Preparatlar katalogi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Antibakterial preparatlar
- III. Antiprotozoy vositalar
- V. Moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi va vitamin-mineral preparatlar
- IVERMEKTIN 10
- KLOZANTEL 50
- LEVAMIZOL 75
- Yirik qoramol
- Cho’chqalar
Preparatlar katalogi Antibakterial preparatlar Vitamin-mineral komplekslar Dezinfektantlar, Rodentitsidlar, Insektoakaritsidlar Antiparazitar preparatlar Antiprotozoy preparatlar Gormonal preparatlar KORXONA HAQIDA 4
1. Inyeksiya uchun eritmalar IVERMEKTIN 10 6 KLOZANTEL 50 8 LEVAMIZOL 75 10
ALKLOZAN 10%; 20% 12 METSALBEN 10%; 20% 14 METSTRAMIZOL 20% 16 PANAFENB 22,2% 18 3. Tabletkalar METSALBEN 360 20 PRAZIKVANTEL 22 4. Suspenziyalar METSALBEN 2,5%; 10% 24
GENTAMITSIN 4% 26 GENTAMITSIN 10% 28 VETILOZIN 50; 200 30 OKSITETRATSIKLIN 100 32 OKSITETRATSIKLIN 200 34 ENROFLOKSATSIN 50 36 ENROFLOKSATSIN 100 38
ENROVIT 10% 40 VETILOZIN 50% 42 SULFAPRIM 44 MAKROPRIM KONSENTRAT 46 3. Tabletkalar SULFAPRIM 48
MASTISAN - А 50 MASTISAN - Е 52 ENROVIT - О 54 FLONIKOL - О 56 OKSITETRATSIKLIN MALHAMI 1% 58 IXTIOL MALHAMI 10%; 20% 60 STREPTOTSID MALHAMI 10% 61
IMISAN
62 BUPARVALEK 64 AMPROVET 25% 66 TOLTROKS 2,5% 68
POLISULFON 70 SUPERKILLER Е 72 BROMOLON KONSENTRAT 0,25% 74 BROMOLON 76 VIRKOTSID 78 POLIMER YOD 10% 80 V. Moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi va vitamin-mineral preparatlar GLYUKOZA 40% 82 KALSIY XLORID 10% 84 KALSIY BOROGLYUKONAT 86 SELEN+VITAMIN Е 88 TRIVITAMIKS 90
IXGLYUKOVIT 92 KOFEIN-BENZOAT NATRIY 20% 94 NOVOKAIN 0,5%; 1% 96 RINGER-LOKK ERITMASI 98 YAM MALHAMI 100 RUX MALHAMI 101 OKSITOTSIN 10 ЕD/ML 102 KETOPROFOL 1%; 10% 104 KLOPROSTIN 106 SURFAGON ERITMASI 108 MUNDARIJA O’zbekiston-Buyuk Britaniya-Rossiya Qo’shma Korxonasi «O’ZBIOKOMBINAT» MChJ Samarqand biokombinatining negizida tuzilgan. Samarqand biokombinatiga 1964 yilda asos solingan, u veterinariya tibbiyoti uchun biologik preparatlarni ishlab chiqarar edi. Korxona xususiylashtirilib O’zbekiston-Buyuk Britaniya-Rossiya qo’shma korxonasi tuzilganidan keyin, korxonaning ishini tiklash dasturi ishlab chiqilgan. Kimyoviy-farmatsevtik va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarishni tiklashda, bunday turdagi ishlab chiqarishlar uchun qo’llanadigan barcha milliy va asosiy xalqaro standartlarga mos keladigan zamonaviy farmatsevtik va immunobiologik ishlab chiqarishni barpo etish vazifasi qo’yilgan edi.
Hozirgi paytda korxonamiz O’zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyoning davlatlari hududida alohida o’rin egallaydi, chunki xuddi shunday salohiyati va bunday yopiq infratuzilmasi bo’lgan boshqa korxonalar mavjud emas.
Yer uchastkamizning maydoni 27 gektar bo’lib, u ishlab chiqarish va veterinariya- sanitariya zonasiga bo’lingan. Zavodning hududida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishga imkon beruvchi binolar va inshootlarning to’liq majmuasi bor. Ishlab chiqarish eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.
ISHLAB CHIQARISH
Korxona faoliyatining asosiy turi veterinariya preparatlarini ishlab chiqarishdir. Mahsulotlar yangi ishlab chiqarish maydonlarida amalga oshiriladi. Farmatsevtik preparatlar sexining konseptual loyihasi sifatli farmatsevtika ishlab chiqarishining asosi bo’lgan GMP xalqaro qoidalarining talablariga muvofiq ishlab chiqilgan. I shlab chiqarish korpusi uchta uchastkaga bo’lingan: • Nosteril qattiq dori vositalarini ishlab chiqarish uchastkasi (tabletkalar, kukunlar, granulyatlar); • Yumshoq dori vositalarining uchastkasi (malhamlar, suspenziyalar); • Suyuq dori vositalarini ishlab chiqarish uchastkasi (inyeksiya uchun eritmalar, og’izdan ichish uchun eritmalar).
Korxonada faqat yuqori sifatli xom ashyolardan foydalaniladi. Preparatlar ingredientlari malakali texnologlar tomonidan juda kuchli nazoratdan o’tadi va tanlab olinadi.
O’rnatilgan me’yorlar va talablarga diqqat bilan rioya qilish, korxona ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulotlar sifati nazorati, xodimlar yuqori professioanalligi - yuqori samarali, havfsiz va hamyonbop preparatlarni ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Korxonaning nazorat-analitik laboratoriyasi eng ilg’or texnika tizimlari (UF-spektrofotometriya, yo’qori-samarali suyuqliklar xromatografiyasi va boshqalar). Bu o’z vaqtida ishlab chiqarishni har bir etapini nazorat qilish va tayyor preparatlarni kimyoviy tarkibini tekshirish qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari, kombinat infrastrukturasida laborotoriya kichik tajribali, qishloq xo’jalik, uy hayvonlari va qushlarini saqlaydigan Vivariya bo’limi mavjud bo’lib, unda nazorat-analitik bo’limi xodimlari tayyor preparatlarini bezararligi va samaradorligi sinovlarini o’tkazishadi. KADRLAR
Mahsulotlarimiz sifatini aniqlovchi asosiy omillardan biri bu veterinar va immunobiologik preparatlar ishlab chiqarishda yuqori ilmiy potensialga va boy tadqiqot tajribasiga ega yuqori malakali hodimlardir, bu esa ishlab chiqarish jarayonini xom ashyo kelishidan tortib tayyor mahsulot chiqishigacha to’liq nazorat qilish imkonini beradi. Xodimlar malakasini muntazam oshirish o’z vaqtida yangi zamonaviy preparatlarni tadqiq qilish va joriy etishga imkoniyat beradi.
(O’zVITI, O’zR FA O’VXI, Sam QXI, O’zDMKL va boshqalar), shuningdek S.N. Vishelesskiy nomidagi Belorussiya tajribaviy veterinariya instituti (Minsk shahri) bilan mustahkam ish va ilmiy aloqalar o’rnatilgan.
Biz yuqori sifatli, qulay narxli mahsulot to’plamini, yuksak xizmat ko’rsatish darajasini va Sizning hayvonlaringiz sog’lig’ini himoya qilishga eng yangi texnologik yondashuvlarni taklif etamiz. Biz doimo sizning hayvonlaringizni parvarish qilishda yordam beradigan mahsulotlarni tanlashda sizga sifatli xizmat ko’rsatishdan mamnunmiz.
Bizning ishlab chiqarishimiz xalq farovonligi manfaatlariga qaratilgan, uning darajasi ko’p jihatdan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan iste’molchilik ehtiyojlarini qondirish bilan belgilanadi. KORXONA HAQIDA 4 5 info@biokombinat.uz www.biokombinat.uz 6 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida 7 QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: Ivermektin-10 hayvonlarga araxno-entomozlar va nematodozlarda davolash va profilaktika maqsadida belgilanadi: • yirik qoramolga - strongilyatozlar, trixotsefalyoz, strongiloidoz, telyazioz, sifunkulyatozlar, gipodermatoz, psoroptoz, sarkoptoz va xorioptoz holatida; • mayda shoxli molga (qo’ylar va echkilar) - diktiokaulyoz, protostrongilyoz, myullerioz, gemonxoz, ostertagioz, nematodiroz, marshallagioz, kooperioz, xabertioz, ezofagostomoz, bunostomoz, trixotsefalyoz, strongiloidoz, malofagoz, estroz, psoroptoz va xabertioz holatida;
stefanuroz, gematopinoz va sarkoptoz holatida; • otlarga - paraskaridoz, oksiuroz, strongilyatozlar, gastrofilyoz va sarkoptoz holatida; • itlarga va mushuklarga – toksokaroz va toksaskarioz, ankilostomoz va untsinarioz, notoedroz, sarkoptoz va demodekoz holatida. 1 ml preparat tarkibi: Ivermektin 10 mg
Inyeksiya uchun eritma QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat hayvonlarga aseptika qoidalariga rioya qilgan holda teri ostiga kiritiladi: cho’chqalarga – bo’yni yoki sonining ichki yuzasi sohasiga, boshqa hayvonlar turlariga – sag’ri yoki bo’yni sohasiga quyidagi dozalarda: - yirik qoramol va mayda shoxli molga, otlar, itlar, mushuklarga – hayvonlarning 50 kg tana vazniga 1,0 ml dan (1 kg vazniga 0,2 mg ivermektin) bir marotaba. Og’ir sarkoptoidoz kasalligi holatida dori bilan ishlov berish ikki marotaba, 8-10 kun oralig’i bilan o’tkaziladi; - cho’chqalarga - hayvonlarning 33 kg tana vazniga 1 ml dan (1 kg vazniga 0,3 mg ivermektin) bir marotaba. Og’ir sarkoptoz kasalligi holatida dori bilan ishlov berish ikki marotaba o’tkaziladi.
Agar dozaning umumiy kiritiladigan hajmi 10 ml dan oshsa, preparat hayvonning ikkita turli joyiga kiritilishi kerak. Mayda hayvonlarga aniq doza berish uchun preparatni kerakli darajada steril suv bilan suyultirish mumkin.
Nematodalarga qarshi preparat hayvonlarga molxonada boqishga qo’yishdan avval va bahorda, yaylovga olib chiqishdan avval, so’na lichinkalariga qarshi – so’nalar mavsumi tugashi bilan, araxno-entomozlar qo’zg’atuvchilariga qarshi – qo’llash lozim bo’lganda, qo’llanadi. Antiparazitar preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Preparat oshqozon-ichak tizimi va o’pka nematodalari, teri osti, burun-halqum va oshqozon so’nalarining lichinkalari, qon so’ruvchi bitlar va sarkoptoid kanalarning lichinka va voyaga yetgan bosqichlariga kuchli parazitlarga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Ivermektin gamma-aminomoy kislotasining tormozlash neyromediatorini ishlab chiqarishni kuchaytiradi, bu parazitlarning nerv impulslarini uzatish buzilishiga, falajiga va o’limiga olib keladi. Preparat kiritish joyidan tez so’riladi, hayvonning a’zolari va to’qimalarida taqsimlanadi, 10-14 kun davomida parazitni qiruvchi ta’sirini ta’minlaydi. Ivermektin issiq qonli hayvonlar uchun tavsiya etilgan dozalarida kam zaharli, va sensibilirlovchi, embriotoksik, teratogen va mutagen ta’sir ko’rsatmaydi. Ivermektin organizmdan siydik va o’t bilan, sut emizayotgan hayvonlarda shuningdek sut bilan chiqariladi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Preparatga yuqori individual sezgirlik bo’lganda, ba’zi hayvonlarda qo’zg’aluvchanlik, so’lak oqishining kuchayishi (itlarda qusish), ich ketishi va tez-tez siyish, ataksiya kuzatiladi. Ushbu belgilar, odatda, o’z-o’zidan, terapevtik dorilar qo’llanmagan holda o’tib ketadi. MAN ETILGAN HOLATLAR: Boshqa gelmintlarga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo’llash mumkin emas. Holsiz va kasal hayvonlarga, shuningdek homilador hayvonlar tug’ruqqacha 28 dan kam kun qolganda dori berilishi mumkin emas. Preparat itlarga va mushuklarga tug’ruqdan 2 hafta oldin va keyin, Kolli, Shelti, Bobteyl zotli itlarga va 6 oygacha yoshdagi itlarga qo’llanmaydi. Sog’iladigan sigirlarga ivermektin-10 qo’llanishi ruxsat etilmaydi. MAHSUS KO’RSATMALAR: Preparatning har bir partiyasi avval hayvonlarning kichik guruhida (7-10 bosh) sinaladi. 3 kun davomida asoratlar bo’lmaganda, barcha mollarga dori berish boshlanadi. KUTISH DAVRI: Preparat bilan ishlov berilgan hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni qo’llashdan keyin kamida 28 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatilishi mumkin. Preparat bilan ishlov berilgan hayvonlardan olingan sutni preparatni oxirgi kiritishdan keyin 7 kun davomida oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Bunday sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatilishi mumkin. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Hayvonlarning endo- va ektoparazitar kasalliklarini davolash va profilaktika qilish uchun vosita. QADOQLANISHI: 10, 50 va 100 ml. li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat ehtiyotlik bilan ishlab chiqaruvchining o’ramida, quruq, yorug’likdan pana joyda, issiqlik manbalari va alangadan uzoqda, 0°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil. 8 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida 9 QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: Yirik qoramolga preparat oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz, strongiloidoz, trixotsefalyoz, kooperioz va hokazo), fastsiolyoz, paramfistomatidozlar, telyazioz, qo’tirlar holatida va iksod kanalari bilan kurashish uchun qo’llanadi.
dikrotselioz, qo’tirlar va estroz holatida qo’llanadi. 1 ml preparat tarkibi: Klozantel 50 mg
Inyeksiya uchun eritma QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Preparat kavsh qaytaruvchi hayvonlarga mushak ichiga yoki teri ostiga kiritiladi. Fastsiolalar ko’p miqdorda yuqqan holatda preparatning bir marotabalik dozasi ikkiga bo’linadi va hayvonlarga preparatning yarim dozasi ikki kun ketma-ket kiritiladi.
Preparatni hayvonlarga qo’llash dozalari. Hayvon turi va parazitozning nomi Dozalari
YIRIK SHOXLI QORAMOL - fastsiolyoz, paramfistomatidozlar, oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, ezofagostomoz, bunostomoz, strongiloidoz, trixotsefalyoz, kooperioz va hokazo), telyazioz Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 0,5 ml - iksod kanalari hujum qilganda Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 0,5 ml - qo’tirlar: sarkoptoz, psoroptoz, xoriopoz (yosh yirik qoramollarda) Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 1 ml dan, ikki marotaba, 7 kun oralig’i bilan - 2 va 3-bosqichdagi lichinkalar tomonidan qo’zg’atilgan gipodermatoz Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 1 ml, bir marotaba
- fastsiolyoz, paramfi-stomatidozlar, dikrotselioz Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 1 ml - oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, ostartagioz, strongiloidoz, ezofagostomoz, xabertioz, bunostomoz, trixostrongilyoz) Hayvonlarning 20 kg tana vazniga 1 ml - qo’tirlar (psoroptoz va xoriopoz) Hayvonlarning 10 kg tana vazniga 1 ml dan, ikki marotaba, 7 kun oralig’i bilan - estroz
Hayvonlarning 20 kg tana vazniga 1 ml Agar dozaning umumiy kiritiladigan hajmi 10 ml dan oshsa, preparat ikkita turli joyiga kiritiladi. Antiparazitar preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Klozantelning ta’sir etish mexanizmi parazitning oksidlovchi fosforillash jarayonining to’xtatilishidan iborat. Preparatning o’ziga xos ta’siri ATF fermentini kuchaytirishdan iborat, bu esa fosforillash va elektronlarning o’tishi jarayonining to’xtashiga olib keladi, bu holat parazitning energetik metabolizmini o’limiga olib keladigan tarzda o’zgartiradi. Parenteral kiritilganidan keyin preparat inyeksiya joyidan tez so’rilib, hayvonlarning a’zolari va to’qimalariga o’zlashadi.. Preparatning qondagi maksimal konsentratsiyasi kiritishdan keyin 12 soat ichida yetadi va 24-36 soat davomida saqlanadi. Preparatning davolash konsentratsiyasi hayvon organizmida 10-11 sutka davomida saqlanadi. Klozantel organizmda amalda biotransformatsiya bo’lmaydi va asosan o’zgarmagan shaklida chiqariladi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Ba’zi holatlarda inyeksiya joyida achishish paydo bo’lishi mumkin, u davolashsiz tuzalib ketadi. MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatning komponentlariga yuqori sezgirlik. Preparat kuchsizlangan va yuqumli kasalliklarga uchragan hayvonlarga qo’llanmaydi. Boshqa parazitlarga qarshi preparatlar bilan birga kiritilmasin. Parazitlarga qarshi xlororganik va fosfororganik preparatlar bilan bir vaqtda qo’llashga yo’l qo’yilmaydi. MAHSUS KO’RSATMALAR: Sog’iladigan sigirlarga va homiladorlikning oxirgi uchdan bir qismida qo’llash taqiqlanadi. KUTISH DAVRI: Sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun hayvonlarga preparatni oxirgi marta kiritishdan 14 kundan keyin, go’shtni 28 kundan keyin ishlatish mumkin. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Hayvonlarning endo- va ektoparazitar kasalliklarini davolash uchun antigelmint vosita. QADOQLANISHI: 50 va 100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparatni quruq va qorong’i joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +4°C dan +25°C gacha haroratda saqlash lozim. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil.
10 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida 11 QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: Preparatlar qo’llanadi: • yirik qoramolga - diktiokokaulyoz, gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz, nematodiroz, ostertagioz, xabertioz, kooperioz, strongiloidoz holatida; • mayda shoxli molga - diktiokaulyoz, protostrongilyoz, gemonxoz, strongiloidoz, ezofagostomoz, kooperioz, trixostrongilyoz, nematodiroz, trixotsefalyoz, xabertioz holatida; • cho’chqalarga - askaridoz, ezofagostomoz, strongiloidoz, trixotsefalyoz, xiostrongilyoz, metastrongilyoz holatida; • itlarga – toksokaroz va ankilostomoz holatida. 1 ml preparat tarkibi: Levamizol 75 mg
LEVAMIZOL 75 Inyeksiya uchun eritma QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Preparatlar bir marotaba, teri ostiga yoki mushak ichiga, hayvonning 1 kg tana vazniga 75 mg levamizol hisobidan dozasida kiritiladi, bu quyidagilarga mos keladi: Hayvon turi Preparatlar dozasi Izoh
(teri ostiga yoki mushak ichiga) 10 kg ga 1,0 ml Vazni 300 kg dan ortiq hayvonlarga ko’pi bilan 30,0 ml
10 kg ga 1,0 ml Vazni 65 kg dan ortiq hayvonlarga ko’pi bilan 4,5 ml Cho’chqalar (teri ostiga yoki mushak ichiga)
10 kg ga 1,0 ml Vazni 150 kg dan ortiq hayvonlarga ko’pi bilan 20,0 ml
10 kg ga 1,0 ml Kiritiladigan eritmaning hajmi 15 ml dan ko’p bo’lsa, uni hayvonning 2-3 joyiga kiritish kerak. Antiparazitar preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Ta’sir etuvchi vositasi - levamizol (gidroxlorid shaklida) nematodalarning hayotiy muhim fermentlarini (fumarat va suktsinatdegidrogenaza) ingibirlaydi. Keng ta’sir etish doirasidagi preparat buning oqibatida parazitlarning yetilgan va lichinka shakllarining o’limini keltirib chiqaradi. Parenteral kiritilganidan keyin levamizol kiritish joyidan tez o’zlashadi, a’zolarda va to’qimalarda davolash kontsentratsiyasiga 30 daqiqa ichida yetadi va 6-9 soat davomida saqlanadi. Levamizol organizmdan asosan siydik bilan chiqariladi. Gelmintlarga qarshi ta’siridan tashqari, levamizol gidroxlorid hayvonlarning immunitetiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. U qon zar-dobining bakteritsid faolligini, leykotsitlarning fagotsitar faolligini, immunoglobulinlar miqdorini, T-limfotsitlar miqdorini oshiradi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Hayvonlar preparatning terapevtik dozalarini yaxshi ko’taradi. Levamizolga yuqori individual sezgirlik bo’lganda, ba’zi hayvonlarda qo’zg’aluvchanlik, so’lak oqishining kuchayishi, ich ketishi va tez-tez siyish, ataksiya kuzatiladi. Ushbu belgilar, odatda, o’z-o’zidan, terapevtik dorilar qo’llanmagan holda o’tib ketadi. Levamizol bilan zaharlanishda zaharni kesuvchi vosita atropinni qo’llanishi bo’yicha yo’riqnomaga muvofiq qo’llash lozim. MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparat bilan gelmintsizlashtirilmaydi: - kuchsizlangan, holsiz, yuqumli kasalliklarga uchragan hayvonlar; - jigar va buyrak kasalliklariga uchragan hayvonlar; - homiladorlikning oxirgi uchdan bir qismida va tuqqanidan keyin 2 hafta davomida hayvonlar; - vazni 10 kg dan oshmagan yosh hayvonlar. Bundan tashqari, preparatni fosfororganik preparatlar, pirantel, morantel, fenotiazin, levomitsetin (xloramfenikol) qo’llanishidan avval va keyin 10 kun davomida qo’llash mumkin emas. MAHSUS KO’RSATMALAR: Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval har bir preparat partiyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka davomida asoratlar bo’lmaganda, barcha mollarga dori berish boshlanadi. KUTISH DAVRI: Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni qo’llashdan keyin kamida 7 sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Levamizol bilan ishlov berilgan sog’iladigan hayvonlardan olingan sutni gelmintsizlashtirishdan keyin 48 soat davomida oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Bunday sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatilishi mumkin. UMUMIY MA’LUMOTLAR: «Levamizol-75» – imidazotiazol guruhidagi gelmintlarga qarshi preparat, hayvonlarning gelmintlarini qirish uchun. QADOQLANISHI: 100 ml. li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat ehtiyotlik bilan, zavod o’ramida, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil. 12 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida 13 QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: Preparat yirik qoramol, qo’ylar, echkilarni gelmintsizlashtirish uchun quyidagi kasalliklarda qo’llanadi: - fastsiolyoz, dikrotsiolyoz, moniyezioz, diktiokaulyoz, ostertagioz, gemonxoz, trixostrongilyoz, kooperioz, ezofagostomoz, edemagenoz; Preparat shuningdek yirik qoramolga gipodermatozda, qo’ylarga oestroz va psoroptozda ishlov berish uchun qo’llanadi. 1 g preparat tarkibi: Albendazol 50 mg/100mg Klozantel 50 mg/100mg
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling