5 . O‘ebekistonda portlandsement va uning asosidagi maxsus sementlarni ishlab chiqarilishi.
Mustaqillik davri boshida MDH mamlakatlari, shu jumladan O‘zbekistonda ham ba’zibir sanoat soxalari bo‘yicha maxsulotlar ishlab chiqarish xajmi biroz kamaydi. Lekin bizning mamlakatda bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarish korxonalari saloxiyati saqlab qolindi. « Ohangaronsement », « Quvasoysement » « Bekobodsement », « Qizilqumsement » kabi ulkan korxonalarimiz 1991 yildan keyin chet el andozalari asosida qayta rekonstruksiya qilindi. Ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar sifati oshirildi va ularning tannarxini kamaytirish borasida bir qancha tadbirlar amalga oshirildi. Mahsulotlarni chet ellarga eksport qilish ham boshlandi. Eng quvonchlisi bu va bularga o‘xshash sanoat korxonalari maxalliy xom ashyolar asosida yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tishdi.
Bekobod sement ishlab chiqarish birlashmasi mamlakatimizdagi etakchi sanoat korxonalaridan biri. Toshkent viloyatining Bekobod qo‘rg‘onida bundan 75 yil muqaddam tashkil etilgan ushbu korxona dastlabki paytlari bir yilda 25 ming tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega edi.
Yillar davomida korxona bir necha marta ta’mirlandi, ishlab chiqarish quvvati ham oshib bordi. 1995 yili mulk shakli o‘zgarishi tufayli korxona ildam qadam tashladi- korxona quvvati oshdi va sifat kursatkichlari yaxshilandi. 2000 yili 500 ming tonna sement ishlab chiqargan korxona 2003-2005 yillarda bu ko‘rsatgichni 700 ming tonnaga etkazish niyatida. Asosiy mahsulot M-400 va M-500 markali portlandsement bo‘lib, u bilan birga gaz va neft sanoatida zarur bo‘lgan tamponaj sementi ham ishlab chiqarilmoqda. Asbotsement quvurlari va plitalari, pishiq g‘isht, ohak, issiqlik o‘rash qoplamalari ishlab chiqarish ham kundan-kunga oshib bormoqda.
« Quvasoysement » hissadorlik jamiyati Farg‘ona viloyatidagi iqtisodi baquvvat korxonalar sirasiga kiradi. Bunga sabab, korxonadagi oddiy ishchidan tortib rahbar xodimlargacha tashabbuskor, o‘z ishini puxta egallagan kishilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |