14-расм,а. Динамик номувозанатлик схемаси.
14-расм,б. Динамик мувозанатлаш учун қурилма схемаси:
1 ва 3 – подшипниклар; 2 – мувозанатланадиган детал; 4 – пружина.
MASHINALARNING TEXNIK HOLATINI TEKSHIRISH VA NUQSONLARINI ANIQLASH.
Reja:
1. Jihozlarni texnik holatini struktur parametrlar bilan baholash.
2. Integral va differensial diagnostika.
3. O‘z-o‘zidan tormozlanish vaqtini tekshirish usuli.
Adabiyotlar.
1. Yo‘ldoshev SH..G. Mashinalar ishonchligi va ularni ta’mirlash asoslari. T. «O‘zbekiston» 1994 y. 480 b.
2. Xudix M.I. «Remont tekstilnыx mashin», M.1991 g., 287 str.
Jihozlarni texnik holatini struktur parametrlar bilan baholash.
To‘qimachilik va engil sanoati mashinalari ish qobiliyatining pasayishi quyidagilar bilan tavsiflanadi:
Detallar va ularning birikmalarini eyilishi mashinalardagi nosozliklarga sabab bo‘ladi. SHuningdek sifatsiz sozlashlar, boltli birikmalarning bo‘shligi va boshqalar mashinalarning eyilishini keltirib chiqaradi. Garchi mashinalardagi ba’zi nosozliklar ta’mirlanmasdan chilangar-mexaniklar yordamida sozlanib turilsada, ularning tez-tez yuzaga kelishi mashinaning umumiy qoniqarsiz holati to‘g‘risida darak beradi.
Ishonchlilik miqdor jihatdan buzilish orasidagi ish hajmi va buzilmasdan ishlash ehtimolligi bilan belgilanadi.
Bajargan ish hajmi (narabotka) - mashina bajargan ishlarning miqdori yoki davom etish vaqti; t, kg, m3, litr, soat va boshqalarda o`lchanadi.
Bajargan ish hajmining quyidagi turlari bo`ladi: smenadagi, sutkadagi, oydagi va buzilish orasidagi ish hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |