Predmeti, maqsadi, vazifalari. Shakillanishi va rivojlanishi
Download 460.98 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
JAYHONIY. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Jayhoniy
870- yili Buxoroda tug’ilgan. Jayhoniy o’z davrining yirik davlat arbobi bo’libgina qolmay, balki o’ta o’qimishli va bilimdon olim ham edi. U vazir lavozimidan foydalanib, dunyoning turli mamlakatlariga sayohatchilarni yubordi. Ular to’plagan ilmiy materiallarni chuqur tahlil qildi va mazkur tadqiqotlari asosida asarlar yozdi. Olimning dunyoviy fanlar to’g’risida yozgan kitoblari juda ko’p bo’lib, ulardan Maqsudiy, Beruniy, ibn Rustam al-Bakriy kabi olimlar o’z asarlarida foydalanganlar. Jayhoniyning “Kitob-al-masolik val mamolik” (“Yillar va mamlakatlar haqida kitob”) asari 911-922- yillarda yozilgan. Beruniy o’zining “Mineralogiya” asarida Jayhoniy asarlarida ko’rsatilgan minerallardan, ular haqidagi ma'lumotlardan keng foydalangan. Jayhoniy o’z asarlarida O’rta Osiyo, Hindiston, Xitoy, Sanardey (Seylon), Eron qazilma boyliklari, tabiiy resurslari haqida mukammal ma'lumotlar keltirgan. Jayhoniyning asarlarida Xuroson o’lkasida yashovchi xalqlarning geografik chegaralari, ularning ijtimoiy va ma'muriy faoliyati, hunarmandchiligi, tabiiy resurslarini ifodalovchi materiallar keltirilgan. Mahalliy dorivor o’simliklar va hayvonlardan olinadigan dorivorlarning tabiatdagi o’rni haqida ma'lumotlar berilgan. Jayhoniy nafaqat davlat arbobi, shu bilan birga mashhur tabib ham bo’lgan. U xonaki hayvonlar: it, mushuk, odam organizmida yashaydigan gijja, chuvalchanglarni yuqumli kasallik tashib yuruvchilar deb bilgan va ularga qarshi kurashish choralarini ko’rgan. Jayhoniy qoldirgan boy ilmiy meros O’rta Osiyo va qo’shni mamlakatlarning tabiati, o’simlik hamda hayvonot dunyosi, tabiiy resurslari, qishloq xo’jaligi va tibbiyot fanlari tarixini o’rganishda alohida ahamiyatga ega. Download 460.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling