Portret janrida aftoportret kompozitsiyasini ishlash bosqichlari
III-BOB. Portret janrida kompazitsiya ishlashning pisiholagik va baddiy asoslari
Sh.Dilrabo BMI
III-BOB.
|
Portret janrida kompazitsiya ishlashning pisiholagik va baddiy asoslari. |
3.1-§. Portret janri orqali insonlarning estetik madaniyati rivojlantirishning pisixologik asoslari.
San`atning portret janri odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, oʻz taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat aʼzolarini maʼlum ruxda tarbiyalash, ularni aqliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, his-tuygʻu, manfaat, ideallarini ifoda etgan.75 Sanʼat ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan oʻzining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan oʻrni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi.76
Sanʼat insonning moddiy va maʼnaviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir. Estetik tafakkur tarixida sanʼat narsa va hodisalarni qanday boʻlsa shunday aks ettirish va hayotni goʻzallik qonunlari asosida badiiy ifodalash gʻoyalari sari yuksalib bormoqda. Tabiat, jamiyat va insonning ijtimoiy, maʼnaviy, milliy dunyosi sanʼat predmeti hisoblanadi.77 Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga maʼlum ijtimoiy-estetik ideal nuqtayi nazardan munosabat bildiradi va oʻz estetik bahosini berishga harakat qiladi.
Sanʼatni tushunish, uning kishilar hayotidagi oʻrnini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi davomida jiddiy bahslarga sabablidir Shunga koʻra, sanʼat mazmuni obʼyektiv va subʼyektiv, hayotiy va xayoliy omillar birligidan tashkil topadi. Sanʼatning ijtimoiyestetik vazifalari juda keng va xilma xil. Sanʼat — inson uchun estetik zavqshavq manbai; inson hayotiga goʻzallik baxsh etadi; odamlarda voqelikka nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi;hayotni kuzatish, oʻrganish va bilish vositasi; hayotni inson orzu qilgan tomonga oʻzgartirishda yordam beradi; tarbiya vositasi; hayotdagi goʻzallikdan ilhrmlanishga, xunuklikdan nafratlanishga chorlaydi; odamlar orasidagi maʼnaviy koʻprik, muloqot vositasi; odamlarning badiiy-estetik didini tarbiyalaydi, ularda maʼlum dunyoqarashni shakllantiradi va h.k.78 Sanʼat jamiyat maʼnaviy hayotining boshqa hodisalari (fan, mafkura, axloq) bilan maʼlum darajada bogʻliqdir. Sanʼatning maqsadi dunyoni badiiy oʻzlashtirish, odamga lazzat baxsh eta oladigan, uni maʼnaviy boyita oladigan asarlar yaratish yoʻli bilan kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.
San’at-ijtimoiy ong shakllaridan biri, borliqni bilishning alohida vositasidir.79 O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini isloh qilish, yoshlarning badiiy tafakkurini yuksaltirish borasida bir qator qarorlar qabul qilinayotganligi quvonarlidir. Yurtimizda ham barcha sohalar qatori san’at va madaniyat sohasiga Prezidentimiz va xukumatimizni alohida e’tiborini aytib o‘tmaslikni iloji yo‘q, o‘z taraqqiyot yo‘lini yangi yuksak bosqichga ko‘tarishga xarakat qilayotgan davlatimizni, dunyoning ko‘zga ko‘ringan xalqaro tashkilotlari ham e’tirof etishyapti va bu albatta munosabatlarda yaqqol ko‘rinib turibdi. Respublikamizning kelajakda rivojlangan mamlakat bo‘lishi, jahonning buyuk davlatlari qatorida tilga olinishida xalqning madaniyati, ma’rifati va san’atining o‘rni beqiyosdir. Prezident SH.Mirziyoev asosiy e’tiborni yoshlarga qaratmoqda, yoshlarning oliy o‘quv yurtlarda taxsil olib turli iqtisosliklarni jumladan, tasviriy san’at soxasini isloh qilish bo‘yicha ko‘plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda milliy ma’naviyatimiz rivojini tasviriy san’at namunalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.80
Tasviriy san’at ilm-fan kabi dunyoni, hayotni, tabiatni, halqlar tarixini bilishga xizmat qiladi. Tasviriy san’atning paydo bo‘lishi ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi. Bu vaqtda kishilar voqealarni, odam va xayvonlarni toshlarga tasvirini chizib, ularni kesib turli ko‘rinish va mazmunda haykallar yasaganlar. Qadimdan kishilar san’at, tabiat xodisalari va kishilarning o‘zaro munosabatlari, faoliyatlariga, xulqiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaganlar.81 Shu qatori tasviriy san’at asarlari kishilarga katta kuch bilan ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega. Kishilar tasviriy san’at asarlarini tomosha qilish orqali ularda ifodalangan go‘zallikni ko‘rish orqali o‘z hayotiga ana shunday go‘zallikni kiritishga harakat qiladilar, asarlardagi qahramonona harakatlarni ko‘rib ularga o‘xshashga intiladilar. San’at asarlaridagi tabiat ne’matlaridan ruhiy ozuqa olish, hayotdan zavq olish orqali ulardan bahramand bo‘ladilar, dam oladilar. Portret janrdagi asarlarda borliq, insoniyatdagi ko‘rinishlar haqqoniy aks ettiriladi. Portretda faqatgina tashqi ko`rinishlarnigina emas, balki musavvir ichki kechinmalari ham ifodalasha kirishadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog‘u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bo‘lsalar, boshqalari esa dengiz manzarasini tasvirlashda mohirdirlar.
Rassomlar o‘z asarlarida hayotni qanday ko‘rsalar o‘shanday emas, balki undagi xarakterli ko‘rinishlarni tanlab oladilar, kerakmas ikkinchi darajali ko‘rinishlarni tushurib qoldiradilar, muhimlarini bo‘rttirib ko‘rsatadilar. Tanishish va bo‘rttirish orqali rassomlar narsa va hodisalarni kishilarning tafakkuri va hissiyotlariga samarali ta’sir ko‘rsatishga erishadilar.82 Rassom borliqni shunchaki biladigan shaxs emas, balki u boy tasavvur va tafakkur qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishidir.83 U o‘z ijodida borliqni shunchaki aks ettiribgina qolmay, balki unga asoslangan holda nimalarnidir o‘ylab topadi, tasavvur etadi va to‘qiydi.84 Eng muhimi san’at asarlari o`z mazmunida borliqni aks ettiribgina qolmasdan, u rassomning g`oyalarini ifodalaydi, uni boyitadi, shu bilan birga bunday asarlar tomoshabinga emotsional ta`sir ko`rsatish kuchiga ham egadir.85 Professional rassomning mahorati uning rasmni yengil va erkin chizib, ifoda eta olishidadir deb takidlashgan. O'quv akademik rasm chizish jarayoni professional mahurat mustahkam poydevori va pedagog-rassomni tarbivalashning muhim bosqichi hisoblanadi. Leonardo da Vinchi o'zining «Rangtasvir haqida kitob» asarida quyidagicha maslahat berilgan edi: «Biz shuni aniq bilamizki, xatolar o'z asaringdan ko'ra begona kishilar asarida tezroq ko'zga tashlanadi va ko'pincha sen o'zgalarning kichkinagina xatosini ko'rasan-u, o'zingni katta xatoingni ko'rmaysan. Ana shunday nodonlikdan qochish uchun shunday qil... shuni ta'kidlaymanki, rasm chizayotganingda yoningda katta ko‘zgu bo`lishi kerak va sen unda o ‘z asaringni tez-tez ko'rib turishing lozim. Tayyor, ko‘zga tashlanib turgan buyum esa, aksincha, u boshqa usta qo‘li bilan bajarilgandek tuyulaveradi. Shunda sen dastlabki holatga qaraganda o`z xatolaring ustida yaxshiroq mulohaza yurita boshlaysan. Shuningdek, o'rningdan turib, biror-bir boshqa ish bilan mashg`ul bo`lib qaytish ham yaxshi. Chunki asaring tepasiga yana qaytganingda u haqda yaxshiroq mulohaza yuritasan, agar sen doimo uning qarshisida o'tirsang, qattiq aldanib qolasan. Undan uzoqlashish ham yaxshi, chunki shunday qilinganda asar kichikroq ko‘rinadi, bir nazar bilan butun asar hajmini osonroq ko‘rasan»86. Rassom bilimlari muayyan, aniq, amaliy, ongli, va mustahkam bolishi lozim. Rassomni tarbiyalashda qalamchizgilar uning badiiy mahoratini shakllantirish ishiga muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 1.92 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling