Portlandsement


Kerakli asbob va uskunalar


Download 0.86 Mb.
bet6/9
Sana20.12.2022
Hajmi0.86 Mb.
#1036089
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Лаборатория -4

Kerakli asbob va uskunalar:
Texnik tarozi toshlari bilan, Le-Shatelye asbobi,qumni quruq holda saqlovchi idish, turg‘un vazndagi qum namuna, shisha tayoqcha, voronka.
Ishning bajarilish tartibi:
75 gramdan ikkita namuna tarozida tortib olinadi. Le-Shatelye asbobining “0” chizig‘igacha suv (odatda inert suyuqlik) quyiladi va tortib olingan qum asta-sekin voronka orqali solinadi, toki suvning sathi “20sm3” belgiga kо‘tarilgunga qadar.



1-rasm.Le Shatelye hajm о‘lchagichi:
1- hajm о‘lchagich; 2-suvli idish;
3-termometr

Havo pufakchalarini chiqarib tashlash uchun kolba vertikal о‘qi atrofida bir necha marotaba silkitiladi ortib qolgan qum tarozida tortiladi.
Qum zarrachalarining zichligi quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
, g/sm3 (2)
bunda: -namuna qumning og‘irligi, (75g);
-ortib qolgan qumning og‘irligi, g.
-siqib chiqarilgan suv hajmi (20 sm3).


1.3.Tajriba ishi

Qumning tabiiy zichligi va hisobiy bо‘shlig‘ini aniqlash


Sochiluvchan tо‘ldiruvchilarni idishga erkin tо‘kilganda hosil bо‘ladigan bо‘shlig‘ini hisobga olgan holda, hajm birligidagi og‘irligiga uning tabiiy zichligi deyiladi. Bu xossa nisbiy bо‘lib, tajribaning о‘tkazilish tartibiga bog‘liq. Shuning uchun bu tajriba QMQ talablariga rioya qilingan holda olib borilishi zarur.

Kerakli asbob va uskunalar:
Texnik tarozi toshlari bilan, 1litr hajmli silindr idish (о‘lchamlari: diametri-108 mm, balandligi-108 mm va og‘irligi-200 g) pо‘lat chizg‘ich, temir voronka, turg‘un vazndagi qum namunasi.
Ishning bajarilish tartibi:
Turg‘un vazndagi qum namunasi voronka orqali 7-10sm balandlikdan silindr tо‘lib toshguncha tо‘kiladi, ortgani pо‘lat chizg‘ich yordamida sidirilib tashlanadi.

Namunani idish bilan birgalikda taroziga tortib, uning tabiiy zichligi quyidagicha aniqlanadi:
, g/sm3, kg/dm3 (3)
bunda: -о‘lchov silindrining qum bilan birgalikdagi og‘irligi, g;
-о‘lchov silindrining og‘irligi, g.
- silindr idishning hajmi, sm3.
Tajribada ikki xil qum ishlatilishi zarur.
Tajribada ikki xil qum ishlatilishi zarur.
Qumning bо‘shlig‘i uning haqiqiy va tabiiy zichliklari qiymatlariga asoslanib quyidagicha aniqlanadi:
(4)



2-rasm. Standart varonka.
1-korpus; 2-naycha; 3-surilma qopqoq; 4-о‘lchash silindri

bunda: - qumning tabiiy zichligi kg/dm3;


-qumning haqiqiy zichligi, kg/dm3.

2.1.Qumdagi chang va tuproq miqdorini aniqlash

Qumda о‘lchamlari 0.05mm dan kichik bо‘lgan mayda zarrachalar tuproq, chang va boshqalar uning qurilish-texnik xossalariga salbiy ta’sir etadi. Bunday zarrachalar beton qorishmasidagi tо‘ldiruvchilarning solishtirma massasini kengaytirib, bu bilan suvga bо‘lgan talabni oshiradi. Bundan tashqari tuproq zarrachalari qum zarrachalarini о‘rab, uning sement bilan birikishiga tо‘sqinlik qiladi.
Qumdagi mayda zarrachalarning miqdorini aniqlash usuli ularning suvda turg‘un eritma hosil qilishiga asoslangan.
Qumdagi tuproq va chang zarrachalarining miqdori (QMQ 8785-2005) asosida belgilanadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling