Pragmalingvistik jixatlari
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz tilida idioma va sozbirliklarning pragmalingvistik jixatlari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matallarga xos belgilar 16
Maqollarga xos belgilar:
1. Maqollar tugal fikrni bevosita ifodalaydi. 2. So‘zlar bir-biriga qofiyalanib keladi. 3. Qarama-qarshi ma’noli so‘zlar ishlatiladi. 4. Maqollar majoziy ma’noda ishlatiladi. 5. Maqollarning strukturasi ko‘pincha qo‘shma gap strukturasiga o‘xshaydi. 6. Maqollar kontekstda mustaqil gap yoki qo‘shma gapning bir qismi sifatida keladi. Matallarning strukturasi bir tomondan sodda gap strukturasiga teng bo‘lsa, ikkinchidan ularning strukturasi so‘z birikmasi strukturasiga o‘xshaydi, shuning uchun ham matallarni boshqa turdagi frazeologizmlardan ajratish qiyin. Matallarga xos belgilar 16 : 1. Matal ko‘chma ma’noli sodda jumla va undan xulosa bo‘lmaydi. 2. Matal fikrni biror vosita orqali ifodalaydi. 3. A.V.Kuninning fikricha, matal maqol bilanbog‘liqbo‘lishiga yoki bo‘lmasligiga qaramasdan, faqat kommunikativ frazeologik birikmaga nisbatan ishlatiladi. 4. Ko‘pmatallar tarkibidagi olmoshlarni o‘zgartirishi mumkin, maqollarga esa bunday o‘zgarishlar xos emasdir. Bugungi kunda maqol va matallardan foydalanmagan biror kishini uchratish qiyin. O‘zaro munosabatda maqollardan o‘rinli foydalanish amaliyahamiyat kasb 16 Bushuy T., Safarov Sh. Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi. – Toshkent: Fan, 2007.– 274b. 20 etadi: fikr cho‘zilmaydi, voqea va hodisalar atroflicha tasvirlashga muhtoj bo‘lmaydi, fikrda qiyoslash, obrazlilik ustun bo‘ladi. So‘z ko‘rki bo‘lgan maqol va matallardan foydalanish har bir qalam ahlining so‘z boyligini orttiradi, uning nutqini o‘tkir va ta’sirli qiladi, unga badiiy jihatdan sayqal beradi. Maqollar publitsistikada, ilmiy-ommabop matnlarda va ayniqsa, badiiy asarlarda keng qo‘llanadi. Ular personajlar nutqiy tavsifida, nutqning uslubiy ta’sirchanligini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Maqol va matallarining “Uslubiy vazifalari xilma-xil va rang-barangdir, ularning ayrimlari “tabiiy”, maqollarning ichki tabiatidan kelib chiqadi. Qolganlari esa individual harakterga ega bo‘lib, u yoki bu so‘z san’atkorining estetik maqsadi, hohish irodasi, til vositalaridan foydalanishdagi mahorati bilan aloqadordir. Shulardan birinchisini maqol va matallarning lisoniy (uzual) uslubiy vazifalari deb, ikkinchisini esa Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling