Portlandsement
SEMENT MARKASINI ANIQLASH
Download 0.86 Mb.
|
Лаборатория -4
SEMENT MARKASINI ANIQLASH
(plastik qorishmadan tayѐrlangan namunalarni sinash) a) Sement qorishmasining quyuq suyuqligini aniqlash. Asbob va uskunalar. Silkituvchi stol, shibbalagich, lineyka, qorishtirgich. Ishlash tartibi. Sementning markasini aniqlash (GOST 310.4-81) quyidagicha, avval namuna- taѐqchalar tayѐrlanadigan sement qorishmaning quyuqligini (konsistensiyasi) aniqlanadi. Buning uchun 1500 g qum va 500 g sement olinadi. Bu materiallar kosaga solinib, quruq holida kurakcha bilan 1 minut davomida obdon qorishtiriladi, keyin o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga 200 g suv (S:S=0,4) quyiladi, suv shimilgandan keyin aralashma yana kurakcha ѐrdamida bir minutcha qorishtiriladi. Tayѐr qorishma aralashtirgichga solinib, 2,5 minut mobaynida qorishtiriladi keyin silkituvchi stolcha va konus shaklidagi metall qolipdan foydalanib, qorishmaning quyuqligi aniqlanadi. Silkituvchi stolcha cho‘yan stanina (1) dan iborat, val (2) dagi mushtcha (3) o‘q (4) ni ko‘taradi, o‘q bilan birga ѐtiq disk (5) va uning yuziga qoplangan 300 mm diametrli toshoyna (6) ko‘tariladi. Maxovikni aylantirganda o‘q bilan birga ѐtiq disk valdagi mushtcha ѐrdamida goh ko‘tariladi, goh tushadi. O‘q shu tarzda harakatlanganda stolcha 10 mm ko‘tarilib, qolip (7) ni silkitadi. Qorishmani konussimon qolipga joylashdan oldin qolipning ichki yuzasini va shisha diskning yuzini salgina xo‘llash kerak. Qorishma qolipga ikki qatlam qilib joylanadi (qatlamlarning qalinligi bir xil bo‘lishi kerak). Har bir qatlam metall shibbalagich bilan zichlanadi. Pastki qatlam 15 marta va ustki qatlam 10 marta shibbalanishi lozim. Qorishmani joylaѐtganda va shibbalab zichlaѐtganda qolipni (konusni) shisha diskka bosib turish kerak. Qorishmaning ortiqchasi pichoq tig‘i bilan sidirib tashlanadi-da, qolip asta-sekin ko‘tariladi. So‘ngra g‘ildirakni dastasidan ushlab aylantirib turgan holda stolcha 30 sekund davomida 30 marta silkitiladi, shunda sement konus ѐyiladi. Konusning ѐyilish darajasi shtangensirkul ѐki po‘lat chizrich ѐrdamida ostki qismining ikki joyidan, bir-biriga tik yo‘nalishlarda o‘lchanadi. Konus 106-115 mm ѐyilgan bo‘lsa, qorishmaning quyuqligi normal deb hisoblanadi. Konus bundan kam ѐyilgan taqdirda ko‘proq suv qo‘shib yana qorishma tayѐrlanadi. Qorishmaning suv talabchanligi suv:sement (S:S) nisbati qurinishida ifodalanadi. Hosil bo‘lgan qiymat laboratoriya ishlari daftariga ѐzib qo‘yiladi va kelgusida sinovdan o‘tkaziladigan namuna-taѐqchalar uchun sement qorishma tayѐrlash vaqtida shu ma’lumotdan foydalaniladi. Sement massasi -………g. qum turi - qumning massasi -……….g. suv mikdori -……….g (sm3) suv-sement nisbati (S/S) -……… qorishtirish usuli – stolda silkitish soni – Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling