Predmeti, maqsadi, vazifalari. Shakillanishi va rivojlanishi
Download 460.98 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
K.D.Ushinskiy bolalarni tabiat bilan tanishtirishni o’z joyi, o’z o’lkasini
o’rganishdan boshlashni taklif etdi, bunda kitobni o’qish yoki o’qituvchi axborotidan olingan taassurotlarni bola kuzatishlar yordamida tekshira olsin. Ushinskiyning ta'kidlashicha, o’z joyi tabiatini o’rganishning bosh metodlaridan biri kuzatishdir, chunki kuzatish kuzatuvchanlikni vujudga keltirishga yordam beradi. “Bolalar dunyosi” kitobida muallif bolalarning nutqini rivojlantirish, ularni oddiy mantiqiy ishlarga o’rgatish uchun tabiatni qanday kuzatish zarurligini ko’rsatib berdi. Mustaqil qabul qilinganlargina o’quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishini tasdiqlab, pedagogik jarayondagi kuzatish metodining rolini ko’rsatib berdi. Kuzatishlar, tajribalar va ekskursiyalar bilan bog’lab tabiiyot o’qitish tizimini birinchi bo’lib Aleksandr Yakovlevich Gerd (1841-1888) taklif qildi. U ko’rgazmali o’qitish bola idrokining bor (real) holatiga muvofiq bo’lishi kerakligini ta'kidladi. Gerd bunyodga keltiigan tizimda tabiiyotni o’rganish jonsiz tabiatdan boshlanadi, u boshlang’ich sinflarda jonsiz tabiat kursini o’qitish metodikasini ishlab chiqdi. “Tabiiyot qisqa kursi” nomli darslik, shuningdek, “Yer, havo, suv” nomli o’quv qo’llanma va ularni o’qitishga oid “Boshlang’ich maktabda predmetli darslar” nomli metodik qo’llanma (1883) yozdi. Bu kitob uzoq vaqtlargacha jonsiz tabiat kursi bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib keldi. Bunda V.A. Gerd. Boshlang’ich maktabda tabiiyotni alohida predmet sifatida ajratish zarurligini ishonchli ravishda isbot qildi. Uning fikricha, faqat shu sharoitdagina dasrlarda shu predmetga xos metodlardan foydalanish va shu asosda bolalarga bilim berish, tabiat to’g’risida yaxlit tasavvur hamda tabiat hodisalarining farqiga bora olish uquvini hosil qilish imkoniyati tug’iladi. Bu predmetni joriy qilinishi bilim xarakteri, material hajmi hamda o’rganish izchilligini tuzishni, shuningdek, o’quv soatlari ajratilishini va kursning umumiy tizimida darslar vorisligini ta'minlashni talab qiladi. Bu masalaga Vasiliy Prokofyevich Vaxterov birmuncha boshqacharoq qaradi. U “O'qitishning predmetli metodi” nomli kitobida tabiiyotni og’zaki o’qitishga qarshi chiqib, tabiatm kuzatishlar, tajribalar, tabiat jismlarini namoyon qilishga tayanib o’rganishni, ya'ni predmetli o’qitishning muhimligini isbotladi. Biroq boshlang’ich sinflarda tabiiyotni maxsus o’quv predmeti sifatida ajratishni yoqlamagan holda “predmetli o’qitishga alohida o’quv predmeti sifatida qarash mumkin emas”, deb ta'kidladi. 1917- yilda V.A. Gerdning “Boshlang'ich maktab kursida alohida predmet sifatida tabiiyot” nomli kitobi nashr etilgan edi, unda muallif tabiiyotni boshlang’ich maktabda maxsus predmet sifatida o’qitish zararligini isbotlab bergan. Download 460.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling