashtirish orqali amalga oshiriladi. So‘ngra aralashma sement korxonalarining yuragi hisoblanmish pechlarga yuboriladi va unda sement xuddi metall domnada tayyorlangandek tayyorlanadi. Sement ko‘pincha domnalardan o‘laroq Jyul Vernning fantastik pushkasiga o‘xshash gorizontal, aylanuvchan pechlarda kuydiriladi. YUqori haroratga mo‘ljallangan pechning diametri 5 m, uzunligi 185-190 m ni tashkil qiluvchi,ichi o‘tga chidamli materiallar bilan qoplangan silindrdan tashkil topgan bo‘lib, og‘irligi 3,5 ming t atrofida. U gorizontga 2-3 gradus qiya kilib qo‘yilgan, shu sababli qorishma o‘z og‘irligi ta’sirida olov tom- on harakat qiladi, harorati oshib, tanasida quyidagi kimyoviy protsesslar sodir bo‘ladi: 100o da massadagi mexanik va gidroskopik suv bo‘g‘lanadi; 400-600o chamasida organik chiqindilar yonadi va tuproq parchalanadi,natijada uning tarkibidan kimyoviy bog‘langan suv uchib ketadi; 900o atrofida kar-bonat angidrid gazi ohaktosh tarkibidan chiqa boshlaydi; 1200-1450o da kalsiy oksidi kremnezem, korund, temir (III) oksidi bilan reaksiyaga kirishib, klinkerning yangi minerallari - alit (uch kalsiyli silikat), bilet (ikki kalsiyli silikat), selit (to‘rt kalsiyli alyumoferrit) va uch kalsiyli alyuminatni hosil qiladi. Klinker olishda gorizontal pechlar o‘rniga shaxta tipidagi pechlar-dan, eritish usuli bilan ishlovchi agregat-konvertor va yoyli elektr pechlardan, qaynayotgan qatlam usulining vertikal trubkalaridan, bir vaqtda kuydirish va maydalash usulining tez oqimli tegirmonlaridan ham foydalanish mumkin. Ammo klinker hali sement emas. SHuning uchun qizigan olov bilan nafas olayotgan modda maxsus xolodilniklar yordamida sovitiladi. So‘ngra maxsus tegirmonlarda cho‘yan sharlar yordamida mayda (razmeri 0,08 mm dan kichik) poroshokka aylantiriladi. Maydalash vaqtida klinker tarkibiga 3 % gips va 15 % gacha gidravlik qo‘shimchalar (diaomit, trepel, opok) qo‘shiladi. Ular sement miqdorini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. Natijada juda mayda va yumshoq, kul rangli sement poroshogi olinadi. Tayyor mahsulot temir-beton yoki metalldan yasalgan silindr formali sement siloslarda saqlanadi. Siloslarning bo‘yi 30 m, diametri 12 m atrofida bo‘lib, hajmi 1000 t ga boradi.
Sement pnevmotransport va maxsus qoplash mashinalari yordamida 50 kg li qog‘oz qoplarga joylanib, iste’molchilarga jo‘natiladi. Sement korxonalarida ohaktosh va tuproq aralashmasidan qurilish industriyasi-ning non va tuzi hisoblangan, tosh va kley vazifasini bajaradigan, xalq xo‘jaligi uchun o‘ta zarur, oddiy va arzon material - sement olinadi. Download 84.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling