Preparatlar katalogi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- GENTAMITSIN 4%
- GENTAMITSIN 10%
- VETILOZIN 50; 200
- Hayvonlar turi Preparatlarning dozasi
- OKSITETRATSIKLIN 100
METSALBEN 2,5%; 10% Og’iz orqali ichish uchun suspenziya QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Preparat og’iz orqali ichish uchun, bir marotaba, individual tarzda, doza beruvchi to’pponcha yoki boshqa doza berish moslamalari yordamida, yoki yem bilan aralashtirib beriladi. Yirik qoramolga: nematodozlarda va dikrotseliozda Metsalben 2,5% suspenziyasi hayvonning 10 kg tana vazniga 3 ml dozasida, Metsalben 10% suspenziyasi - hayvonning 40 kg tana vazniga 3 ml dozasida qo’llanadi; fastsiolyozda Metsalben 2,5% suspenziyasi hayvonning 10 kg tana vazniga 4 ml dozasida, Metsalben 10% suspenziyasi - hayvonning 40 kg tana vazniga 4 ml dozasida qo’llanadi. Mayda shoxli molga: nematodozlarda, dikrotseliozda, moniyeziozda Metsalben 2,5% suspenziyasi hayvonning 10 kg tana vazniga 2 ml dozasida, Metsalben 10% suspenziyasi - hayvonning 40 kg tana vazniga 2 ml dozasida qo’llanadi; fastsiolyozda, mos holda, hayvonning 10 kg tana vazniga 3 ml dozasida, va 40 kg tana vazniga 3 ml dozasida qo’llanadi.
paraskaridoz, strongilyatoz, alfortioz, delafondioz, anoplotsefalyoz va siatostomozlarda Metsalben 10% suspenziyasi hayvonning 100 kg tana vazniga 7,5 ml dozasida qo’llanadi. Cho’chqalarga: Metsalben 2,5% suspenziyasi hayvonning 10 kg tana vazniga 2-4 ml dozasida, Metsalben 10% suspenziyasi - hayvonning 40 kg tana vazniga 2-4 ml dozasida qo’llanadi. Qo’llashdan avval suspenziyani yaxshilab chayqatish lozim. Antiparazitar preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Albendazol keng doiradagi ta’sir ko’rsatuvchi antigelmintik vosita bo’lib, yetilgan va yetilmagan nematodalar va sestodalar, shuningdek yetilgan trematodalar va ularning tuxumlariga nisbtatan faol ta’sir ko’rsatadi. Preparat tarkibiga kiruvchi albendazolning ta’sir etish mexanizmi gelmintlarning uglevod almashinuvini buzishdan iborat, bu ularning o’limiga va hayvonning organizmidan chiqarilishiga olib keladi. Ovotsid ta’siriga ega bo’lgan preparat yaylovlarning gelmintlar yuqishini kamaytiradi. «Metsalben 2,5%» va «Metsalben 10%» suspenziyalari organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra mo’tadil darajada xavfli moddalarga kiradi. Tavsiya etilgan dozalarda hayvonlarga salbiy ta’sir etmaydi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo’llangan holda, nojo’ya ta’sir etishi qayd etilmagan. MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatni qo’llash o’tkir fastsiolyoz holatida, hayvonlarni qochirish davrida, yuqumli kasalliklari bo’lgan va holsizlangan hayvonlar, shuningdek qo’ylar, echkilar va cho’chqalar uchun homiladorligining birinchi yarmisida, sigirlar va otlar uchun homiladorligining birinchi uchdan bir qismida ruxsat etilmaydi. MAHSUS KO’RSATMALAR: Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval preparatning har bir partiyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) avvaldan sinaladi. 3 sutka davomida asoratlar bo’lmaganda, barcha mollarga dori berish boshlanadi. KUTISH DAVRI: Yirik qoramol, otlar va cho’chqalarni go’sht olish uchun so’yish preparatni qo’llashdan keyin kamida 14 kun, qo’ylar va echkilarni – 10 kun o’tganidan so’ng, sigirlarning sutini oziq-ovqat maqsadida ishlatish – 3 sutkadan keyin, qo’ylar va echkilar sutini – 4 sutkadan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti va olingan sutini yem berish uchun ishlatilishi mumkin. EHTIYOT CHORALARI: Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak. Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi. Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim.
Preparatning idishini boshqa maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Hayvonlarning gelmintlarini qirish uchun antigelmint vosita. Ta’sir etuvchi moddasi albendazol. QADOQLANISHI: 1000 ml li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparatni ehtiyotlik bilan, zavod o’ramida, quruq, qorong’i joyda, +25°C dan oshmagan haroratda saqlash lozim. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan kundan boshlab - 3 yil.
26 27 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: Gentamitsinning 4% eritmsi yirik qoramol va mayda shoxli mol, otlar, cho’chqalar, itlar, mushuklarga respirator va oshqozon-ichak kasalliklarini, sepsis, peritonit, piyelonefrit, artritlar, poliartritlar, dermatitlar (itlarda) va gentamitsinga sezgir mikroorganizmlar bilan qo’zg’atilgan boshqa hayvonlar kasalliklarini davolash uchun qo’llanadi. 1 ml preparat tarkibi: Gentamitsin 40 mg
Inyeksiya uchun eritma QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Preparat mushakning ichiga quyidagi dozalarda kiritiladi: - yirik qoramol, mayda shoxli mol (qo’ylar, echki), otlar va
hayvonning 10 kg tana vazniga 0,5-0,75 ml eritma (1 kg tana vazniga 2-3 mg gentamitsin) kuniga ikki marta,
birinchi kuni – hayvonning 10 kg tana vazniga 1,0 ml eritma kuniga ikki marta (1 kg vazniga 4 mg gentamitsin); ikkinchi va undan keyingi kunlari – hayvonning 10 kg tana vazniga 1,0 ml eritma kuniga bir marta. Yangi tug’ilgan hayvonlarga hayotining birinchi kunlarida tavsiya etilgan dozaning faqat yarmisi beriladi. Davolash kursi 3 – 5 kun. Antibakterial preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Gentamitsin keng doirali mikroblarga qarshi ta’siriga ega, penitsillinlarga va boshqa antibiotiklarga chidamli stafilokokklarning shtammlariga nisbatan; ba’zi streptokokklar shtammlari, ko’pgina gram-manfiy mikroorganizmlarga (ko’k yiring tayoqchasi, klebsiyella, enterobakter, salmonellalar, shigellalar, protey) nisbatan yuqori samarali ta’sir etadi. Antibiotik anaerob bakteriyalarga, viruslarga, eng sodda hayvonlarga va zamburug’larga ta’sir etmaydi. Preparat yuqori bioo’zlashuvchanlikka ega. Mushak ichiga kiritilganda ko’pgina a’zolarga va to’qimalarga yaxshi kirib o’zlashadi. Preparatning qondagi maksimal konsentratsiyasiga kiritishdan keyin 30-60 daqiqa o’tganda erishiladi. Bir martalik inyektsiyadan keyin antibiotikning organizmdagi davolaydigan konsentratsiyasi 8-12 soat davomida saqlanadi. Organizmdan asosan buyrak bilan chiqariladi, siydikda yuqori konsentratsiyasi hosil bo’ladi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Sezgir hayvonlarda allergik reaksiyalar bo’lishi mumkin (teri toshmalari, qichishish, bezgak). Preparat ototoksik va nefrotoksik ta’siriga ega. Preparatni uzoq qo’llash eshitish a’zolari va sakkizinchi miya nervining funksiyalari buzilishiga sabab bo’lishi mumkin (itlar va mushuklarda), shuningdek homilaga zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin. MAN ETILGAN HOLATLAR: Buyrak funksiyasining buzilishi, gentamitsinga o’ta sezgirlik, boshqa nefrotoksik preparatlar, miorelaksantlar va ba’zi umumiy anestetiklar bilan bir vaqtda qo’llash, gentamitsinga o’ta sezgirlik. Gentamitsinni penitsillinlar, ba’zi sefalosporinlar, boshqa aminoglikozid antibiotiklar (kanamitsin, neomitsin, streptomitsin), xloramfenikol, kolistin, polimiksin, sulfanilamidlar bilan bir vaqtda qo’llash mumkin emas. MAHSUS KO’RSATMALAR: Gentamitsin 4% eritmasini boshqa dori preparatlari bilan bitta shpritsda aralashtirish mumkin emas. Gentamitsin 4% eritmasini antibiotik-aminoglikozidlarga yuqori sezgirlik bo’lganda va homiladorlik paytida ehtiyotlik bilan qo’llash lozim. KUTISH DAVRI: Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 21 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Inyeksiya joyi va buyrak oziq-ovqat maqsadlari uchun 45 kun davomida ishlatilmaydi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Preparat qo’llanilgan hayvonlardan olingan sutni kishilarga ovqat maqsadlari uchun preparatni qo’llash to’xtatilganidan keyin 3 kun davomida ishlatish taqiqlanadi. Bunday sutni hayvonlarni oziqlantirish uchun ishlatilishi mumkin. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolash uchun antimikrob vosita. Faol moddasi - gentamitsina sulfat. QADOQLANISHI: 50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
28 29 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: Gentamitsinning 10% eritmsi yirik qoramol va mayda shoxli mol, otlar, cho’chqalar, itlar, mushuklarga respirator va oshqozon-ichak kasalliklarini, sepsis, peritonit, piyelonefrit, artritlar, poliartritlar, dermatitlar (itlarda) va gentamitsinga sezgir mikroorganizmlar bilan qo’zg’atilgan boshqa hayvonlar kasalliklarini davolash uchun qo’llanadi. 1 ml preparat tarkibi: Gentamitsin 100 mg
Inyeksiya uchun eritma QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Preparat mushakning ichiga quyidagi dozalarda kiritiladi: - yirik qoramol, mayda shoxli mol (qo’ylar, echki), otlar va cho’chqalar: hayvonning 10 kg tana vazniga 0,2 ml eritma (1 kg tana vazniga 2 mg gentamitsin) kuniga ikki marta,
birinchi kuni – hayvonning 10 kg tana vazniga 0,4 ml eritma kuniga ikki marta (1 kg vazniga 4 mg gentamitsin); ikkinchi va undan keyingi kunlari – hayvonning 10 kg tana vazniga 0,4 ml eritma kuniga bir marta. Yangi tug’ilgan hayvonlarga hayotining birinchi kunlarida tavsiya etilgan dozaning faqat yarmisi beriladi. Davolash kursi 3 – 5 kun. Antibakterial preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Gentamitsin keng doirali mikroblarga qarshi ta’siriga ega, penitsillinlarga va boshqa antibiotiklarga chidamli stafilokokklarning shtammlariga nisbatan; ba’zi streptokokklar shtammlari, ko’pgina gram-manfiy mikroorganizmlarga (ko’k yiring tayoqchasi, klebsiyella, enterobakter, salmonellalar, shigellalar, protey) nisbatan yuqori samarali ta’sir etadi. Antibiotik anaerob bakteriyalarga, viruslarga, eng sodda hayvonlarga va zamburug’larga ta’sir etmaydi. Preparat yuqori bioo’zlashuvchanlikka ega. Mushak ichiga kiritilganda ko’pgina a’zolarga va to’qimalarga yaxshi kirib o’zlashadi. Preparatning qondagi maksimal konsentratsiyasiga kiritishdan keyin 30-60 daqiqa o’tganda erishiladi. Bir martalik inyeksiyadan keyin antibiotikning organizmdagi davolaydigan konsentratsiyasi 8-12 soat davomida saqlanadi. Organizmdan asosan buyrak bilan chiqariladi, siydikda yuqori konsentratsiyasi hosil bo’ladi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Sezgir hayvonlarda allergik reaksiyalar bo’lishi mumkin (teri toshmalari, qichishish, bezgak). Preparat ototoksik va nefrotoksik ta’siriga ega. Preparatni uzoq qo’llash eshitish a’zolari va sakkizinchi miya nervining funksiyalari buzilishiga sabab bo’lishi mumkin (itlar va mushuklarda), shuningdek homilaga zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin. MAN ETILGAN HOLATLAR: Buyrak funksiyasining buzilishi, gentamitsinga o’ta sezgirlik, boshqa nefrotoksik preparatlar, miorelaksantlar va ba’zi umumiy anestetiklar bilan bir vaqtda qo’llash, gentamitsinga o’ta sezgirlik. Gentamitsinni penitsillinlar, ba’zi sefalosporinlar, boshqa aminoglikozid antibiotiklar (kanamitsin, neomitsin, streptomitsin), xloramfenikol, kolistin, polimiksin, sulfanilamidlar bilan bir vaqtda qo’llash mumkin emas. MAHSUS KO’RSATMALAR: Gentamitsin 10% eritmasini boshqa dori preparatlari bilan bitta shpritsda aralashtirish mumkin emas. Gentamitsin sulfat 10% inyeksiyalar uchun eritmasini antibiotik-aminoglikozidlarga yuqori sezgirlik bo’lganda, buyrak funksiyasining og’ir buzilishlari, uremiya va homiladorlik paytida ehtiyotlik bilan qo’llash lozim. KUTISH DAVRI: Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 21 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Inyeksiya joyi va buyrak oziq-ovqat maqsadlari uchun 45 kun davomida ishlatilmaydi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Preparat qo’llanilgan hayvonlardan olingan sutni kishilarga ovqat maqsadlari uchun preparatni qo’llash to’xtatilganidan keyin 3 kun davomida ishlatish taqiqlanadi. Bunday sutni hayvonlarni oziqlantirish uchun ishlatilishi mumkin. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolash uchun antimikrob vosita. Faol moddasi - gentamitsina sulfat. QADOQLANISHI: 50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil. 30 31 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: Preparatlar yirik qoramol va mayda shoxli mollarda, cho’chqalar, itlar va mushuklarda respirator kasalliklarda (rinitlar, tonzillitlar, laringitlar, bronxitlar, pnevmoniya va hokazo kasalliklarda); yirik qoramolda mastitlarda; cho’chqalarning enzootik pnevmoniyasi, artritlari, dizenteriyasi, atrofik rinitlari va yolin kasalliklari holatida; qo’ylar va echkilarning yuqumli sutsizligida (agalaktiya), yirik qoramol va mayda shoxli mollarda kampilobakterioz (vibrioz) holatida; panaritsiylar, bakterial kelib chiqishdagi otitlarda va yuqtirilgan yaralarda; buzoqlar va sigirlarning yuqumli kon’yunktivitlarida, shuningdek virusli kasaliklarda ikkilamchi bakterial yuqumli kasalliklar holatida davolash vositasi sifatida qo’llanadi. 1 ml preparat tarkibi: Tilozin
50mg/200 mg VETILOZIN 50; 200 Inyeksiya uchun eritma QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Preparatlar hayvonlarda mushak ichiga, sutkasiga 1 marta, 3 kun davomida quyidagi dozalarda qo’llanadi (hayvonlarning 1 kg tana vazniga hisobida):
Vetilozin-50 (ml/kg) Vetilozin-200 (ml/kg) Yirik qoramol 0,8-2,0 0,2-0,5
Qo’ylar, echkilar 1,0-2,0
0,25-0,5 Cho’chqalar 0,4-2,0 0,1-0,5
Itlar va mushuklar 0,4-2,0
0,1-0,5 Antibakterial preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Tilozin ko’pchilik gram-musbat va ba’zi gram-manfiy bakteriyalar, shu jumladan streptokokklar, leptospiralar, korinebakteriyalar, klostridiyalar, erizipelotrikslar, pasterellalar, xlamidiyalar, xiodizenteriya treponemalari, spiroxetalar va mikoplazmalarga nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi. Mushak ichiga kiritilganda antibiotik organizm bo’ylab tez tarqaladi va kiritilganidan keyin taxminan 1 soat o’tganda to’qimalar ichida maksimal konsentratsiyalariga yetadi. Antibiotikning to’qimalar ichidagi davolovchi miqdori darajasi kamida 20 soat davomida saqlanadi. Organizmdan asosan siydik bilan, emizuvchi hayvonlarda esa sut bilan birga ham chiqariladi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Kamdan-kam hollarda cho’chqalarda eritema, qichishish, respirator alomatlari, yengil shishlar va to’g’ri ichakning ozgina chiqib qolishi shaklidagi allergik reaksiyalar bo’lishi mumkin, ular preparatni qo’llash to’xtatilganidan keyin tez o’tib ketadi. Yirik qoramolning nafas olishi va tomir urishi tezlashishi mumkin. MAN ETILGAN HOLATLAR: Tilozinning kuchli ifodalangan antibakterial ta’siri tufayli, preparatni penitsillin bilan (ayniqsa ampitsillin va oksatsillin bilan), sefalosporinlar va linkomitsin bilan bir vaqtda qo’llash, shuningdek preparatning tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik bo’lganda, qo’llash tavsiya etilmaydi. Preparatni otlar uchun qo’llanishi tavsiya etilmaydi. MAHSUS KO’RSATMALAR: Qo’ylar, echkilar va cho’chqalarga bir joyda 5 ml dan ortiq, yirik qoramolga esa 10 ml preparatdan ortiq kiritish, shuningdek bitta shpritsning ichida boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi. Vazni 80 kg dan ortiq bo’lgan yirik qoramolni, vazni 10 kg dan ortiq bo’lgan boshqa hayvonlarni davolash uchun Vetilozin-50 dan foydalanish maqsadga muvofiq emas. KUTISH DAVRI: Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni kiritish to’xtatilganidan keyin 8 sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun, go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Davolash davrida va preparatni oxirgi kiritishdan keyin 4 sutka o’tishidan avval hayvonlardan olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Bunday sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatilishi mumkin. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolash uchun vosita. Faol moddasi tilozin. QADOQLANISHI: 50 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparatlar ehtiyotlik bilan quruq, qorong’i joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil. 32 33 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Oksitetratsiklin-100 quyidagi kasalliklarda qo’llanadi: - yirik qoramol (katta hayvonlar va yosh hayvonlar): pnevmoniya, mastit, pasterellyoz, plevrit, buzoqlar bo’g’masi, tuyoq chirishi, keratokonyunktivit, yarali yuqumli kasalliklar, anaplazmoz, virusli kasalliklarda ikkilamchi yuqumli kasalliklar. -
mastit agalaktiya sindromi, yiringli artrit, kindik sepsisi, abstsess, yarali va tug’ruqdan keyingi yuqumli kasalliklar, virusli kasalliklarda ikkilamchi yuqumli kasalliklar. -
kasalliklar, echkilar pnevmoniyasi. 1 ml preparat tarkibi: Oksitetratsiklin 100 mg
Inyeksiya uchun eritma QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Tanlangan davolash sxemasiga qarab, antibiotikning terapevtik konsentratsiyasi 24 yoki 48 soat davomida saqlanadi (uzaytirilgan ta’siri). Davolash quyidagi sxemalardan biri bo’yicha o’tkazilishi mumkin: - 24 soatlik sxema: preparat mushak ichiga (sekin!) sutkasiga bir marta, hayvonning 10 kg tana vazniga 0,3-0,8 ml hisobidan kiritiladi. Davolashning davomiyligi - 3-7 kun; - 48 soatlik sxema: preparat mushak ichiga hayvonning 10 kg tana vazniga 1,0- 2,0 ml hisobidan kiritiladi. 48 soatdan keyin inyeksiya qaytariladi. Davolash kursi 3-4 ta kiritishdan iborat. Hayvonlar turi Hayvonning 10 kg tana vazniga bir marotabalik dozasi 24 soatlik sxema 48 soatlik sxema Yirik qoramol 0,3-0,5 1,0
Buzoqlar 0,8
2,0 Qo’ylar va qo’zichoqlar 0,8 2,0
Cho’chqalar 0,5
1,0 Cho’chqachalar 0,8 2,0
1 ta inyeksiya joyiga kiritiladigan preparatning maksimal hajmi yrik qoramol uchun 20 ml, cho’chqalar uchun 5-10 ml, qo’ylar va echkilar uchun 5 ml dan oshmasligi lozimligini inobatga olgan holda, preparatning talab etiladigan dozasini tananing bir nechta joylariga kiritish lozim. Antibakterial preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Oksitetratsiklin bakteriostatik ta’sir etuvchi antibiotikdir. Preparatda oksitetratsiklin magniy bilan birikma holatida bo’lib, bu uning uzoq muddatli (uzaytirilgan) ta’sirini belgilab beradi. Preparat tarkibiga kiruvchi oksitetratsiklin aminoatsil-tRNK ning ribosomalarning 30S-subbirligi bilan bog’lanishini bloklaydi va bakterial oqsilning sintezini ingibirlaydi. Ta’sir qilish doirasi gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarning ko’pchiligini qamrab oladi, ya’ni: streptokokklar, stafilokokklar, korinebakteriyalar, klostridiyalar, erizipelotrikslar, pasterellalar, fuzobakteriyalar, salmonellalar, psevdomonadalar, gemofiluslar, antinobakteriyalar, shigellalar, esherixiyalar, xlamidiyalar, rikketsiyalar, spiroxetalar va mikoplazmalar. Mushak ichiga kiritilganda antibiotik inyeksiya joyidan tez so’riladi va kiritishdan keyin taxminan 30-50 daqiqadan so’ng to’qimalarda maksimal konsentratsiyalarga erishadi. U hayvonning barcha a’zolariga va to’qimalariga kirib o’zlashadi, yo’ldosh to’sig’idan o’tadi. Organizmdan asosan siydik va o’t bilan, sut emizayotgan hayvonlarda esa sut bilan ham chiqariladi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Preparat kiritilishidan keyin eritema va qichishish shaklidagi mahalliy allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin, ular, odatda, davolashsiz tuzalib ketadi. MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatnig tarkibiy qismlariga individual o’ta sezgirlik. Kortikosteroidlar va estrogenlar bilan bir vaqtda qo’llash tavsiya etilmaydi. Antibakterial ta’siri sezilarli pasayishi tufayli, oksitetratsiklin penitsillin va sefalosporin qatorining antibiotiklari bilan bir vaqtda qo’llanmaydi. Preparat otlarga, itlarga, mushuklarga, shuningdek buyrak yetishmovchiligi bo’lgan boshqa hayvonlar turlariga, homilador hayvonlarga, yangi tug’ilgan hayvonlarga qo’llanishi mumkin emas. MAHSUS KO’RSATMALAR: Kuchli allergik reaksiya rivojlanganda kalsiy preparatlarini (xlorli kalsiy, kalsiy borglyukonat) tomir ichiga kiritish yoki antigistamin vositalarini (dimedrol) qo’llash lozim. KUTISH DAVRI: Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 21 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti bevosita hayvonlarga yedirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Preparat qo’llanilgan hayvonlardan olingan sutni ovqat maqsadlari uchun preparatni qo’llash to’xtatilganidan keyin 7 sutka davomida ishlatish kerak emas, lekin qaynatilanidan keyin u hayvonlarni oziqlantirish uchun ishlatilishi mumkin. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Antimikrob vosita. Ta’sir etuvchi moddasi oksitetratsiklin. QADOQLANISHI: 100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, yorug’likdan pana joyda, +4°C dan +20°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil. 34 35 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Oksitetratsiklin-200 quyidagi kasalliklarda qo’llanadi: Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling