Predmeti, maqsadi, vazifalari. Shakillanishi va rivojlanishi


Download 460.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana30.04.2023
Hajmi460.98 Kb.
#1403411
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza



MAVZU: TABIATSHUNOSLIK VA UNI O’QITISH METODIKASINING 
PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI. SHAKILLANISHI VA 
RIVOJLANISHI 
Reja: 
1. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining predmeti va vazifalari. 
2. Fanning asosiy vazifalari.
3. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasini fanlar bilan bog’liqligi. 
4. O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilg’or g’oyalari.
5. Buyuk Osiyo mutafakkirlar( Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin 
Muhammad Bobur). 
6. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikning o’qitilishi. 
7. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining qisqacha tarixi.
8. Tabiatshunoslikni o’qitish rivojlanishoga xissa qo’shgan metodistlar 
olimlar.
9. O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g’risida”gi Qonuni hamda 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. 
 
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi tabiatshunoslikni o’qitishda 
bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beravchi 
pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o’z 
predmetini o’qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning 
metodlaridan foydalanadi. 
O’quvchilarga tabiatni o’rgatib borish bilan o’qituvchi ularni ta'limni 
davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilimni o’quv va 
ko’nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, dunyoqarashi, irodasi, xarakterini 
ham shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko’ra 
tabiatshunoslikni o’qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi. 


O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’gan qismlarni: predmet mazmunini, 
o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini, fanni o’qitishni va ko’nikmalarni egallab 
olishni o’z ichiga oladi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining vazifalari qatoriga 
o’quv fani sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash, o’qitishning metod va 
uslublarini 
tadqiq etish, zarur o’quv jihozlarini tayyorlash kiradi. 
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi faqat o’qitish jarayonini ta'riflash va 
tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, 
o’qituvchi ularga asoslanib, shu fan bo’yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda 
o’qitishi mumkin. 
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi o’qituvchining tayyorlanishidan 
tortib, to o’quv materialini o’zlashtirish natijalarini, jumladan, sinfdagi, uydagi, 
sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o’qitish 
jarayonlarini o’z ichiga oladi. O’qitish amaliyotini har tomonlama o’rgatish va 
natijalarni keyin ijodiy umumlashtirish asosida o’qitishning muayyan qonuniyatlari 
belgilanadi hamda uni yanada yaxshilash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Chunonchi, o’rganilayotgan narsalarni (o’simlik va hayvonlarni) bevosita qabul 
qilish (bu to’g’ri tasavvur hosil bo’lishini ta'minlaydi) qonuniyati asosida 
predmetli o’qitishni qo’llash bo’yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanining maqsadi 
boshlang’ich sinf o’qituvchilarini bugungi kun talablari asosida yangi pedagogik 
texnologiyalarni qo’llab, yosh avlodga tabiatshunoslik fanini o’rgatishga 
tayyorlashdir. Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. Talabalarga tabiatshunoslik haqida eng zarur ilmiy-nazariy bilimlarni 
berish. 
2. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanini ta'limiy, 
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini yoritib berish. 
3. Talabalarga tabiatshunoslik fani bazasida zamonaviy pedagogik texnologiya 
haqida bilim berish. 


4. Talabalarni o’quv metodik adabiyotlar, dastur va darsliklarni tahlil qilishga 
o’rgatish. 
5. Talabalarni tabiatshunoslikni o’qitishning turli uslublari va yo’llari bilan 
tanishtirish. 
6. Talabalarda mazkur fandan o’qitishning turli tashkiliy shakllarini, 
uslublarini, zarur ko’rgazmali qurollarni to’g’ri tanlash malakalarini hosil 
qilish. 
7. Tabiatshunoslik muammolariga bag’ishlangan maqolalar, adabiyotlarga 
taqriz, annotatsiya yozishga o’rgatish. 
8. Kuzatilgan dars va darslardan tashqari tadbirlarni mustaqil metodik 
jihatdan to’g’ri tahlil qilishga o’rgatish. 
9. Fanlararo aloqalar va ta'lim-tarbiya integratsiyasi asosida turli dars tiplari 
uchun ishlanmalar, reja-konspektlar tuzishga tayyorlash. 
10. Maktabda tabiatshunoslik darslarini o’tishda ekologik va tabiatni 
muhofaza qilish jihatlarini ko’ra bilishga o’rgatish. 
11. Talabalarni Sharq mutafakkirlarining inson va uni o’rab turgan tabiat 
bilan aloqalariga bag’ishlangan asarlari, ularning dunyoqarashlari bilan 
tanishtirish, shuningdek, tabiatga oid aforizm, ruboiy va she'rlardan 
tabiatshunoslik darslarida foydalanishga o’rgatish. 
Bundan tashqari, tabiatshunoslik o’qitish metodikasining 
-
umumpedagogik va o’ziga xos metodlari, darsni to’g’ri tashkil etish tarixi va istiqbolli 
rejalar tuzish, darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etish usullarini o’rganish kabi 
masalalar ham ushbu fanning asosiy masalalaridan hisoblanadi. 
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanining ikkinchi tomoni bu
metodikani yaxshi bilish jarayoni hisoblanadi. 
Metodika o’qituvchi tomonidan o’quv materialni o’qitishning muvofiq 
(ratsional) ravishdagi metod va vositalari o’quvchilarning tabiat haqidagi eng sodda 
bilimlarni egallashi hamda kelajakda hayotda qo’llay olishi o’quvchilar uchun 


retseptlar va nasihatlar majmuasi bo’libgina qolmasdan, u fan, uning tamoyillari, 
tabiatshunoslik o’qitish jarayonining qonuniyatlarini bilishga ham asoslangan. 
Metodika o’quv fanining mazmuni, ta'lim va tarbiya metodlari hamda shakllarini 
ko’rib chiqadi. Metodikaning bu bo’limlari bir butun bo’lganligi uchun bir-
birini to’ldiradi. 
O’quv ishlarining jihozlari hamda vositalari (qo’llanmalar) metodika 
asosida belgilanadi. Metodika nima uchun tabiatni o’iganish, nimani va qanday 
o’qitish, nima asosida va qanday tarbiya berish kerak, degan savollarga javob 
beradi. 
Tabiatshunoslik fanini o’qitilishining to’g’ri yo’lga qo’yilishi uchun 
maxsus o’quv moddiy bazaga, ya'ni o’quv qurollari bilan jihozlangan xona, tirik 
tabiat burchagi va o’quv-tajriba maydonchasiga ega bo’lishi kerak. Materialni 
o’ziga xos bo’lishi faqat tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining o’ziga 
xosligini emas, balki uning tarbiyaviy imkoniyatlarini ham belgilaydi. 
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi maktabda hamma tabiat haqidagi 
fanlarni o’qitishga oid masalalarni: o’qitishning g’oyaviy yo’nalganligini, 
o’qitishning mazmuni bilan metodlarning birligini, o’quv ishlarining shakllari 
o’rtasidagi izchillikni va barcha tarbiyalovchi ta'lim elementlarining yaxlitligini 
hamda rivojlanishini ko’rib chiqadi. 
O’qitish tizimi o’quvchilar bilimining puxta bo’lishi va ongiga yetib 
borishini ta'minlaydi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi barcha predmetlar 
uchun umumiy tamoyillarga ega bo’lgan didaktik va tarbiya jihatidan pedagogika 
bilan chambarchas bog’langan. Maktabda ta'lim-taibiya jarayoni amalga oshiriladi va 
o’rganiladigan materialning mazmuni, uni bayon qilish mantiqi, o’qitish 
metodlari barcha shakllardagi butun ta'lim jarayonini, o’qituvchi shaxsining o’zi, 
uning fanga fidoyiligini ham tarbiyalaydi. 
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogikada qo’llaniladigan 
tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi 
- metodist maktabda 
tabiatshunoslikni o’qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan faktlarni tahlil qiladi va 


taqqoslaydi, hodisalar o’rtasidagi qonuniy bog’lanishlarni aniqlaydi, xulosa va 
umum-lashtirishning to’g’riligini amalda tekshiradi va buning natijasida 
tabiatshunoslikni o’qitish tamoyillarini belgilaydi. Kuzatish va tajriba 
tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir. 
Hozirgi kunda metodikaning fan sifatida qaror topishida integratsiya 
(birlashish), sintez - barcha ilmiy materiallarning muammolar bo’yicha to’planishi 
hamda tahlil qilinishi, umumlashtirilishi, tizimga solinishi va yagona ilmiy 
nazariyaga keltirilishi alohida o’rin egallaydi. Metodika o’qituvchi ijodi uchun 
ta'lim va tarbiyaning boy xazinasidagi xilma-xil metodlar, usullar va vositalarni 
bilib olishga keng imkoniyatlar ochib beradi. 
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi, shuningdek, fiziologiya, anatomiya
gigiyena, botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va 
psixologiya bilan chambarchas bog’liqdir. Shu fanlar bilan bo’ladigan aloqa 
o’qituvchining o’sha fanlar asoslarini egallagan bo’lishida, ularning eng 
muhimlarini ajratib, materiallarni o’quvchilarning yosh xususiyatiga mos holda 
tushuntira olish uquvlarida namoyon bo’ladi. 
Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlar, munosabat va 
xarakterni o’z ichiga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat 
turining - o’qish, mehnat, o’yin, muloqotlarning dalillari (motivlari) alohida 
ahamiyatga ega. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiy qismi bo’lishi kerak. 
Uni o’qituvchi hisobga olmasa, tabiat to’g’risidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirb 
yuboradi. 
Shunday qilib, tabiat bilan to’g’ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi 
maktab o’quvchilarida go’zallikni his etishni shakllantiradi, ularda o’z harakati va 
ishini o’zi baholay olish qobiliyatini rivojlantiradi, bu xislatlar xulq-atvorning 
odobiy hamda axloqiy me'yorlarini anglash, atrofdagilarga nisbatan mas'uliyat 
hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida 
o’rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr vujudga keladi. 


Shuningdek, tabiatshunoslikni o’qitish jarayoni faqat o’qituvchinigina 
emas, balki o’quvchilar faoliyatini ham o’z ichiga oladi. O’qitishning natijasi 
dasturda mo’ljallangan materialning puxta o’zlashtirilganligi bilan belgilanadi. 
Shuning uchun ham o’qitish metodlari va o’quvchilarga o’quv jarayonini tashkil 
etish shakllarini o’rganish, ularning materialni o’zlashtirib olish jarayonini 
o’rganishlari bilan birga boradi. 
Ma'lumki, tabiatshunoslik fanining rivojlanishi o’zining uzoq o’tmishiga 
ega. Botanika va zoologiyadan bilimga ega bo’lmay turib, o’simlikshunoslik va 
chorvachilikni, tuproqshunoslikni bilmasdan agrotexnikani ratsional rivojlantirish 
mumkin emas. Tabiatshunoslik fanini tobora rivojlanishida hozirgi zamon 
biologiya fanlarining o’rni beqiyosdir. 
Inson g’or va chaylalarda yashab, o’zining kundalik ehtiyojlari uchun 
yovvoyi hayvonlarni ovlab, tirikchilik qilib yurgan davrlardayoq tabiiyot (ya'ni 
tabiat) fanining ilk kurtaklari vujudga kelgan va har xil ifodali tasvirlarga ega 
bo’lgan. Davrlar o’tishi bilan bunday ifodali tasvirlar shakllanib ov manzaralari, 
ovlanadigan hayvonlar va o’simliklar shakllari har xil toshlarga o’yib yozilgan 
va mulk sifatida avlodlardan-avlodlarga meros qilib qoldirilgan. 
Jamiyat rivojlangan sari turmushni yengillashtirish omillari ham vujudga 
kela boshlagan. 
Mana shunday omillardan biri yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish va 
iste'molbop o’simliklar urug’ini ko’paytirish bo’lib, ular inson yashaydigan 
manzilgohlarda doimo topilavermaganligi va ob-havo, iqlim sharoiti salbiy ta'sir 
etganligi tufayli vujudga kelgan. Bu esa o’z navbatida chorvachilik, 
hunarmandchilik va ibtidoiy san'at nishonalarini vujudga keltirgan. 
Inson hayot kechirishining zaruriy omili bo’lib hunarmandchilik yuzaga 
kela boshlagan dastlabki davrlarda tosh, yog’ochlar bilan hayvonlar ovlangan, 
tirikchilik qilingan, ularning mahsulotlaridan zarur buyumlar yasagan, bu o’z 
navbatida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashga olib 
kelgan. 


Shunday qilib, miloddan ming yillar avval dastlabki yozuvlar tarzida 
oromiy yozuvi, so’ng sug’d, baqtriya va urxun-yenasoy yozuvlari vujudga keldi. 
Keyinchalik yozuvlar muttasil o’zgarib, takomillashib bordi. Shu bilan birga tabiat, 
borliq, o’simlik va hayvonot dunyosi haqidagi kuzatishlar kengaya va chuqurlasha 
bordi, tabiiyot fanlari, u o’rganayotgan jarayonlar hamda hodisalar haqidagi 
tushunchalar ham takomillashdi. 
Tabiat hodisalarining takomillashib, evolutsion tarzda rivojlanib borishdagi 
tushuncha va ta'limotlar Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi 
allomalarimizning asarlarida o’z ifodasini topgan. Bu mutafakkirlarning asarlari 
astro-nomiya, matematika, geologiya, mantiq, grammatika, musiqa, metrologiya, 
topografiya, 
harbiy 
fanlar, 
axloq, 
siyosat 
bilan 
birga 
dehqonchilik, 
hunarmandchilik, ov san'ati, tibbiyot va tabiiyot kabi fanlarning rivojlanishiga 
ilmiy asos bo’ldi. 

Download 460.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling