Predmeti, maqsadi, vazifalari. Shakillanishi va rivojlanishi


O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g’risida”gi Qonuni hamda


Download 460.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana30.04.2023
Hajmi460.98 Kb.
#1403411
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza

O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g’risida”gi Qonuni hamda 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta'limning maqsadi, vazifalari, 
mazmuni, shakli, vositalari birinchi darajali ehtiyojga aylandi. O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Uzluksiz ta'lim tizimida davlat 
ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g’risida”gi 1998- yil 5- yanvar 
qarori chiqdi va ushbu qaroiga binoan “Davlat ta'lim standarti to’g’risidagi Nizom” 
tasdiqlandi. Unda boshlang’ich ta'lim 4 yillik deb qabul qilindi va 1-2- sinflarda 
“Atrofimizdagi olam” va 3-4- sinflarda “Tabiatshunoslik” fanlarining o’qitilishi 
ko’rsatib o’tildi. Respublikamiz miqyosida ushbu hujjatlarga muvofiq va “Davlat 


ta'lim standarti to’g’risidagi Nizom”ga amal qilingan holda ta'lim jarayoni olib 
borilmoqda. 
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining qisqacha tarixi. Ushbu 
yo’nalishning birinchi metodisti Vasiliy Fyodorovich Zuyev (1754 - 1794) 
hisoblanadi. U xalq bilim yurtlarida tabiatshunoslik darslarini olib bordi, 
o’qituvchilar seminariyasida leksiyalar o’qidi. 1786- yili V.F.Zuyev “Tabiiyot 
tarixining ko'rgazmalari” nomli darslikni nashr ettirdi, unda tabiiyotni o’rganish 
izchilligi, qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat), o’simliklar dunyosi (botanika), 
hayvonlar dunyosi (zoologiya) ko’rsatilgan. Bu darslik o’quv predmeti sifatida 
tabiiyot faniga asos soldi. 
V.F.Zuyev maktab o’quvchilarining tabiiy obyektlarni o’rganishlarini 
yoqlab chiqdi, chunki u minerallarni, o’simlik va hayvonlarni bevosita sezgilar 
orqali qabul qilib olinishini yuqori baholar edi. Bundan tashqari, o’quvchi o’z 
o’lkasining tabiatini albatta o’rganishi kerakligini ko’rsatdi, bu kitob o’qitishning 
hozirgi o’lkashunoslik tamoyiliga mos keladi. Biroq bu ilg’or g’oyalarning fanda 
hayotdan ajralgan, yuzaki metodlar hukmron bo’lgan sharoitda, o’quvchilardan 
faqat darslik matnini mexanik ravishda yod olish talab qilingan bir vaqtda amalga 
oshirilishi mumkin emas edi. 

Download 460.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling