Portlandsement
Qumning maydalik darajasi, yiriklik moduli va solishtirma yuzasini aniqlash
Download 0,86 Mb.
|
Лаборатория -4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3.1-jadval Qumning zarraviy jihatidan ifodalash
2.3.Qumning maydalik darajasi, yiriklik moduli va solishtirma yuzasini aniqlash
Qumning maydalik darajasi, ya’ni har-xil о‘lchamli zarrachalar nisbati ma’lum о‘lchamli elaklar tо‘plami yordamida aniqlanadi. Teshiklarining diametri 5 mm elakdan о‘tgan qum mayda tо‘ldirgich hisoblanadi. Umuman bunday tajriba uchun standart elaklar tо‘plami maqul bо‘ladi, ularning teshiklarining о‘lchamlari quyidagicha; 5.0; 2.5; 1.25; 0.63; 0.315; 0.14 mm. Birinchi ikki elakning teshiklari yumaloq bо‘lib, qolganlari teng tomonli tо‘rtburchak shaklida. Har bir elakda qolgan qoldiq (m1)ning elanayotgan qumning umumiy og‘irligi (m)ga bо‘lgan nisbati (g. hisobida), elakdagi xususiy qoldiq deyiladi, ya’ni (% hisobida); (6) Har bir elakdagi tо‘liq qoldiqni shu sanoqli elak va undan oldingi xususiy qoldiqlar yig‘indisi bilan ifodalanadi va ( ) harfi bilan belgilanadi: (7) Tо‘la qoldiqlar qiymatiga asoslanib, qumning yiriklik modulini quyidagicha aniqlash mumkin: (8) bunda,
Qumlarning yirikligini guruhlash 0.63 sonli elakdagi tо‘liq qoldiqlarga va yiriklik moduliga qarab boshlanadi (qabul qilingan uslub bо‘yicha). Beton ishlarida asosan yirik va о‘rta maydalikdagi qum ishlatiladi. Mayda juda mayda qumlarni beton tarkibida ishlatish bog‘lovchi sarfining kо‘payishiga olib keladi. 1-jadvaldagi guruhlash qumning sifatini tо‘liq ifodalay olmaydi. Qumning sifatini chizmalash usulida ham ifodalash mumkin (1.1-chizma). Agar sinalayotgan qumning yirikligini ifodalovchi egri chiziq chegaralangan yuzada yotsa, bu qum beton ishlari uchun yaroqli hisoblanadi, aksincha bu qumning tarkibini о‘zgartirish kerak bо‘ladi(QMQ 8788-2005). 2.3.1-jadval Qumning zarraviy jihatidan ifodalash
Elash yo’li bilan aniqlangan qiymatlar qumning solishtirma yuzasini hisoblashning imkonini beradi, ya’ni, Qum zarrachalarining о‘rtacha hisobiy diametri (mm): (9) bunda, n- standart elaklar tо‘plamining eng kichik о‘lchami bilan boshlangan tartib soni (0.14 mm, n-1); - 0.14 mm li elakdan boshlab n-lar hisobidagi xususiy qoldiq; - 0.14mm li elakdan о‘tgan zarrachalarning о‘rtacha diametri (daryo qumlari uchun 0.1mm, tog‘ qumlari uchun 0.08 mm, maydalangan qumlar uchun 0.06mm). 2)Qum zarrachalarining shakliy tuzilishini aniqlash; (10) bunda, - qum donalari orasidagi g‘ovaklik %, laboratoriyada aniqlash lozim. 3)Qumning solishtirma yuzasi quyidagicha aniqlanadi: (11) bunda, - qumning haqiqiy zichligi; - qumning о‘rtacha hisobiy diametri, mm. Misol. Teshikchalari diametri 5mm li elakdan, yuvilgan va quritilgan qumdan 1000g dan 2 ta namuna tortib olinib, standart elaklar tо‘plamidan о‘tkaziladi. Bunda, 2.5 mm li elak ustida, 0.14 mm li elak eng ostida joylashishi lozim. Taqqoslash uchun, elash vaqti, ya’ni 1 minut vaqtida elanganda har bir elakdan о‘tgan miqdor namuna umumiy og‘irligining 0.1 qismidan oshsa, elash jarayoni tо‘xtatiladi. Sо‘ngra har bir elakdagi qoldiq miqdori aniqlanib, jadvalga keltiriladi. Download 0,86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling