Predmeti, maqsadi, vazifalari. Shakillanishi va rivojlanishi


O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilg’or g’oyalari


Download 460.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana30.04.2023
Hajmi460.98 Kb.
#1403411
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza

O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilg’or g’oyalari. Uyg’onish davridagi 
tabiiyot ilmining, shuningdek, Garbiy Yevropadagi tabiiyot ilmining yutuqlari 
umumiy biologiya, anatomiya, fiziologiya va psixologiyaning rivojlanishi uchun 
asos bo’ldi. Tabiatning evolutsion rivojlanish nazariyasi, soddadan murakkabga 
o’sib borish, o’zgaruvchanlik, birlamchi va ikkilamchi signal sistemalari, tabiiy 
va sun'iy tanlash masalalari O’rta Osiyo olimlari tomonidan g’arbiy Yevropa 
olimlaridan 800 - 900 yillar oldin asoslanib berilganligi fikrimizning dalilidir. 
O’rta Osiyoda yashab o’z asarlari bilan tabiiy fanlar rivojiga barakali 
hissa qo’shgan olimlar Ibn Sinoning ustozi tabiatshunos Abu Abdullo Natiliy (X - 
XI asr), botanik (hashshob) Abu Hanifa Dinavariy (815 - 896), Xotam Roziy, Abu 
Bakr ar- Roziy, Naabulisiy, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va 
boshqalardir. 
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ular haqida shunday degan edilar: 
“Yurtimizni azaldan daholar yurti deb, haqli ravishda hamisha faxrlanib kelamiz. 
Imom Buxoriy, Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Mirzo 
Bobur kabi buyuk allomalarimiz o’zlarining yorqin iste'dodlari bilan butun 


jahonga dong taratganlar, bularni biz kelajak avlod ongiga singdirib borishimiz 
kerak”. 
Dong’i dunyoni tutgan mutafakkirlarimizning insonni o’rab turgan tabiat 
bilan aloqalari haqidagi qarashlari bilan qisqacha tanishib o’tamiz. 
AL XORAZMIY. Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy jahon 
matematika fanining asoschilaridan bo’lgan O’rta Osiyo olimlaridan hisoblanadi. 
Al Xorazmiy IX asr boshlarida Bag’dodda O’rta Osiyolik olimlar Al Ahmad 
Ibn Kasir al-Farg’oniy, Abbos ibn Javhariy bilan “Ma'mun akademiyasi” (Bayt ul 
hikmat)ni boshqara boshlaydi. 
Bag’dod xalifasi Ma'mun al-Xorazmiyga “Yer va Osmon xaritasi”ni tuzish 
ishini boshqarishni topshirdi. Xarita ustida olimlar 84 yil davomida tadqiqot ishlarini 
olib borishdi. Xorazmiy bu tadqiqotlarni umumlashtirib “Yerning tasviri” nomli 
asarini yozib, geografiya faniga asos soldi. Bu asar butun dunyo, qifalar, 
okeanlar, qutblar, ekvator, sahrolar, ko’llar, o’rmonu barcha mamlakatlar, 
o’lkalar, u yerdagi hayvonot va o’simliklar dunyosi, boshqa tabiiy xom-ashyolar, 
aholi, ularning tarqalish xususiyatlari, urf-odatlari, hunarlari, zichligi haqidagi 
ma'lumotlarni o’z ichiga olgan. 
Mashhur o’zbek matematigi Muso al-Xorazmiy hozirgi zamon algebra fani 
va “Algoritm” sohasining “otasi” hisoblanadi. “Algebra” “A1 jabr” asaridan, 
“Algoritm” esa uning nomi al-Xorazmiydan olingan. 

Download 460.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling