Pragmatikaning lisoniy-semiotik tizimdagi ustuvorligi Vaziraxon Maxmudjon qizi Utanova adupi annotatsiya
Download 218.39 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqpragmatikaning-lisoniy-semiotik-tizimdagi-ustuvorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Pragmatikaning lisoniy-semiotik tizimdagi ustuvorligi Vaziraxon Maxmudjon qizi Utanova ADUPI Annotatsiya: Ushbu maqolda tilshunoslik sohasi o‘zining ichki tabiati va xususiyatiga ko‘ra, shubhasiz, ko‘plab sohalarning bir qismini ifoda etadi. Shunday sohalardan biri pragmatikadir. Tarjima va pragmatika o‘rtasidagi aloqa anglashilmas darajada namoyon bo‘lishi mumkin, ammo bu ikki sohani yaqindan o‘rganish ularning ahamiyatli tomonlarini namoyon qiladi. Kalit so‘zlar: pragmatika, tilshunoslik, metod, xorijiy til, nutq, til vositalari, matn, og‘zaki nutq The predominance of pragmatics in the linguistic-semiotic system Vazirahon Mahmudjon qizi Utanova ASUPI Abstract: In this article, the field of linguistics, by its very nature and character, undoubtedly represents a part of many fields. One such area is pragmatics. The connection between translation and pragmatics may seem incomprehensible, but a closer look at these two areas reveals their important aspects. Keywords: pragmatics, linguistics, method, foreign language, speech, language tools, text, oral Til va nutq dixotomiyasi - juftligining XX asr tilshunosligi taraqqiyoti uchun qanchalik muhim bo‘lganligini alohida ta’kidlashga hojat bo‘lmasa kerak. Sossyur kashf etgan ushbu qarama-qarshilik (unga nisbatan bildirilgan taniqidiy fikrlar ham yetarli ekanligiga qaramasdan) dunyoning barcha hududlarida, turli yo‘nalishlarda ijod qilib kelayotgan olimlarning (nafaqat tilshunoslarning) diqqatini jalb qilib kelmoqda. Ma’lumki, Sossyur o`z ma’ruzalarida til va nutq juftligini quyidagi xususiyatlar qarama-qarshiligida ta’riflagan: ijtimoiylik - shaxsiylik, mavhumlik - aniqlik, passivlik - faollik, ruhiy - fizik, imkon (yashirin) - amalga oshirilganlik, virtual - aktual va boshqalar. Bulardan eng ko‘p taniqidga uchraganlari ijtimoiylik - shaxsiylik va passivlik - aktivlik qarama-qarshiliklaridir. O‘z paytida E.Koseriyu aytgan fikrga ergashsak, til va nutqning farqlanishi benuqsondir (chunki til va nutq aynan bir narsa emas), ammo ushbu farqning Sossyur tomonidan qarama-qarshi "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 2026 xususiyatli deb qaralishi va shu bilan tilni nutqdan “uzib qo‘yilishi” tortishuvlidir. Xo‘sh, qanday qilib til va nutq bir-biriga qarshi qo‘yilishi, biri ikkinchisidan uzib qo‘yilishi mumkin Sossyurning o‘zi ham, til va nutqni “tamoman o‘zgacha narsalar” ekanligini qanchalik ta’kidlashga urinmasin, bu ikki hodisaning o‘zaro bog‘liq ekanligini e’tirof etishdan boshqa iloji qolmagan edi: “bu predmetlarning har ikkovi o‘zaro yaqin aloqada va bir-birini taqozo etadi: nutq tushunarli va shu asosda ta’sirli bo‘lishi uchun til mavjud bo‘lishi darkor; nutq esa til shakllanishi, tarkib topishi uchun zarurdir”. Sossyurshunoslarning keyingi yillar davomida olib borgan tadqiqotlari til va nutq munosabatini qarama-qarshi munosabat ko‘rinishida emas, balki o‘zaro bog‘liqlikni taqazzo etuvchi hodisa sifatida talqin qilish zarurligidan guvohlik beradi. Mashhur sossyurshunos R.Godelning o‘quvchisi Bern universiteti professori Rudolf Engler “Umumiy tilshunoslik kursi” ning to‘rt tomlik taniqidiy matnini nashrga tayyorlatib, tinglovchilari yozib qoldirgan barcha daftarlar matnlarini qiyoslash asosida, Sossyurning til va nutq haqidagi fikrlarini mantiqan aniq anglash uchun ushbu fikrlarning olim ta’limotining umumiy g‘oyalari doirasida qabul qilmoq zarurligini uqtiradi. Yuqorida aytilganidek, tilga “ijtimoiy va passiv”, nutqqa esa “individual va faol” sifatlarining berilishi ko‘pchilikning qattiq taniqidiga uchradi. Ammo “Sossyur fikri yo‘nalishiga yanada e’tiborliroq qarasak, - deb yozadi R.Engler, - tavsif va ta’rifni butunlay o‘zgartirishga majbur bo‘lamiz; chunki tilni passiv hodisa sifatida ta’riflashimiz (nutqning faolligiga qarama-qarshi holda), Haqiqatdan ham hech qanday idrok etib bo‘lmaydigan ta’rifdir. Agar biz lisoniy faoliyatning faol kuchi tilni harakatga keltirishini, uni faollashtirishini e’tirof etsak, berilayotgan ta’rif o‘zgacha tus oladi”. Ayrim hollarda til va nutq hodisalari munosabatining noto‘g‘ri tavsif qilinishi sababini fransuz tilidagi langage -langue - parole tushunchalari talqinidagi noaniqliklar bilan bog‘lashadi. Lisoniy faoliyatning pragmatik xususiyatlari, bu xususiyatlarni yuzaga keltiruvchi omillarni oʻrganish tilning ijtimoiy mohiyatini aniqlash uchun muhimdir. Bu lisoniy muloqotning ijtimoiy va ruhiy- psixologik qonuniyatlar bilan moslashgan holda ro‘yobga chiqishini va shu asnoda til tizimi rivojlanishini tasdiqlovchi dalillar topish imkonini beradi. Til tizimi taraqqiyotining boshlang‘ich nuqtasi (davri) pragmatikadan boshlanadi deyish mumkin. Bu bir xilda filogenetik va ontogenetik jihatdan ham asosli da’vodir. Zero, lison dastlabki oʻrinda soʻzlovchining shaxsiy istagi, foydasi uchun xizmat qiladi. Lisonning nutq ijodkori bilan bogʻliq tomonlarini o‘rganish muhimdir, zero, “biror bir tilda soʻzlash oddiygina ushbu tildagi gaplarni tuzishdan iborat bo‘lib qolmasdan, balki shu yo‘sinda ma’lum turdagi ijtimoiy faoliyat ijrosidir”. XIX asrning oxiri-XX asr boshlarida Amerikada hukmron boʻlgan falsafiy pragmatizm yoʻnalishining asoschilaridan biri Charlz Sanders Pirs (1839-1914) edi. Ushbu falsafiy tizimning asosiy gʻoyasi semiotik belgining (shu jumladan, lisoniy "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 2027 belgining ham) maʼno-mazmunini ushbu belgi vositasida bajarilayotgan harakatning samarasi, natijalari, muvaffaqiyati bilan bogʻliq holda oʻrganishdir. Bu tamoyil muallifi Ch.Pirs birinchilardan boʻlib, belgi nazariyasi doirasida kommunikativ faoliyat subyekti omilini inobatga olish lozimligini uqtirdi. Ch.Pirsning talqinicha, belgining munosabat maydoni uch yoʻnalishdan iborat: 1) belgi, aniqrogʻi - reprezentamen, biror narsaning oʻrnini almashtiruvchi moddiy koʻrinishga ega boʻlgan vosita; 2) idrok etuvchining ongidan oʻrin olgan va belgining tavsifini beruvchi vosita - interpretanta; 3) belgida aks topayotgan obyekt Ushbu munosabatlar maydonini quyidagi shaklda tasvirlash mumkin: Shakldan ko’rinib turibdiki, belgi uni idrok etuvchi shaxsning faoliyatini taʼminlaydi, unga ta’sir o‘tkazuvchi tuzilmadir. Ta’sir o’tkazmaydigan belgining o’zi ham boʻlmaydi. Xuddi shunday ta’sirni Ch.Pirs interpretanta deb ataydi. Ch.Pirsning semiotik tizimini qanchalik “Ilmiy va mantiqiy asosga ega emaslikda” ayblashmasin, uning g‘oyalari nafaqat falsafiy pragmatizm, balki undan 50 yillar keyin shakllangan lingvopragmatika uchun ham muhim nazariy asosdir. Ayniqsa, “Interpretanta” tushunchasining kiritilishi muhimdir. Bu tushuncha semiotik jarayon (semiozis) ning harakatchan faoliyat jarayoni ekanligini ta’kidladi, chunki lisoniy belgining idroki ta’siridagi shaxs (tinglovchi)da turli his-tuyg‘u tug‘iladi, ma’lum bir harakat istagi paydo bo‘ladi yoki shunga majbur bo‘ladi. Pragmatika tilshunoslikning nisbatan yangidan shakllangan, insonning nutq faoliyatini o‘rganishga, bunday faoliyatning maqsadi, mazmuni, bunday maqsad va mazmunning og‘zaki va yozma matnda verbal va noverbal ifodalanish vositalarini, ularning nutq aktidagi o‘rnini, kommunikativ ta’sirini, so‘zlovchi va tinglovchi nutqidagi urlicha munosabatlarni lisoniy belgilarda ifodalanishini o‘rganuvchi fan tarmog‘idir. Pragmatika til belgilarining nutqdagi harakatini o‘rganuvchi tilshunoslikning tadqiqot doirasidir. Lingvistik pragmatika aniq shaklga ega emas. Uning tarkibiga so‘zlovchi va tinglovchiga, ularning nutq jarayonidagi o‘zaro munosabatiga bog‘liq masalalar majmui kiradi. Gapiruvchi shaxsning tinglovchi diqqat ta’sir e’tiborini tortish, ularga kommunikativ qilish, qiziqtirib qo‘yish, fikrini "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 2028 jalb qilish yoki aksincha, chalg‘itish, hayajonga solish, to‘lqinlashtirish, ishontirish yoki aldashga urinishida so‘zning, so‘z birikmasining ekspressiv pragmatik ma’no semotsional baholovchi tuzilmasi ma’nosini, ya’ni ini tadqiq qilish ehtiyoji vujudga keldi. Tarjima bu qayta yaratish san’ati, yuksak badiiy ijoddir, ijod bo‘lganda ham tarjima muallifidan izlanish, mehnat, sabrtoqat talab qiladigan, turli xil materiallar ustida mashaqqatli ish olib borishni talab qiladigan ijoddir. Insoniyat faoliyatining bir tilda yaratilgan nutqiy ifodani (matnni), uning shakl va mazmun birligini saqlagan holda, o‘zga til vositalari asosida qayta yaratishdan iborat ijodiy jarayondir. Demak, asliyat mansub bo‘lgan til vositalari yordamida yaratilgan nutqiy ifoda tarjima tili qonuniyatlari asosida vujudga keltirilgan shunday ifoda bilan almashtiriladi. Shu yo‘l bilan asliyat va tarjima tillari matnlarining mazmuniy-uslubiy adekvatligi yuzaga keltiriladi. Tarjimaning bosh xossasi uning so‘z san’ati ekanligidadir. So‘zning fikrni ifodalash xususiyati, ta’sir quvvatiga ega ekanligi tarjimani san’at darajasida tadbiq etish imkonini beradi.Tarjima qilish muayyan til vositalari yordamida ifoda etilgan narsani boshqa til vositalari orqali asli bilan to‘la mos ifodalash demakdir.Tarjima qilish jarayonida ikki holat ro‘y beradi, ya’ni birinchidan, tarjima qilish uchun o‘girilayotgan narsani tushunish, anglash va talqin qilish kerak. Bu hodisa ona tilida ro‘y beradi. Ikkinchidan, asar o‘girilayotgan tilda muvofiq ifoda vositalari,ya’ni so‘z, so‘z birikmasi, grammatik formalarni topish lozim.So‘zlovchi biror nut yaratar ekan, u o‘zining bu faoliyati bilan qabul qiluvchiga (tinglovchi) qandaydir axborotni yetkazishni, kechmishlarini bayon etishni, atrofimizda kechayotgan yangiliklarni yetkazishni nazarda tutadi. Bu orqali so‘zlovchi retseptorga ma’lum ta’sir ham o‘tkazadi. Retseptorga nutq orqali ko‘rsatiladigan ta’sir pragmatik xususiyatlar orqali amalga oshiriladi. Asliyatdagi pragmatika yordamida nutqdagi axborot retseptorning oliy nerv sistemasiga yetkaziladi va bu yerda tegishli sezgilar orqali qabul qilinib ta’sirlanish yuzaga keladi. Birgina pragmatikaning o‘ziga shuncha vazifa yuklangan ekan, uni tarjimada ifoda etmaslik bu asliyatni qayta yaratish emas, balki uni yo‘qqa chiqarish demakdir. Agar biz biror mavzu yuzasidan qilinayotgan ma’ruzani tinglasakda, ammo uning mazmuniga tushunmasak, bu ma’ruza biz uchun qiziqlik darajasini yo‘qotadi va biz undan zerika boshlaymiz. Xuddi shunday, agar tarjimada pragmatika bo‘lmasa, biz uni tushuna olmaymiz va notiq nutqiga noto‘g‘ri baho berib uning nutqiga, fikrlariga qiziqmay qo‘yamiz. Demakki, pragmatikaning ahamiyati nafaqat tarjimada, balki asliyatda ham juda muhimdir. Til birliklarining uslubiy bo‘yoq kasb etish xususiyati turli tillarda uslubiy va pragmatik jihatlardan o‘zaro mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 2029 Tillarning bunday xususiyati leksik vositalarni tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilish imk onini beradi. Tarjimaning bunday tahlili mazkur sohadagi tasavvur va qarashlarni boyitadi. Badiiy adabiyotlarda pragmatikaning birinchi vazifasi kitobxonga estetik ta’sir ko‘rsatishdir. Agar asliyatdagi pragmatik ta’sir tarjimada mavjud bo‘lmasa, u kitobxonda hech qanday reaksiya uyg‘ota olmasa, demak, asliyatning pragmatik xususiyati qayta yara tilmagan va bunday tarjima hech qanday qiymatga ega emas. Amaliy tarjimaning pragmatik maqsadi tinglovchiga ko‘zda tutilgan kommunikativ ta’sir ko‘rsatish bilan belgilanadi. Tarjimada qayta tiklanadigan kommunikativ effekt asliyatning asosiy vazifasining qayta tiklanishidir. Badiiy asarning kitobxonga ta’sir kuchi matnning syujeti, mazmuni, badiiy qimmati, o‘ziga ko‘plab kitobxonlarni jalb qila olishi bilan belgilanadi. Bunday badiiy matn tarjimasining pragmatik vazifasi tarjima tili matnida ham asliyatdag badiiyestetik ta’sir ko‘rsata oladigan matn yarata olishdir. Ma’lumki, ilmiyidek, kitobxonga texnik matnlarning asosiy vazifasi ta’sir o‘tkazish emas, balki axborotni yetkazishdir. Bu o‘rinda bunday matn tarjimasining ham bosh vazifasi xuddi shunday bo‘ladi va tarjimada pragmatikaning roli asliyatdagi axborotni to‘g‘ri va aniq yetkazish hisoblanadi. Ba’zan shunday holatlar ham kuzatiladiki, tarjimada zarur bo‘lgan ilmiytexnikaviy axborot undan mutaxassislar foydalanishi uchun asliyatdagiga nisbatan yanada tushunarliroq, aniqroq shakllarda bayon qilingan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda tarjima asosiy pragmatik maqsadni asliyatdan ko‘ra yaxshiroq amalga oshirgan bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, pragmatik xususiyatlarning tarjimadagi ahamiyati va roli juda muhimdir. Shu bois tarjimonlardan asliyatning pragmatik xususiyatlarini to‘g‘ri va haqqoniy yoritish talab etiladi. Yuqoridagilarni umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, tarjimada pragmatikaning roli va ahamiyati quyidagilardan iborat: Birinchidan, o‘zga tilda yozilgan matn mazmunini tushuntirish; Ikkinchidan, retseptorga ta’sir o‘tkazish; bu ham o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linishi mumkin: a) Ijobiy ta’sir b) Salbiy ta’sir c) Neytral Uchinchidan, ma’lum axborotni to‘g‘ri yetkazish; To‘rtinchidan, madaniy tafovutlarni ta’riflash va ularni o‘rganish. Pragmatika esa faqatgina madaniy tafovutni ta’riflabgina qolmay, balki uni o‘rganadi ham. Shu narsani yodda tutish lozimki, pragmatika tarjima bilan almashtirib bo‘lmaydigan sohadir. Ammo ularni bir-biridan mutlaqo ajratib ham bo‘lmaydi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 2030 Pragmatikaga oid muammolar hozirgi paytda boshqa sohalarga oid ishlarda ham muhokama qilinmoqda. Binobarin, Luis Kammingz pragmatikaning koʻpsohaviy fan ekanligi haqida gapirayotib, uning “sunʼiy intellekt” yoʻnalishi bilan bogʻlanishiga toʻxtalib oʻtadi. Mutaxassislar SCHOLAR deb ataladigan kompyuter dasturidan kauchuk Gvineyada ishlab chiqariladigan mahsulot boʻlishi mumkinligini soʻraydilar. Ushbu dasturda kauchukning faqat Peru va Kolumbiyada ishlab chiqarilishi haqida maʼlumot bor. Mabodo Gvineyada kauchuk daraxti boʻlganida, dasturda bu haqidagi maʼlumot boʻlishi kerak edi. Unday maʼlumot yoʻq ekanmi, demak, Gvineya kauchuki borasidagi farazlar notoʻgʻri (Cummings 2005:64-66). Bunday xulosaga kelish pragmalingvistikada amalda boʻlgan qaydlardan foydalanishni taqozo etadi. Pragmatik tahlilga tarjima jarayonida ham muhtojlik tugʻiladi. Shu sabab asliyatdagi axborotning tarjima tilida muqobil ravishda ifoda topishi muammosi ustida bosh qotirayotgan olimlar “tarjima pragmatikasi” tushunchasiga murojaat qilmoqdalar. Lingvosotsiopsixologiya sohasi vakillari pragmatikani ikki yoʻnalishda, yaʼni matn-muallif va matn-adresat munosabatlarida tavsiflashni maʼqul koʻradilar. Natijada, axborotni uzatuvchi hamda axborotni qabul qiluvchi pragmatikalari farqlanmoqda. Ulardan birinchisi “statik” xarakterga ega, chunki matn faqat birgina talqinga, yaʼni muallif talqiniga ega, adresat talqini esa, aksincha, dinamik xarakterdadir, zero “matnni qabul qiluvchilar soniga qarab, talqinlar ham davomsiz boʻlishi kutilgan hol” (Dridze 1980:124-125). Psixolingvistikada asosan nutqiy taʼsir mexanizmlari yoritilganligi sababli axborotni qabul qiluvchi pragmatikasi oldingi oʻringa chiqadi. Ushbu yoʻnalishdagi ishlarda semantika va pragmatika munosabati muhokama qilinmaydi. Mualliflarning eʼtiroficha, matn sathida bu masala muhim boʻlmasdan, balki ularning faollashuvi oʻzaro bogʻliqlikda kechadi. Pragmatikaning uzatilishi va qabul qilinishiga nisbatan taqsimoti turli yoʻnalishdagi tadqiqotlarni umumiy soha atrofida biriktirishga imkon yaratadi. Ch.Morris bergan taʼrifdayoq pragmatikaning sotsiolingvistika va psixolingvistikadan uzoq turmasligi ayon boʻlgan edi. Chunki insonga taʼsir koʻrsatishning lisoniy mexanizmlari tadqiqi bu yoʻnalishlarning barchasi uchun bir xilda xosdir. Ularning barchasi yagona bir pragmatik munosabatning turli jihatlari bilan qiziqadi. Aniqrogʻi, lisoniy taʼsir mexanizmlarining sinov-tajribalar orqali oʻrganilishi (sotsiolingvistika va isixolingvistikada) qabul qiluvchi pragmatikasini oʻrganish uchun qulay boʻlsa, nutqiy aktlar va deyktik iboralar tahlili esa axborotni uzatuvchining pragmatikasini namoyon qiladi. Oxirgi holatda asosiy eʼtibor lisoniy shaklning soʻzlovchi maqsadini ifodalashga naqadar mos kelishi masalasi muhimlashadi. Matnning pragmatik imkoniyatlarini bilish, oʻz navbatida, boshqa mundarijadagi pragmatikani, yaʼni axborot yoki xabar pragmatikasini yuzaga keltiradi. Ushbu turdagi pragmatik mazmun tarjima pragmatikasiga ham taalluqli. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 May 2022 / Volume 3 Issue 5 www.openscience.uz 2031 Download 218.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling