Preparatlar katalogi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- OKSITETRASIKLIN MALHAMI 1%
- IXTIOL MALHAMI 10%; 20% STREPTOTSID MALHAMI 10%
FLONIKOL - О Og’iz orqali ichish uchun suspenziya QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
«Flonikol-O» ichimlik suvi bilan ichiriladi: - 4-haftagacha yoshdagi jo’jalarga - 100 l suvga 100 ml preparat, bu esa parrandaning 1 kg tana vazniga 20 mg florfenikolning sutkalik dozasiga mos keladi; - parrandaning boshqa yosh toifalariga - 100 l suvga 200 ml preparat 3 kun davomida, salmonellyoz holatida - 5 kun davomida. Davolash paytida parranda faqat tarkibida «Flonikol-O» bo’lgan suvni ichishi lozim. Preparatning eritmasi har kuni tayyorlanadi. Antibakterial preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Antibiotik florfenikol keng antibakterial ta’sir etish doirasiga ega va gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlar Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Escherichia coli, Salmonella spp., Pasteurella multocida, Haemophilus spp., Proteus spp., Enterobacter spp., Shigella spp., Klebsiella spp., Bordetella spp., shuningdek Mycoplasma spp. larga nisbatan faol ta’sir etadi. Florfenikol atsetiltransferazani ishlab chiqaradigan va xloramfenikolga (levomitsetinga) chidamli bo’lgan bakteriyalar shtammlariga nisbatan faol ta’sir etadi. Og’iz orqali ichilganda florfenikol oshqozon-ichak tizimidn tez so’riladi va organizmning ko’pchilik a’zolariga va to’qimalariga yaxshi kirib o’zlashadi. Parrandalarda florfenikolnig og’iz orqali ichilganda bioo’zlashuvchanligi 55% ni tashkil qiladi. Ichimlik suvi bilan ichilganda parrandaning organizmida florfenikolning terapevtik konsentratsiyasiga 20 daqiqadan keyin erishiladi va parrandaning a’zolarida va to’qimalarida 24 soat davomda saqlanadi. Florfenikol parrandaning organizmidan asosan o’t bilan va najas bilan ajralib chiqadi. MAN ETILGAN HOLATLAR: «Flonikol-O» ni qo’llash qon hosil qilish tizimi, jigar va buyrakning og’ir shikastlanishlarida, shuningdek florfenikolga individual yuqori sezgirlik bo’lganda taqiqlanadi. Antibiotik tuxum bilan chiqarilishi tufayli, «Flonikol-O» ning tuxum qo’yadigan tovuqlarga qo’llanishi mumkin emas. «Flonikol-O» preparatining boshqa antibiotiklar, bilvosita antikoagulyantlar, barbituratlar, miorelaksantlar bilan bir vaqtda qo’llanishiga yo’l qo’yilmaydi. KUTISH DAVRI: Preparat qo’llangan parrandani go’sht uchun so’yish dori vositasini qo’llash to’xtatilganidan keyin kamida 6 sutka o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan parrandaning go’shti etxo’r hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. EHTIYOT CHORALARI: Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak. Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi. Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim.
Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Preparat rangsizdan sariq ranggacha bo’lgan, suv bilan oson aralashtiriladigan va og’iz orqali ichish uchun mo’ljallangan shaffof eritmadir. QADOQLANISHI: 1000 ml li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: «Flonikol-O» ehtiyotlik bilan, quruq, to’g’ri quyosh nurlaridan himoyalangan joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil. Zavod o’rami ochilganidan keyin, dori vositasini germetik yopilgan idisharda saqlash va 30 kun davomida ishlatish kerak.
58 59 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Malham hayvonlarda ko’zlarning yuqumli kasalliklarini davolashda qo’llanadi: kon’yunktivitlar, blefaritlar, traxoma, ko’zning shox pardasi jarohatlari hamda oksitetratsiklinga sezgir qzo’zg’atuvchilar keltiirb chiqargan boshqa ko’z kasalliklari. 1 g malham tarkibi: Xlorid shaklida oksitetratsiklin 10 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Malham hayvonning pastki ko’z qovog’i ostiga kurakcha bilan surtib qo’yiladi va yengil uqalovchi harakatlar bilan, paxta piligi yordamida, ko’z qovog’ining tashqi tomonidan butun kon’yunktiva qopchasi bo’ylab taqsimlanadi.
Malham kasallik tuzalmaguncha, har kuni, sutkasiga 3-5 marta qo’llanadi. Kasallikning og’irligiga qarab, malhamning dozasi bitta hayvonga 0,2 g dan 0,4 g gacha tashkil etadi. Antibakterial preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Malhamning tarkibiga kiruvchi oksitetratsiklin keng ta’sir doirasi bo’lgan antibiotik sifatida gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalar, rikketsiyalar, traxoma, ornitoz qo’zg’atuvchilariga nisbatan faol ta’sir etadi. Preparatning antibakterial ta’sirining mexanizmi asosida mikrob hujayrasining oqsilini sintez qilishni ribosomalar darajasida bartaraf etish yotadi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. MAN ETILGAN HOLATLAR: Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q. MAHSUS KO’RSATMALAR: Qo’llash cheklanadigan holati hayvonlarning oksitetratsiklinga individual yuqori sezgirligi hisoblanadi. KUTISH DAVRI: Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutni oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi. UMUMIY MA’LUMOTLAR: «Oksitetratsiklin malhami 1 %» veterinariya uchun, hayvonlarning ko’z kasalliklarini davolash vositasi. Ta’sir etuvchi moddasi oksitetrasiklin. QADOQLANISHI: 50 g. li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Malham quruq, qorong’i, salqin joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil. OKSITETRASIKLIN MALHAMI 1% QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Malham teri kasalliklarida (kuyishlar, yaralar, ekzemalar, dermatitlar, furunkulyoz, piodermiyalar), tuyoqlar, tuyoqchalar kasalliklarida, shuningdek artritlar, nevralgiyalar, tendinitlar, tendovaginitlar, bursitlar, mastitlar holatida tashqi ravishda qo’llanadi. QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: Malham qishloq xo’jalik hayvonlarida yaralar, chuqur yaralar, kuyishlar, emchak yorilishlarini davolash uchun tashqi ravishda qo’llanadi. 1 g malham tarkibi: Ixtiol konsentratsiyasi 100 mg/200 mg 100g malham tarkibi: Streptotsid 10 g
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Malham jarohatlangan joyga tekis yupqa qatlam qilib surtiladi Preparat yara tuzalguncha har kuni sutkasiga 1-2 marta yoki 1-2 kun oralab qo’llanadi. QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Malham yara tuzalguncha kuniga 1-2 marta bevosita jarohatlangan joyga yupqa qatlam qilib surtiladi yoki doka bog’lamaga surtib qo’yiladi. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Malhamning tarkibiga kiruvchi ixtiol antiseptik va yalliqg’inishga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Yaralarga surtilganda, tomirlarni toraytiradi, sekretsiya va ekssudatsiya jarayonlarini kamaytirib, jarohatlangan to’qimalarning regeneratsiyasini tezlashtiradi. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Malhamning tarkibiga kiruvchi streptotsid mikroblarga qarshi va bakteriostatik ta’siriga ega bo’lib, sekretsiya va ekssudatsiya jarayonlari kamayishiga, jarohatlangan to’qimalarning regeneratsiyasi jarayonining tezlashuviga yordam beradi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. MAN ETILGAN HOLATLAR: Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q. KUTISH DAVRI: Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutni oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Malham asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. MAN ETILGAN HOLATLAR: Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q. KUTISH DAVRI: Malham qo’llanganda, hayvonlarni go’sht uchun so’yish va sutni oziq-ovqat maqsadlarida ishlatish cheklanishsiz amalga oshiriladi. UMUMIY MA’LUMOTLAR: «Ixtiol malhami». Malham tashqi ko’rinishiga ko’ra to’q sarg’ish rangli, bir jinsli, ixtiol hidli quyuq massadan iborat. QADOQLANISHI: 100 g. li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Malham quruq, salqin, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Teri kasalliklarini davolash uchun antimikrob vosita. Ta’sir etuvchu moddasi streptitsid. Malham oq rangdan sariq-jigar ranggacha, bir jinsli quyuq, kuchsiz aromatik hidli massadan iborat. QADOQLANISHI: 100 g. li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Malham quruq, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 4 yil.
60 61 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida 62 63 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: «Imisan» yirik qoramol va mayda shoxli mollar, otlar va itlarning qon- parazitar kasalliklarini (babezioz, nuttalioz, anaplazmoz va aralash invaziyalar) davolash va profilaktika qilish uchun mo’ljallangan. 1 ml preparat tarkibi: Imidokarb dipropionat 120 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: «Imisan» hayvonlarga bir marotaba, bo’yin soxasiga mushak ichiga (yirik qoramol, otlar va qo’ylar) yoki bo’yin soxasiga teri ostiga (itlar), aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qlgan holda, quyidagi dozalarda kiritiladi: Hayvonlarning turi Imisan dozasi Babezioz
Anaplazmoz Aralash invaziya Davolash maqsadida Yirik qoramol 100 kg vazniga 2,0 ml 100 kg vazniga 2,5 ml 100 kg vazniga 2,5 ml Mayda shoxli mol 10 kg vazniga 0,2 ml - -
100 kg vazniga 2,5 ml - - Itlar 10 kg vazniga 0,25-0,5 ml - -
Yirik qoramol - - 100 kg vazniga 2,5 ml Otlar, eshaklar, xachirlar 100 kg vazniga 2,0 ml - - Itlar 10 kg vazniga 0,5 ml - -
Otlar, eshaklar va xachirlarni B.caballi va B.equi qo’zg’atuvchilaridan tozalash maqsadida davolash quyidagi sxema bo’yicha o’tkaziladi: Hayvonlarning turi Doza, hayvonlarning 100 kg tana vazniga ml B.caballi B.equi
Otlar 2 ml dan ikki marta 24 soat oralig’i bilan 4 ml dan to’rt marta 72 soat oralig’i bilan Eshaklar va xachirlar 2 ml dan ikki marta 24 soat oralig’i bilan -
«Imisan» hayvonlarda kasallikning klinik belgilari paydo bo’lganda, davolash maqsadida qo’llanadi. Kasal hayvonlar tinch holda qoldiriladi va ularning fiziologik holatiga qarab, ularga qo’shimcha simptomatik dori vositalari tayinlanadi. Antiprotozoy preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Ta’sir etuvchi vositasi - imidokarb dipropionat - babezioz, nuttallioz, anaplazmozning qo’zg’atuvchilariga nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi. Ta’sir etish mexanizmi qon parazitlarida poliamin moddalarining metabolizmini ingibirlashga asoslangan. Parenteral kiritishdan keyin 18-24 soatdan so’ng imidokarb dipropionatning qondagi terapevtik konsentratsiyasiga erishiladi, va uning qondagi piroplazmostatik darajasi 4-6 hafta davomida saqlanadi. Imidokarb dipropionat asosan buyrak va jigarda yig’iladi; organizmdan asosan siydik bilan o’zgarmagan holatida chiqariladi. «Imisan» organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra kam xavfli moddalarga kiradi NOJO’YA TA’SIRLAR: Imisan mazkur qo’llanmaga muvofiq tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, hayvonlarda nojo’ya ta’siri va asoratlari kuzatilmaydi. Kam hollarda kiritilgan joyida giperemiya yoki og’riqli shishib ketish shaklidagi mahalliy reaktsiya bo’lishi mumkin, u 1 -2 sutkadan keyin yo’qoladi. Takroriy kiritishda qon bosimi pasayishi, preparatning dozasi oshib ketganda esa bradikardiya, nafas olish tezlashishi va buzilishi, anoreksiya, tremor kuzatilishi mumkin. Hayvonning preparatga yuqori individual sezgirligida asoratlar rivojlanishi belgilari bo’lishi mumkin (holsiz holati, notinchik, ko’p so’lak oqishi, ko’z yoshi oqishi, ter ajralishi, mushaklar titrashi, tez-tez siyish va ich ketishi), bu hollarda teri ostiga 1 % atropin eritmasi belgilanadi. Qon parazitlari ommaviy qirilganda va eritrotsitlar parchalanganda hayvonlarda intoksikatsiya rivojlanishi mumkin. Bu holda elektrolitlar eritmalarini tomir ichiga quyish va simptomatik davolashni o’z ichiga oluvchi intensiv davolash o’tkazilishi lozim. MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparat teri ostiga yoki tomir ichiga qo’llanmaydi (itlardan tashqari). Preparatni babezioz yoki anaplazmozga qarshi tirik vaktsina bilan vaktsinatsiya qilishdan keyin 4 hafta ichida qo’llash taqiqlanadi. Xlororganik va fosfororganik preparatlar, shuningdek xolinesteraza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo’llash taqiqlanadi. MAHSUS KO’RSATMALAR: Preparatni qo’ylarga va itlarga kiritish uchun 0,1 ml bo’limli shkalasi bo’lgan shpritslardan foydalanish lozim. Itlar inyeksiyadan keyin 15 daqiqa mobaynida veterinar shifokorning nazoratida bo’lishi kerak. Preparat qo’llanishi bilan bir vaqtda itlarga antigistamin vositalarining qo’laniishi tavsiya etiladi. Agar eritmaning hisoblangan hajmi 10 ml dan ortiq bo’lsa, og’riq bo’lmasligi uchun uni hayvonning ikki-uchta joyiga kiritish lozim. Hayvonlarga «Imisan» bilan ishlov berishni veterinar shifokor yoki veterinar feldsher o’tkazishi lozim. Yoppasiga ishlov berishdan avval preparatning har bir seriyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkazilishi lozim. 3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi. KUTISH DAVRI: Yirik qoramolni va qo’ylarni go’sht uchun so’yish Imisan preparatini oxirgi qo’llashdan keyin kamida 45 sutkadan keyin ruxsat etiladi, majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Sog’iladigan sigirlarning sutini oziq-ovqat maqsadida ishlatish preparatni qo’llashdan keyin kamida 7 sutkadan so’ng ruxsat etiladi. Ushbu muddatdan avval sut qaynatiladi, keyin hayvonlarga yedirish uchun ishlatiladi. «Imisan» bilan ishlov berilgan sog’iladigan qo’ylarning sutini butun sut emizish davri mobaynida oziq-ovqat maqsadida ishlatish mumkin emas. UMUMIY MA’LUMOTLAR: «Imisan» (Imisan) – yirik qoramol va mayda shoxli mollar, otlar va itlarning qon-parazitar kasalliklarini davolash va profilaktika qilish uchun, inyeksiyalar uchun eritma shaklidagi dori vositasidir. Ta’sir etuvchi moddasi imidokarb dipropionat. QADOQLANISHI: 50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparatni ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, 2°C dan 25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil. IMISAN Inyeksiya uchun eritma 64 65 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
va T. Orientalis tomonidan qo’zg’atiladigan teyleriozda, davolash va profilaktika maqsadida belgilanadi. 1 ml preparat tarkibi: Buparvakon 50 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat bir marotaba, hayvonning 20 kg tirik vazniga 1 ml preparat dozasida qo’llanadi, bu 1 kg vazniga 2,5 mg buparvakvonni tashkil etadi. Preparatni kiritish usuli – mushak ichiga, bo’yin sohasiga kiritiladi. Og’ir holatlarda preparat birinchi kiritishdan keyin 48-72 soatdan so’ng, xuddi shunday dozada takroriy qo’llanadi. Alohida ko’rsatmalar. Bitta inyeksiya joyiga 10 ml dan ortiq preparatni kiritish tavsiya etilmaydi. Zarur bo’lganda, kiritilgan doza yarmisidan bo’linadi va bo’yinning ikki tomonidan kiritiladi. Antiprotozoy preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Buparvakon ham shizontlar bosqichidagi, ham piroplazmalar bosqichidagi teyleriyalarga nisbatan faol ta’sir etadi. Buparvakonning ta’sir etish mexanizmi hozirgi paytda to’liq aniq-lanmagan. U taxminan teyleriyalarning mitoxondriyalarida elektronlar ko’chishi mexanizmini izdan chiqaradi. Buparvakonni qo’llash hujayralar tuzilmalari darajasida parazitlarning sitoplazmasida kuchayib boruvchi vakuollashuvga olib keladi, vaqt o’tishi bilan bu parazitning tashqi membranalari va yadroviy membranalari tuzilmasining buzilishiga olib keladi. Shu bilan birga, buparvakon teyleriyalar parazitlik qiluvchi hujayralarning hujayra ichidagi tuzilmalarini (shu jumladan mitoxondriyalarni) shikastlamaydi. Mushak ichiga kiritilganda preparat to’qimalarda uzoq saqlanadi. Buparvakvonning yarim chiqarilish davri – 7 kunga yaqin. NOJO’YA TA’SIRLAR: Inyeksiya joyida ba’zan mahalliy, og’riqsiz shishlar paydo bo’lishi mumkin, ular vaqt o’tib o’zi yo’qoladi. MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatni teri ostiga yoki tomirning ichiga kiritish mumkin emas. KUTISH DAVRI: Hayvonlarni go’sht uchun so’yish preparatni kiritish to’xtatilganidan keyin 42 kundan so’ng ruxsat etiladi. Preparatni oxirgi kiritishdan keyin 2 sutka ichida sutni oziq- ovqat maqsadida ishlatish taqiqlanadi. EHTIYOT CHORALARI: Preparat bilan ishlaganda shaxsiy gigiyena choralarini va xavfsizlik texnikasi qoridalariga rioya qilish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak. Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi. Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim. Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. UMUMIY MA’LUMOTLAR: «Buparvalek» – yirik qoramolning teyleriozlarini davolash va profilaktika qilish uchun mo’ljallangan inyeksiyalar uchun eritma shaklidagi dori preparati. QADOQLANISHI: 50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, qorong’i joyda, 0°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil. BUPARVALEK Inyeksiya uchun eritma 66 67 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Amprovet» 25% kukuni turli eymeriyalarga nisbatan samarali ta’sir ko’rsatadi: E. maxima, E. acervulina, E. mitis, E. tentla, E. nekatrix, E. brunetti, E. zurnii, E. ninakoljykimovi. 1 g preparat tarkibi: Amprolium gidroxlorid 250 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Tovuqlar va kurkalarda koksidiozlarni davolash uchun «Amprovet» 25% kukuni ketma- ket 3-5 kun davomida 100 kg quruq yemga 100 g preparat hisobidan, keyin esa (4-6 kundan boshlab) 14 kun davomida yemning 1 tonnasiga 500 g dozasida qo’llanadi. Preparat yem bilan yaxshilab aralashtiriladi, avval yemning ozgina miqdori bilan, keyin esa uning qolgan qismi bilan aralashtiriladi.
«Amprovet» 25% kukuni suv bilan 10 litr ichimlik suviga 20 g preparat hisobida, 5-10 kun davomida qo’llanadi.
Profilaktika maqsadida jo’jalarga preparat 7-15-kunlik yoshidan boshlab har kuni, 50-60 kun davomida, 100 kg quruq yemga 50 g preparat yoki 10 l ichimlik suviga 5 g preparat hisobidan qo’llanadi. Yirik qoramolga eymerioz holatida «Amprovet» 25% kukuni tirik vazniga 225-560 mg/kg dozasida, 30 kun davomida yem bilan yediriladi. Qo’ylarga eymerioz holatida preparat 200 mg/kg dozasida qo’llanadi. Preparat 20 kun davomida yem bilan yediriladi. Antiprotozoy preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Preparatning ta’sir etish mexanizmi shundan iboratki, koksidiyalarning metabolik enzimlarining tizimida amprolium tiaminning o’rnini bosib, koksidiyalarning hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan uglevodlarning metabolizmini izdan chiqaradi. Amprolium issiq qonli hayvonlar uchun o’rtacha zaharli preparatlarga kiradi, tavsiya etilgan dozalarida mutagen, sezgirlikni oshiruvchi, embriotoksik va teratogen ta’sir ko’rsatmaydi, va koksidiozga immunitetning shakllanishiga to’sqinlik qilmaydi. Og’iz orqali ichilganda amprolium oshqozon-ichak tizimida amalda so’rilmaydi, va shillik pardalarda, shilliq osti qavatlarida o’zining koksidiyalarga qarshi ta’sirini ko’rsatadi. Amprolium asosan o’zgarmagan shaklida – najas bilan, 3-4 kun davomida chiqariladi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Tavsiya etilgan dozalarida preparat nojo’ya ta’sirini keltirib chiqarmaydi. MAN ETILGAN HOLATLAR: Amproliumni to’dani yangilash uchun yetishtiriladigan yosh tovuqlarga 16-haftalik yoshidan keyin qo’llash mumkin emas. Preparat tuxum bilan chiqarilishi tufayli, amproliumning tuxum qo’yadigan tovuqlarga qo’llanishi taqiqlanadi. Amproliumni boshqa koksidiostatiklar bilan bir vaqtda qo’llash taqiqlanadi. KUTISH DAVRI: Parrandani go’sht uchun so’yish dori vositasini qo’llash to’xtatilganidan keyin kamida 5 sutka o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan parrandaning go’shti etxo’r hayvonlarga yedirish uchun, yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. EHTIYOT CHORALARI: Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak. Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi. Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim. Preparatning idishini oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun ishlatish taqiqlanadi. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Ximioterapevtik preparat bo’lib, parrandalar eymeriozlarini davolash uchun qo’llaniladi. Ta’sir etuvchi moddasi amprolium hisoblanadi. Tashqi ko’rinishiga ko’ra preparat oq yoki och sarg’ish tusli, bir jinsli kukundan iborat. QADOQLANISHI: Og’irligi 1000 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat quruq, qorong’i xonada, bolalar yeta olmaydigan joyda, 0°C dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling