Poyezdlar bu yerga tez-tez kelib turadi. Savol: Marsel okrugiga qarashli ushbu shahar nomini yozib bering. Javob
Download 230.24 Kb.
|
1-tur Yozgi mavsum
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
Savol: Qaysi hayvon?
Javob: Bo'ri Izoh: Ibora " Bo'rilar orasida yashash uchun bo'ri kabi uvillash kerak" deya tarjima qilinadi. Bori esa Rimning ramzi ekanligi ko'pchilikka ma'lum. 21-savol. Gollandiyalik haykaltarosh Van Xeydonkka berilgan buyurtmada, haykalning yengil va haroratga chidamli bo'lishi, shuningdek haykal biron irq va jinsga mansub bo'lmasligi takidlangan. Savol: 1971-yilda Ushbu haykal qayerga o'rnatilgan? Javob: Oyga Izoh: Balandligi bor-yo‘g‘i 8,5 santimetr bo‘lgan haykal “Yiqilgan astronavt” deb nomlanadi va uning yonidagi plastinkada barcha mamlakatlarning halok bo‘lgan astronavtlarining ismlari o‘yib yozilgan. Oyga yetkazilgan va Apollon 15 kosmik kemasining ekpaji tomonidan o'rnatilgan bu haykal Oydagi yagona san'at ob'ektidir. 22-savol. Professor Piter Paufler Uning 10-asrda yaratilgan namunalarini oʻrganar ekan, Uning tarkibida uglerod nanonaychalarining mavjudligi bu esa Unga maxsus xususiyatlarni beradi degan xulosaga keldi. Savol: U yaratilgan shaharni yozib bering. Javob: Damashq. Izoh: U mashhur Damashq po'latidir. 23-savol. Tinneyjer Piter va uning bo'lajak rafiqasi Annaning tanishuvi 1964-yilda Britaniyaning Arbrot shahriga kelayotgan poyezdda bo'lib o'tkan. Savol: Piterning familiyasini yozib bering. Javob: Rouling Izoh: Yozuvchi JK Roulingning ota-onasi 18 yoshida poyezdda uchrashishgan. Keyinchalik ularning taqdirini Garri Potter asari qahramonlari takrorlaydi. albatta Roulingning ota-onasi sehrgarlik maktabiga emas, balki Britaniya dengiz floti ixtiyoriga borishayotkan edi. 24-savol. Ajdaho malikani o'g'irlaydi, ritsar ajdahoni mag'lub qiladi va malika ritsarning yuragini o'g'irlaydi. Ba'zi kompaniyalarda ULAR o'rniga ajdaho, malika va ritsardan foydalaniladi. Biz esa ulardan foydalanmaymiz Savol: ULARNI yozib bering. Javob: Tosh, qaychi, qog'oz Izoh: Aytish mumkinki, ajdaho malikani,ritsar ajdarhoni, malika esa ritsarni mag'lub etadi, shuning uchun o'yin davomida ba'zi kompaniyalarda "tosh, qaychi, qog'oz" triadasi o'rniga "ajdaho, malika, ritsar" triadasidan foydalanishadi. O'yin boshida ochkolar teng kelib qolganda g'olib tosh, qaychi, qog'oz orqali aniqlanmasligini aytib o'tkan edik. Download 230.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling