Portlandsement
Kerakli asbob va uskunalar
Download 0.86 Mb.
|
Лаборатория -4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.Qumdagi organik qо‘shimchalar miqdorini aniqlash
- Kerakli asbob va uskunalar
Kerakli asbob va uskunalar:
Texnik tarozi toshlari bilan, balandligi h=300mm dan kam bо‘lmagan silindr idish, sekundomer, qurutish qutisi,turg‘un vazndagi qum namuna. Ishning bajarilish tartibi: Qumdan 1000g olinib, idishga solinadi va uning ustiga suv quyiladi. Suvning sathi qum yuzasidan 200mm yuqorida bо‘lishi kerak, suv va qum yaxshilab aralashtirilib 2 daqiqa tindirilgandan sо‘ng, loyqa ehtiyotlik bilan tо‘kiladi. Bu ishni bir necha marta takrorlanadi. Yuvilgan qum qurutish qutisida quritiladi. Bajarilgan ishning natijasini quyidagicha hisoblanadi:(5) bu yerda -qumning dastlabki og‘irligi, g; -qumning yuvilgandan keyingi og‘irligi, g. Misol: =1000g =991g Xulosa: namuna istalgan beton uchun yaroqli hisoblanadi. 2.2.Qumdagi organik qо‘shimchalar miqdorini aniqlash Qum tarkibidagi tabiiy qо‘shimchalar, qumdagi gumus kislotasining ma’lum konsentratsiyasi beton mustahkamligini pasaytiradi, natijada sement toshining buzilishiga olib keladi. Organik qо‘shimchalar miqdorini aniqlab ularni 1 %li ishqor eritmasi aralashtirilganda, eritma rangi о‘zgarishiga asoslangan. Eritma rangining о‘zgarish tezligi qumdagi organik qо‘shimchalar quyuqligiga bog‘liq. Shuning uchun tanin spirti va natriy ishqorining suvdagi 3 % li eritmasi namuna bо‘lib xizmat qiladi. Kerakli asbob va uskunalar: Tabiiy qum, texnik tarozi-toshlari bilan, 2ta ichki diametri 36-40 mm bо‘lgan 250sm3 hajmli silindr, 10g natriy ishqorining 8 % li eritmasi, 1 %li etil spirtidagi 2 %li tanin eritmasi. Ishning bajarilish tartibi: Eng avvalo, namuna eritmasi tayyorlab olinadi. Buning uchun 1 %li etil spirtidagi 2 %li tanin eritmasidan 5 ml olinib, natriy ishqoriga quyiladi va yaxshilab chayqatilib, 24 soat davomida tindiriladi. Sо‘ngra tajriba quyidagicha bajariladi. О‘lchov silindrining 130 mm-li chizig‘igacha qum solinadi va 200 ml о‘lchamigacha 2% li natriy ishqori quyiladi. Yahshilab chayqatilgandan sо‘ng 24-soat davomida tajriba о‘tkaziladi. Bunda har 4-6 soatda eritma chayqatilib turilishi lozim. Tajriba muddati tugagandan sо‘ng natija “etalon” eritma bilan solishtiriladi. Tajriba natijasi xulosa holda keltirilishi kerak. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling