ta'lim standarti to’g’risidagi Nizom”ga amal qilingan holda ta'lim jarayoni olib
borilmoqda.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining qisqacha tarixi. Ushbu
yo’nalishning birinchi metodisti Vasiliy Fyodorovich Zuyev (1754 - 1794)
hisoblanadi. U xalq bilim yurtlarida tabiatshunoslik darslarini olib bordi,
o’qituvchilar seminariyasida leksiyalar o’qidi. 1786- yili V.F.Zuyev “Tabiiyot
tarixining ko'rgazmalari” nomli darslikni nashr ettirdi, unda tabiiyotni o’rganish
izchilligi, qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat), o’simliklar dunyosi (botanika),
hayvonlar dunyosi (zoologiya) ko’rsatilgan. Bu darslik o’quv predmeti sifatida
tabiiyot faniga asos soldi.
V.F.Zuyev maktab o’quvchilarining tabiiy obyektlarni o’rganishlarini
yoqlab chiqdi, chunki u minerallarni, o’simlik va hayvonlarni bevosita sezgilar
orqali qabul qilib olinishini yuqori baholar edi. Bundan tashqari, o’quvchi o’z
o’lkasining tabiatini albatta o’rganishi kerakligini ko’rsatdi, bu kitob o’qitishning
hozirgi o’lkashunoslik tamoyiliga mos keladi. Biroq bu ilg’or g’oyalarning fanda
hayotdan ajralgan, yuzaki metodlar hukmron bo’lgan sharoitda, o’quvchilardan
faqat darslik matnini mexanik ravishda yod olish talab qilingan bir vaqtda amalga
oshirilishi mumkin emas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: