Poyabzal sanoati korxonalari jihozlarining ishonchligigi


Download 1.09 Mb.
bet11/12
Sana25.01.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1120792
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
TEX NAZ

Buzilmasdan ishlashlik (bezotkaznost) - mashinaning ma`lum bajargan ish hajmida yoki ma`lum muddat ichida ish qobiliyatini saqlab turish xususiyatidir.
Mashinaning umrboqiyligi (dolgovechnost) - mashinaning o`z ish qobiliyatini chegara holatiga etgancha texnik ko`rik va ta`mirlash uchun tanaffusni hisobga olgan holda saqlash xususiyati. Umrboqiylikning miqdoriy ko`rsatgichlari bo`lib jihozning chegara holati, xizmat muddati va resursi, umrboqiylik koeffitsienti xizmat qiladi.
Jihozning chegara holati (predelnoe sostoyanie) - jihozdan bundan keyin foydalanish imkoniyati bo`lmagan holati.
Mashina xizmat muddati (srok slujbы) - mashinadan chegara holatigacha foydalanishning kalendar vaqti.
Mashina resursi - mashinaning ma`lum muddat ichida bajargan ish hajmi. Mashina resursining "birinchi kapital ta`mirgacha", "ikki ta`mir orasidagi" va "tayinlangan" turlari bo`ladi. Tayinlangan mashina resursi miqdori zavod-tayyorlovchi tomonidan texnik pasportida ko`rsatiladi.
Integral va differensial diagnostika
Mashina yoki uning elementlarini texnik holatini aniqlash yoki baholashni texnik diagnoz qo‘yish deb, natijasini esa diagnostika deb yuritiladi. Diagnoz qo‘yish texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
Integral va differensial diagnostika mavjud. Integral diagnostika bo‘yicha muayyan buzuqlikni aniqlamasdan turib, mashinaning umumiy texnik holati aniqlanadi. Bu holda mashinani bo‘laklarga ajratmasdan , ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish operatsiyalarini bajarmasdan turib, foydalanish mumkinligi to‘g‘risida yoki aksincha xulosa qilinadi. Differensial diagnostika bo‘yicha alohida mexanizmlar, uzellar va detallarning texnik holati aniqlanadi. Buning uchun mashina to‘liq yoki qisman bo‘laklarga ajratiladi.
Texnik holati – bu vaqtning ma’lum vaziyatida o‘rnatilgan parametrlar bilan xarakterlanadigan mashina, mexanizm, uzel yoki detallarning xossalari to‘plamidir. Mashinaning texnik holatiga diagnoz qo‘yishda hozirgi vaqtda elektron diagnostika asboblaridan keng foydalanilmoqda.



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling