Pragmatikaning lisoniy-semiotik tizimdagi ustuvorligi Vaziraxon Maxmudjon qizi Utanova adupi annotatsiya


Download 218.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.03.2023
Hajmi218.39 Kb.
#1280012
  1   2
Bog'liq
pragmatikaning-lisoniy-semiotik-tizimdagi-ustuvorligi



Pragmatikaning lisoniy-semiotik tizimdagi ustuvorligi 
Vaziraxon Maxmudjon qizi Utanova 
ADUPI 
Annotatsiya: Ushbu maqolda tilshunoslik sohasi o‘zining ichki tabiati va 
xususiyatiga ko‘ra, shubhasiz, ko‘plab sohalarning bir qismini ifoda etadi. Shunday 
sohalardan biri pragmatikadir. Tarjima va pragmatika o‘rtasidagi aloqa anglashilmas 
darajada namoyon bo‘lishi mumkin, ammo bu ikki sohani yaqindan o‘rganish 
ularning ahamiyatli tomonlarini namoyon qiladi. 
Kalit so‘zlar: pragmatika, tilshunoslik, metod, xorijiy til, nutq, til vositalari, 
matn, og‘zaki nutq 
The predominance of pragmatics in the linguistic-semiotic 
system 
Vazirahon Mahmudjon qizi Utanova 
ASUPI 
Abstract: In this article, the field of linguistics, by its very nature and character, 
undoubtedly represents a part of many fields. One such area is pragmatics. The 
connection between translation and pragmatics may seem incomprehensible, but a 
closer look at these two areas reveals their important aspects. 
Keywords: pragmatics, linguistics, method, foreign language, speech, language 
tools, text, oral 
Til va nutq dixotomiyasi - juftligining XX asr tilshunosligi taraqqiyoti uchun 
qanchalik muhim bo‘lganligini alohida ta’kidlashga hojat bo‘lmasa kerak. Sossyur 
kashf etgan ushbu qarama-qarshilik (unga nisbatan bildirilgan taniqidiy fikrlar ham 
yetarli ekanligiga qaramasdan) dunyoning barcha hududlarida, turli yo‘nalishlarda 
ijod qilib kelayotgan olimlarning (nafaqat tilshunoslarning) diqqatini jalb qilib 
kelmoqda. Ma’lumki, Sossyur o`z ma’ruzalarida til va nutq juftligini quyidagi 
xususiyatlar qarama-qarshiligida ta’riflagan: ijtimoiylik - shaxsiylik, mavhumlik - 
aniqlik, passivlik - faollik, ruhiy - fizik, imkon (yashirin) - amalga oshirilganlik, 
virtual - aktual va boshqalar. Bulardan eng ko‘p taniqidga uchraganlari ijtimoiylik - 
shaxsiylik va passivlik - aktivlik qarama-qarshiliklaridir. O‘z paytida E.Koseriyu 
aytgan fikrga ergashsak, til va nutqning farqlanishi benuqsondir (chunki til va nutq 
aynan bir narsa emas), ammo ushbu farqning Sossyur tomonidan qarama-qarshi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
2026


xususiyatli deb qaralishi va shu bilan tilni nutqdan “uzib qo‘yilishi” tortishuvlidir. 
Xo‘sh, qanday qilib til va nutq bir-biriga qarshi qo‘yilishi, biri ikkinchisidan uzib 
qo‘yilishi mumkin Sossyurning o‘zi ham, til va nutqni “tamoman o‘zgacha narsalar” 
ekanligini qanchalik ta’kidlashga urinmasin, bu ikki hodisaning o‘zaro bog‘liq 
ekanligini e’tirof etishdan boshqa iloji qolmagan edi: “bu predmetlarning har ikkovi 
o‘zaro yaqin aloqada va bir-birini taqozo etadi: nutq tushunarli va shu asosda ta’sirli 
bo‘lishi uchun til mavjud bo‘lishi darkor; nutq esa til shakllanishi, tarkib topishi 
uchun zarurdir”. Sossyurshunoslarning keyingi yillar davomida olib borgan 
tadqiqotlari til va nutq munosabatini qarama-qarshi munosabat ko‘rinishida emas, 
balki o‘zaro bog‘liqlikni taqazzo etuvchi hodisa sifatida talqin qilish zarurligidan 
guvohlik beradi. Mashhur sossyurshunos R.Godelning o‘quvchisi Bern universiteti 
professori Rudolf Engler “Umumiy tilshunoslik kursi” ning to‘rt tomlik taniqidiy 
matnini nashrga tayyorlatib, tinglovchilari yozib qoldirgan barcha daftarlar matnlarini 
qiyoslash asosida, Sossyurning til va nutq haqidagi fikrlarini mantiqan aniq anglash 
uchun ushbu fikrlarning olim ta’limotining umumiy g‘oyalari doirasida qabul qilmoq 
zarurligini uqtiradi. Yuqorida aytilganidek, tilga “ijtimoiy va passiv”, nutqqa esa 
“individual va faol” sifatlarining berilishi ko‘pchilikning qattiq taniqidiga uchradi. 
Ammo “Sossyur fikri yo‘nalishiga yanada e’tiborliroq qarasak, - deb yozadi 
R.Engler, - tavsif va ta’rifni butunlay o‘zgartirishga majbur bo‘lamiz; chunki tilni 
passiv hodisa sifatida ta’riflashimiz (nutqning faolligiga qarama-qarshi holda), 
Haqiqatdan ham hech qanday idrok etib bo‘lmaydigan ta’rifdir. Agar biz lisoniy 
faoliyatning faol kuchi tilni harakatga keltirishini, uni faollashtirishini e’tirof etsak, 
berilayotgan ta’rif o‘zgacha tus oladi”. Ayrim hollarda til va nutq hodisalari 
munosabatining noto‘g‘ri tavsif qilinishi sababini fransuz tilidagi langage -langue - 
parole tushunchalari talqinidagi noaniqliklar bilan bog‘lashadi.
Lisoniy faoliyatning pragmatik xususiyatlari, bu xususiyatlarni yuzaga 
keltiruvchi omillarni oʻrganish tilning ijtimoiy mohiyatini aniqlash uchun muhimdir. 
Bu lisoniy muloqotning ijtimoiy va ruhiy- psixologik qonuniyatlar bilan moslashgan 
holda ro‘yobga chiqishini va shu asnoda til tizimi rivojlanishini tasdiqlovchi dalillar 
topish imkonini beradi. Til tizimi taraqqiyotining boshlang‘ich nuqtasi (davri) 
pragmatikadan boshlanadi deyish mumkin. Bu bir xilda filogenetik va ontogenetik 
jihatdan ham asosli da’vodir. Zero, lison dastlabki oʻrinda soʻzlovchining shaxsiy 
istagi, foydasi uchun xizmat qiladi. Lisonning nutq ijodkori bilan bogʻliq tomonlarini 
o‘rganish muhimdir, zero, “biror bir tilda soʻzlash oddiygina ushbu tildagi gaplarni 
tuzishdan iborat bo‘lib qolmasdan, balki shu yo‘sinda ma’lum turdagi ijtimoiy 
faoliyat ijrosidir”. 
XIX asrning oxiri-XX asr boshlarida Amerikada hukmron boʻlgan falsafiy 
pragmatizm yoʻnalishining asoschilaridan biri Charlz Sanders Pirs (1839-1914) edi. 
Ushbu falsafiy tizimning asosiy gʻoyasi semiotik belgining (shu jumladan, lisoniy 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
2027


belgining ham) maʼno-mazmunini ushbu belgi vositasida bajarilayotgan harakatning 
samarasi, natijalari, muvaffaqiyati bilan bogʻliq holda oʻrganishdir. Bu tamoyil 
muallifi Ch.Pirs birinchilardan boʻlib, belgi nazariyasi doirasida kommunikativ 
faoliyat subyekti omilini inobatga olish lozimligini uqtirdi. Ch.Pirsning talqinicha, 
belgining munosabat maydoni uch yoʻnalishdan iborat:
1) belgi, aniqrogʻi - reprezentamen, biror narsaning oʻrnini almashtiruvchi 
moddiy koʻrinishga ega boʻlgan vosita;
2) idrok etuvchining ongidan oʻrin olgan va belgining tavsifini beruvchi vosita - 
interpretanta;
3) belgida aks topayotgan obyekt Ushbu munosabatlar maydonini quyidagi 
shaklda tasvirlash mumkin: 
Shakldan ko’rinib turibdiki, belgi uni idrok etuvchi shaxsning faoliyatini 
taʼminlaydi, unga ta’sir o‘tkazuvchi tuzilmadir. Ta’sir o’tkazmaydigan belgining o’zi 
ham boʻlmaydi. Xuddi shunday ta’sirni Ch.Pirs interpretanta deb ataydi. Ch.Pirsning 
semiotik tizimini qanchalik “Ilmiy va mantiqiy asosga ega emaslikda” ayblashmasin, 
uning g‘oyalari nafaqat falsafiy pragmatizm, balki undan 50 yillar keyin shakllangan 
lingvopragmatika uchun ham muhim nazariy asosdir. Ayniqsa, “Interpretanta” 
tushunchasining kiritilishi muhimdir. Bu tushuncha semiotik jarayon (semiozis) ning 
harakatchan faoliyat jarayoni ekanligini ta’kidladi, chunki lisoniy belgining idroki 
ta’siridagi shaxs (tinglovchi)da turli his-tuyg‘u tug‘iladi, ma’lum bir harakat istagi 
paydo bo‘ladi yoki shunga majbur bo‘ladi. 
Pragmatika tilshunoslikning nisbatan yangidan shakllangan, insonning nutq 
faoliyatini o‘rganishga, bunday faoliyatning maqsadi, mazmuni, bunday maqsad va 
mazmunning og‘zaki va yozma matnda verbal va noverbal ifodalanish vositalarini, 
ularning nutq aktidagi o‘rnini, kommunikativ ta’sirini, so‘zlovchi va tinglovchi 
nutqidagi urlicha munosabatlarni lisoniy belgilarda ifodalanishini o‘rganuvchi fan 
tarmog‘idir. Pragmatika til belgilarining nutqdagi harakatini 
o‘rganuvchi 
tilshunoslikning tadqiqot doirasidir. Lingvistik pragmatika aniq shaklga ega emas. 
Uning tarkibiga so‘zlovchi va tinglovchiga, ularning nutq jarayonidagi o‘zaro 
munosabatiga bog‘liq masalalar majmui kiradi. Gapiruvchi shaxsning tinglovchi 
diqqat ta’sir e’tiborini tortish, ularga kommunikativ qilish, qiziqtirib qo‘yish, fikrini 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
2028


jalb qilish yoki aksincha, chalg‘itish, hayajonga solish, to‘lqinlashtirish, ishontirish 
yoki aldashga urinishida so‘zning, so‘z birikmasining ekspressiv pragmatik ma’no 
semotsional baholovchi tuzilmasi ma’nosini, ya’ni ini tadqiq qilish ehtiyoji vujudga 
keldi.
Tarjima bu qayta yaratish san’ati, yuksak badiiy ijoddir, ijod bo‘lganda ham 
tarjima muallifidan izlanish, mehnat, sabrtoqat talab qiladigan, turli xil materiallar 
ustida mashaqqatli ish olib borishni talab qiladigan ijoddir. Insoniyat faoliyatining bir 
tilda yaratilgan nutqiy ifodani (matnni), uning shakl va mazmun birligini saqlagan 
holda, o‘zga til vositalari asosida qayta yaratishdan iborat ijodiy jarayondir. Demak, 
asliyat mansub bo‘lgan til vositalari yordamida yaratilgan nutqiy ifoda tarjima tili 
qonuniyatlari asosida vujudga keltirilgan shunday ifoda bilan almashtiriladi. Shu yo‘l 
bilan asliyat va tarjima tillari matnlarining mazmuniy-uslubiy adekvatligi yuzaga 
keltiriladi.
Tarjimaning bosh xossasi uning so‘z san’ati ekanligidadir. So‘zning fikrni 
ifodalash xususiyati, ta’sir quvvatiga ega ekanligi tarjimani san’at darajasida tadbiq 
etish imkonini beradi.Tarjima qilish muayyan til vositalari yordamida ifoda etilgan 
narsani boshqa til vositalari orqali asli bilan to‘la mos ifodalash demakdir.Tarjima 
qilish jarayonida ikki holat ro‘y beradi, ya’ni birinchidan, tarjima qilish uchun 
o‘girilayotgan narsani tushunish, anglash va talqin qilish kerak. Bu hodisa ona tilida 
ro‘y beradi. Ikkinchidan, asar o‘girilayotgan tilda muvofiq ifoda vositalari,ya’ni so‘z, 
so‘z birikmasi, grammatik formalarni topish lozim.So‘zlovchi biror nut yaratar ekan, 
u o‘zining bu faoliyati bilan qabul qiluvchiga (tinglovchi) qandaydir axborotni 
yetkazishni, kechmishlarini bayon etishni, atrofimizda kechayotgan yangiliklarni 
yetkazishni nazarda tutadi. Bu orqali so‘zlovchi retseptorga ma’lum ta’sir ham 
o‘tkazadi.
Retseptorga nutq orqali ko‘rsatiladigan ta’sir pragmatik xususiyatlar orqali 
amalga oshiriladi. Asliyatdagi pragmatika yordamida nutqdagi axborot retseptorning 
oliy nerv sistemasiga yetkaziladi va bu yerda tegishli sezgilar orqali qabul qilinib 
ta’sirlanish yuzaga keladi. Birgina pragmatikaning o‘ziga shuncha vazifa yuklangan 
ekan, uni tarjimada ifoda etmaslik bu asliyatni qayta yaratish emas, balki uni yo‘qqa 
chiqarish demakdir. Agar biz biror mavzu yuzasidan qilinayotgan ma’ruzani 
tinglasakda, ammo uning mazmuniga tushunmasak, bu ma’ruza biz uchun qiziqlik 
darajasini yo‘qotadi va biz undan zerika boshlaymiz. Xuddi shunday, agar tarjimada 
pragmatika bo‘lmasa, biz uni tushuna olmaymiz va notiq nutqiga noto‘g‘ri baho berib 
uning nutqiga, fikrlariga qiziqmay qo‘yamiz. Demakki, pragmatikaning ahamiyati 
nafaqat tarjimada, balki asliyatda ham juda muhimdir. Til birliklarining uslubiy 
bo‘yoq kasb etish xususiyati turli tillarda uslubiy va pragmatik jihatlardan o‘zaro mos 
kelishi yoki mos kelmasligi mumkin.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
2029


Tillarning bunday xususiyati leksik vositalarni tanlash to‘g‘risida qaror qabul 
qilish imk onini beradi. Tarjimaning bunday tahlili mazkur sohadagi tasavvur va 
qarashlarni boyitadi. Badiiy adabiyotlarda pragmatikaning birinchi vazifasi 
kitobxonga estetik ta’sir ko‘rsatishdir. Agar asliyatdagi pragmatik ta’sir tarjimada 
mavjud bo‘lmasa, u kitobxonda hech qanday reaksiya uyg‘ota olmasa, demak, 
asliyatning pragmatik xususiyati qayta yara tilmagan va bunday tarjima hech qanday 
qiymatga ega emas. Amaliy tarjimaning pragmatik maqsadi tinglovchiga ko‘zda 
tutilgan kommunikativ ta’sir ko‘rsatish bilan belgilanadi. Tarjimada qayta 
tiklanadigan kommunikativ effekt asliyatning asosiy vazifasining qayta tiklanishidir.
Badiiy asarning kitobxonga ta’sir kuchi matnning syujeti, mazmuni, badiiy 
qimmati, o‘ziga ko‘plab kitobxonlarni jalb qila olishi bilan belgilanadi. Bunday 
badiiy matn tarjimasining pragmatik vazifasi tarjima tili matnida ham asliyatdag 
badiiyestetik ta’sir ko‘rsata oladigan matn yarata olishdir. Ma’lumki, ilmiyidek, 
kitobxonga texnik matnlarning asosiy vazifasi ta’sir o‘tkazish emas, balki axborotni 
yetkazishdir. Bu o‘rinda bunday matn tarjimasining ham bosh vazifasi xuddi shunday 
bo‘ladi va tarjimada pragmatikaning roli asliyatdagi axborotni to‘g‘ri va aniq 
yetkazish hisoblanadi. Ba’zan shunday holatlar ham kuzatiladiki, tarjimada zarur 
bo‘lgan ilmiytexnikaviy axborot undan mutaxassislar foydalanishi uchun 
asliyatdagiga nisbatan yanada tushunarliroq, aniqroq shakllarda bayon qilingan 
bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda tarjima asosiy pragmatik maqsadni asliyatdan 
ko‘ra yaxshiroq amalga oshirgan bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, pragmatik 
xususiyatlarning tarjimadagi ahamiyati va roli juda muhimdir. Shu bois 
tarjimonlardan asliyatning pragmatik xususiyatlarini to‘g‘ri va haqqoniy yoritish 
talab etiladi.
Yuqoridagilarni umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, tarjimada pragmatikaning roli 
va ahamiyati quyidagilardan iborat:
Birinchidan, o‘zga tilda yozilgan matn mazmunini tushuntirish;
Ikkinchidan, retseptorga ta’sir o‘tkazish; bu ham o‘z navbatida quyidagilarga 
bo‘linishi mumkin:
a) Ijobiy ta’sir
b) Salbiy ta’sir
c) Neytral
Uchinchidan, ma’lum axborotni to‘g‘ri yetkazish;
To‘rtinchidan, madaniy tafovutlarni ta’riflash va ularni o‘rganish.
Pragmatika esa faqatgina madaniy tafovutni ta’riflabgina qolmay, balki uni 
o‘rganadi ham. Shu narsani yodda tutish lozimki, pragmatika tarjima bilan 
almashtirib bo‘lmaydigan sohadir. Ammo ularni bir-biridan mutlaqo ajratib ham 
bo‘lmaydi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
2030


 Pragmatikaga oid muammolar hozirgi paytda boshqa sohalarga oid ishlarda 
ham muhokama qilinmoqda. Binobarin, Luis Kammingz pragmatikaning koʻpsohaviy 
fan ekanligi haqida gapirayotib, uning “sunʼiy intellekt” yoʻnalishi bilan 
bogʻlanishiga toʻxtalib oʻtadi. Mutaxassislar SCHOLAR deb ataladigan kompyuter 
dasturidan kauchuk Gvineyada ishlab chiqariladigan mahsulot boʻlishi mumkinligini 
soʻraydilar. Ushbu dasturda kauchukning faqat Peru va Kolumbiyada ishlab 
chiqarilishi haqida maʼlumot bor. Mabodo Gvineyada kauchuk daraxti boʻlganida, 
dasturda bu haqidagi maʼlumot boʻlishi kerak edi. Unday maʼlumot yoʻq ekanmi, 
demak, Gvineya kauchuki borasidagi farazlar notoʻgʻri (Cummings 2005:64-66). 
Bunday xulosaga kelish pragmalingvistikada amalda boʻlgan qaydlardan 
foydalanishni taqozo etadi. Pragmatik tahlilga tarjima jarayonida ham muhtojlik 
tugʻiladi. Shu sabab asliyatdagi axborotning tarjima tilida muqobil ravishda ifoda 
topishi muammosi ustida bosh qotirayotgan olimlar “tarjima pragmatikasi” 
tushunchasiga murojaat qilmoqdalar. Lingvosotsiopsixologiya sohasi vakillari 
pragmatikani ikki yoʻnalishda, yaʼni matn-muallif va matn-adresat munosabatlarida 
tavsiflashni maʼqul koʻradilar. Natijada, axborotni uzatuvchi hamda axborotni qabul 
qiluvchi pragmatikalari farqlanmoqda. Ulardan birinchisi “statik” xarakterga ega, 
chunki matn faqat birgina talqinga, yaʼni muallif talqiniga ega, adresat talqini esa, 
aksincha, dinamik xarakterdadir, zero “matnni qabul qiluvchilar soniga qarab, 
talqinlar ham davomsiz boʻlishi kutilgan hol” (Dridze 1980:124-125). 
Psixolingvistikada asosan nutqiy taʼsir mexanizmlari yoritilganligi sababli axborotni 
qabul qiluvchi pragmatikasi oldingi oʻringa chiqadi. Ushbu yoʻnalishdagi ishlarda 
semantika va pragmatika munosabati muhokama qilinmaydi. Mualliflarning 
eʼtiroficha, matn sathida bu masala muhim boʻlmasdan, balki ularning faollashuvi 
oʻzaro bogʻliqlikda kechadi. 
Pragmatikaning uzatilishi va qabul qilinishiga nisbatan taqsimoti turli 
yoʻnalishdagi tadqiqotlarni umumiy soha atrofida biriktirishga imkon yaratadi. 
Ch.Morris bergan taʼrifdayoq pragmatikaning sotsiolingvistika va psixolingvistikadan 
uzoq turmasligi ayon boʻlgan edi. Chunki insonga taʼsir koʻrsatishning lisoniy 
mexanizmlari tadqiqi bu yoʻnalishlarning barchasi uchun bir xilda xosdir. Ularning 
barchasi yagona bir pragmatik munosabatning turli jihatlari bilan qiziqadi. Aniqrogʻi, 
lisoniy taʼsir mexanizmlarining sinov-tajribalar orqali oʻrganilishi (sotsiolingvistika 
va isixolingvistikada) qabul qiluvchi pragmatikasini oʻrganish uchun qulay boʻlsa, 
nutqiy aktlar va deyktik iboralar tahlili esa axborotni uzatuvchining pragmatikasini 
namoyon qiladi. Oxirgi holatda asosiy eʼtibor lisoniy shaklning soʻzlovchi maqsadini 
ifodalashga naqadar mos kelishi masalasi muhimlashadi. Matnning pragmatik 
imkoniyatlarini bilish, oʻz navbatida, boshqa mundarijadagi pragmatikani, yaʼni 
axborot yoki xabar pragmatikasini yuzaga keltiradi. Ushbu turdagi pragmatik 
mazmun tarjima pragmatikasiga ham taalluqli. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
2031



Download 218.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling