Preparatlar katalogi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOLTROKS 2,5%
- SUPERKILLER Е
- BROMOLON KONSENTRAT 0,25%
AMPROVET 25% Kukuni
68 69 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Toltroks 2,5%» broylerlar, kurkalar, g’ozlar va o’rdaklarning koksidiozlarida, davolash-profilaktika maqsadida qo’llanadi. Preparat parrandalarga to’shamasida koksidiyalar miqdorining o’ta yuqori darajasiga yetganda (10 – 20 ming/g), shuningdek parrandalarda kasallikning klinik alomatlari paydo bo’lganda belgilanadi. 1 ml preparat tarkibi: Toltrazuril 25 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
«Toltroks 2,5%» ichimlik suvi bilan, quyida keltirilgan sxemalardan biriga muvofiq, qo’llanadi: a) ikki kun ketma-ket, parrandaning 1 kg tana vazniga 7 mg toltrazuril dozasida (parrandaning 100 kg tana vazniga 28 ml preparat), uning ekvivalent miqdori 1 l ichimlik suviga 1 ml preparat bo’lib, uni 48 soat davomida ichiriladi. b) 1 l ichimlik suviga 3 ml preparat bo’lib, uni parrandaga 8 soat davomida ikki kun ketma-ket ichiriladi.
Zarur bo’lganda, og’ir kasallik holatida, davolash kursi 5 kundan keyin takrorlanadi. Davolash eritmasi (preparat suv bilan aralashtirilganidan keyin) 48 soat davomida o’z faol ta’sirini saqlab qoladi. Eritmalarning 1 l ichimlik suviga 1 ml «Toltroks 2,5%» miqdorida va undan yuqoriroq konsentratsiyasida, ya’ni 1:1000 nisbatida, cho’kma tushishi mumkin. Cho’kma paydo bo’lsa, eritmani ishlatishdan avval yaxshilab aralashtirish lozim. Antiprotozoy preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Toltrazuril parrandalarda parazit sifatida yashovchi barcha koksidiyalarga nisbatan (E. acervulina, E. brunetti, E. necatrix, E. mitis, E. adenoides, E. meleagrimitis, E. anceris, E. truncata), shu jumladan boshqa koksidiyalarga qarshi preparatlarga chidamli shtammlarga nisbatan samarali ta’sir etadi. Preparatning tarkibiga kiruvchi toltrazuril eymeriyalarning hujayra ichidagi rivojlanishining barcha bosqichlariga koksidiotsid ta’sir ko’rsatadi. Toltrazuril organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra o’rtacha xavfli moddalarga kiradi (GOST 12.1.007-76 ga muvofiq 3-xavflilik sinfi), tavsiya etilgan dozalarda va ulardan 10 baravar yuqori dozalarda parrandalarda nojo’ya holatlarni va asoratlarni keltirib chiqarmaydi, va koksidiozga immunitetning shakllanishiga to’sqinlik qilmaydi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Tavsiya etilgan dozalariga va qo’llash sxemalariga rioya qilingan holda bo’lmaydi. MAN ETILGAN HOLATLAR: «Toltroks 2,5%» tuxum qo’yadigan tovuqlarga qo’llanishi mumkin emas. MAHSUS KO’RSATMALAR: «Toltroks 2,5%» parrandalar uchun yem qo’shimchalari, vitaminlar va boshqa dori vositalari bilan birgalikda qo’llanishi mumkin. KUTISH DAVRI: Parrandani go’sht uchun so’yish dori vositasini qo’llash to’xtatilganidan keyin kamida 8 kun o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan parrandaning go’shti go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. EHTIYOT CHORALARI: Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak. Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi. Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim. Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi. UMUMIY MA’LUMOTLAR: «Toltroks 2,5%» parrandalar koksidiozlarini davolash uchun mo’ljallangan. Ta’sir etuvchi moddasi toltrazuril hisoblanadi. Preparat rangsizdan och jigar ranggacha bo’lgan, suv bilan oson aralashtiriladigan shaffof suyuqlikdir. QADOQLANISHI: 1000 ml. li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat ehtiyotlik bilan, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
Og’iz orqali ichish uchun suspenziya 70 71 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Preparat yirik qoramol va mayda shoxli mol, otlar, cho’chqalar, uy hayvonlari va mo’ynali hayvonlar uchun qo’llanadi. TARKIBI. Massa ulushi: Polisulfid oltingugurt 2,5% Umumiy oltingugurt 5,0% QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat qo’tir kanalari tomonidan shikastlangan teri joylariga avvalgi tayyorgarlikdan so’ng (sovunli iliq suv bilan yuvish, qo’tirlarini olib tashlash) surtiladi. Ishlov berish ikki marta, 8-10 kundan keyin takrorlanadi.
Mayda hayvonlarga qo’tir holatida, avvalgi tayyorgarlikdan va qo’tirlarini olib tashlashdan so’ng, shikastlangan joyi yaxshilab moylanadi va 5-7 tomchi preparat kiritiladi, quloq ildizidan tepasigacha quloq chig’anog’i uqalanadi. Ishlov berish ikki marta, 7-10 kundan keyin takrorlanadi. Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va dezinfektantlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganda oltingugurt faol birikmaga aylanadi. Preparat teriiga surtilganidan keyin, molekulyar oltingugurt, oltingugurt vodorodi va oltingugurt angidridi hosil bo’ladi, ular akaritsid, antiseptik ta’sir ko’rsatadi va terining retseptorlarini achishtiradi. Oltingugurtning qo’tirga qarshi ta’siri uning akaritsid ta’siri va qisman achishtiruvchi ta’siri borligi bilan izohlanadi. Teri retseptorlarini achishtirish tufayli epidermis sho’ralab tushadi, moddalar almashinuvi ancha yaxshilanadi va kanalar ketkaziladi. Preparatning eng samarali ta’siri optimal namlik bo’lganda va +30°C haroratida kuzatiladi. Havoning yuqori namligida oltingugurt angidridging bir qismi sulfat kislotaga aylanadi, u hayvonlar terisini kuchli achishtirib, kananing xitin qoplamasi orqali kam o’tadi, shu sababli preparatning akaritsid ta’siri kamayadi. Polisulfon Sarcoptes, Psoroptes, Otodectes turidagi qo’tir kanalariga qarshi akaritsid ta’siriga ega. MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud emas. KUTISH DAVRI: Ishlov berilgan hayvonlarning go’shti va suti cheklashsiz ishlatiladi. EHTIYOT CHORALARI: Preparat teriga yoki ko’z shilliq pardasiga tekkanda, uni ko’p suv miqdori bilan yuvish kerak. Preparat bilan ishlash tugaganidan keyin yuzi va qo’lini iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Polisulfon - majmuiy akaritsid preparat bo’lib, hayvonlar qo’tirini davolash va profilaktika qilish uchun suvli eritma. QADOQLANISHI: 100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparatni ehtiyotlik bilan, yorug’likdan pana joyda, 4°C dan + 20°C gacha haroratda saqlash lozim. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil. POLISULFON Eritma
72 73 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Yirik qoramol, otlar, tuyalar, qo’ylar, echki va cho’chqalarning yaylov kanalariga qarshi, qo’tir kanalariga qarshi, pashshalarni yo’q qilish uchun qo’llaniladi. TARKIBI.
Sipermetrin 20% QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Yirik qoramol, otlar, tuyalar, qo’ylar, echki va cho’chqalarning yaylov kanalariga qarshi kurash uchun, 15 ml «Superkiller-E» preparatining 18 l suvga nisbatida ish emulsiyasi tayyorlanadi. Hayvonlarga teri-tuk qoplamasining to’liq namlanmaguncha sepiladi. Hayvonlarga takroriy ishlov berish kanalar hujum qiladigan mavsum tugaguncha 3 hafta oralig’ida o’tkaziladi. Qo’tir kanalariga qarshi kurash uchun yirik qoramol, otlar, tuyalar va cho’chqalarga 75 ml «Superkiller-E» preparati 400 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi sepiladi. Qo’ylar va echkilarni qo’tir profilaktikasi maqsadida va kasallikka gumon qilinganda, 75 ml «Superkiller-E» preparati 830 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi sepiladi yoki 30 soniyadan 1 daqiqagacha unda cho’miltiriladi. Vanna 75 ml preparat 622 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi bilan to’ldiriladi. Qo’tir kanalari yuqishining og’ir holatlarida hayvonlarga 75 ml preparat 500 l suvga nisbatida tayyorlangan ish emulsiyasi sepiladi yoki unda cho’miltiriladi, hayvonning butun tanasi ish emulsiyasiga 30 soniyadan 1 daqiqagacha botiriladi. Bunda vanna 75 ml preparati 375 l suvda suyultirilib, ish emulsiyasi bilan to’ldiriladi. Zarur bo’lganda ishlov berish 10 kundan keyin takrorlanadi. Pashshalarni yo’q qilish uchun 50 ml preparat 10 l suvda suyultiriladi, chivinlarni yo’q qilish uchun - 50 ml preparat 20 l suvda suyultiriladi va ularning yig’iladigan joylariga tanlab sepiladi. Molboqarlik xonalarida kanalarni yo’q qilish uchun ularni 50 ml preparatni 10 l suv bilan suyultirib, ish emulsiyasi bilan ishlov berish lozim. Xonalarga dori 1 m2 ishlov beriladigan yuzaga 200 ml ish emulsiyasi hisobidan sepiladi. Ishlov berishdan 2,5-3 soat o’tganda yem oxurlari va ichish moslamalari 3% kaltsiyli soda eritmasi bilan dezaktivatsiya qilinadi. Hayvonlar ishlov berilgan xonalarga dezakarizatsiya o’tkazilganidan keyin kamida 3-4 soat o’tganidan keyin joylashtiriladi. Xonalarni dezakarizatsiya qilishda, kanalardan tashqari, bitlar, burgalar, pashsha va chivinlar, shunigdek suvaraklar, o’rgimchaklar va boshqa hasharotlar o’ladi. Hayvonlarga «Superkiller-E» preparatining suvli eritmalari (ish emulsiyalari) sepish yo’li bilan ishlov beriladi, buning uchun turli sepish uskunalari - DUK, VDM, ODN va 2,5-3 atm. lik suyuqlik bosimini ta’minlaydigan boshqa mexanizmlar, shuningdek statsionar dush kameralari ishlatiladi. Ish emulsiyasining harorati 15-25°C doirasida, hayvonlarga ishlov berish paytida havo harorati esa kamida 10°C bo’lishi kerak. Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va dezinfektantlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Preparatning komponentlari hasharotlarning nerv membranalariga ta’sir etadi, ionli kanallarni bloklaydi, va shu bilan nerv impulslarining normal o’tkazuvchanligiga to’sqinlik qiladi. Preparatning yog’li emulsiyasi ta’sir etuvchi moddaning tez ichiga kirishiga yordam beradi, bu esa parazitlarning o’limiga olib keladi. Preparat saqlashda barqaror bo’ladi, suv bilan yaxshi emulsilanadi va och sut rangli emulsiyani hosil qiladi. Yaylov va qo’tir kanalari, bitlar, burgalar, pashsha va chivinlarning tuxumlari, lichinkalari va yetilgan hasharotlarga nisbatan faol bo’ladi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Hayvonlar zaharlangan holda (holsiz holati, so’lak oqishi, tez-tez siyish, nerv buzilishlarining alomatlari) teri ostiga quyidagi antidotlar kiritiladi: 1% atropin, 100 kg tirik vazni hisobiga 1 ml dozasida. Agar intoksikatsiya alomatlari o’tib ketmasa, atro-pin takroran xuddi shu dozada kiritiladi. KUTISH DAVRI: Hayvonlarni go’sht uchun so’yish ishlov berishdan 10 sutkadan keyin, sutdan oziq-ovqat maqsadida foydalanish - 2 sutkadan keyin ruxsat etiladi. EHTIYOT CHORALARI: Preparat bilan ishlash maxsus kiyimda, rezina qo’lqopda, etikda bajarilishi kerak. «A» rusumli qutichali protivogazlar yoki F-62M, Astra-2, Lepestok-5, Lepestok-40, Lepestok-200 respiratorlaridan majburiy tartibda foydalanish lozim. Preparat bilan ishlash paytida chekish, ichish va ovqat yeyish taqiqlanadi. Ishlar tugaganda qo’llarni sovunli iliq suv bilan yuvish va og’iz bo’shlig’i va burunni chayqash lozim. Bo’shagan idishlarni yondirish yoki yerga ko’mish kerak. Preparat ko’zga tekkanda ularni suv yoki osh sodasining 2% eritmasi bilan yuvish lozim. Ko’zning shilliq pardasi achishishi paydo bo’lganda 30% albutsid, ko’z og’riganda - 2% novokain tomiziladi. Preparat bilan ishlovchilarda zaharlanish alomatlari paydo bo’lganda (bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, ko’p so’lak oqishi, ko’z yoshi oqishi) ishni to’xtatish, jabrlanganlarni xonadan chiqarib olish, maxus kiyimlar va himoya moslamalarini yechish, yuzi va qo’lini sovunli suv bilan yuvish va tibbiy yordam uchun murojaat qilish lozim. Maxsus antidotlar: atropin sulfat, dietiksim, 2-PAM. UMUMIY MA’LUMOT: «Superkiller-E» (20% kontsentratsiyali emulsiya) - piretroidli insekto-akaritsid preparatdir. QADOQLANISHI: 1000 ml li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat ehtiyotlik bilan zavod o’ramida, ombor xonalarida, oziq- ovqat mahsulotlari va yemlardan alohida, ochiq alanga manbalari va isitish asboblaridan uzoqda, xona haroratida saqlanishi lozim. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
Eritma
74 75 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
ularni deratizatsiya faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega tashkilotlarning veterinariya nazorati personali tomonidan qo’llanilishi uchun mo’ljallangan. Ushbu konsentrat asosidagi achchiqrok ta`mning mavjudligi em bo’lib xizmat qiladigan ozuqani qushlar tomonidan yeyilishining oldini oladi, bu esa insonlar va jonivorlarning tasodifiy zaharlanish xavfini pasaytiradi. Bo’yoq jalb etuvchi emni tayyorlash asosi sifatida qo’llaniluvchi ozuqa mahsulotini bo’yashda foydalaniladi. Vosita asosida tayyorlangan ozuqaviy jalb etuvchi emlar ogohlantiruvchi rangda bo’lib, kalamush va sichqonlarga nisbatan yuqori rodentitsid faollikka ega. Zaharlangan ozuqani iste`mol qilgandan so’ng kemiruvchilar yuqori me`yor (o’lim dozasi) ga bir ikki kunda etadilar. TARKIBI. Bromodialon 0,25% ZAHARLANGAN YEMLARNI QO’LLASH
Zaharli yemlarni, kemiruvchilarning, oldindan yashash muhiti ma`lum bo’lgan joylarga yoki ularning yashash izlari aniqlangan joylarga (kemirilgan joylar, ahlati bor joylar) joylashtiriladi. Zaharli yemlarni maxsus idishlar (tuzoq qutisi, drinaj trubalar, quticha va boshqalar) ichida quruq pana joylar (shkaf, uskunalar va boshqalar) ostiga, maxsus konteynerlarga teriladi. Aytib o’tilganlarning oxirgisi afzalroq, negaki yemning yeyilishi ortadi va uning kemiruvchilar tomonidan tashib ketilishiga qarshilik ko’rsatadi, shuningdek boshqa hayvon va qushlarni yem turgan joyga kirishini qiyinlashtiradi.
Zaharli yemni 50-100 g dan kalamushlarga, sichqonlarga esa 10-20 g dan terib chiqiladi. Kemiruvchilarning ivirtisilganiga va ko’pligiga qarab zaharli yemlarni bir biridan 2-15 m masofa oralig’ida terib chiqiladi. Sichqonlarga, yemning porsiyasi kalamushlarinikiga nisbatan kichkina bo’lganligi sababli, tez-tez oraliqda terib chiqiladi.
Zaharli yemni terib chiqqandan keyin 1-2 kun o’tgandan so’ng bir marotaba qaraladi va keyinchalik har 1 haftada ko’zdan kechirib turiladi. Chala yoki butunlay yem bo’lgan zaharli yemni o’sha miqdorda yoki porsiyani ikki barobarga ko’paytirib qaytadan terib qo’yiladi. Bir haftadan ortiq teginilmagan porsiyalarni kemiruvchilar mavjud joylarga ko’chiriladi. Ifloslangan yoki buzilgan yemlarni yangi yemlarga almashtiriladi. Ish kemiruvchilarning butunlay yuqolganiga qadar davom etadi.
Kemiruvchilar jasadining ikkilamchi zaharlanishini oldini olish maqsadida ularni muntazam (ishlarning tugatilishiga qadar) terib olib ko‘mish yoki yoqib yuborish kerak.
Ishlar tugatilgandan so’ng yemning qoldigi va yem idishlarini qayta ishlatish uchun (agar bunga yaroq bo‘lsa) yoki ko’mish uchun terib olinadi.
Zaharli yemlarni, kemiruvchilarni qaytadan paydo bo’lishini yoki ularning taxminiy joylarda sonining ko’payishini oldini olish uchun, ularning yashash va ko’chishi qulay bo’lgan joylarga qoldirilishi mumkin. Bu holatda, zaharli yemlarni maxsus idishlarga(konteynerlarga) terib chiqiladi va kamida har 2 oy mobaynida kuzatib turiladi. Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va dezinfektantlar TOKSIKOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Bromadiolon faol moddasi GOST 12.1.007-76 bo’yicha o’ta xavfli moddalar 1 sinfiga mansub. LD50 ni kalamushlar oshqozoniga kiritish miqdori 1,125 mg/kg ni tashkil etadi. LD50 ni quyonlar terisiga surilgandagi miqdori 400 mg/kg ni tashkil etadi va xavfliligi bo’yicha II sinfga mansub bo’ladi. Qaytalama foydalanilganda yaqqol kumulyativ ahamiyat (Kkum. < 1) kasb etadi. Teri rezorbtiv ahamiyatiga ega, mahalliy qo’zg’atuvchilik xususiyati sustroq namoyon bo’ladi. Ishchi hudud havosidagi bromadiolon OBUVining 0,001 mg/m3 (aerozol) miqdori xavflilikning 1 sinfiga mansub bo’lib, “teri qoplamlarini muhofazalash talab etiladi» belgisi mavjud bo’lishi kerak.
«0,25% li bromolon-konsentrat» vositasi sichqon va kalamushlarning oshqozoniga kiritilishining o’tkir zaharliligi ko’rsatkichiga ko’ra, rodentitsidlarning xavfliligi va zaharliligi Tasnifiga ko’ra 3 sinf - me`yorda xavfli moddalar guruhiga, teriga surilganda 4 sinf - kam zaharli moddalar turkumiga kiradi. To’yintiruvchi kontsentratsiyalaridagi vosita juftlari ingalyatsion xavfga ega emas va uchuvchanlik darajasiga kura IV sinf xavflilik sinfiga mansub. Vosita yaqqol kumulyativ ta`sirga ega: (Kkum.< 1); bir yoki ko’p karra teriga ta`sir ko’rsatganda hech qanday mahalliy qo’zg’atuvchi ta`sirga ega emas, xuddi shunday ko’zning shilliqqavatiga nisbatan ham; teriga nisbatan qayta qo’llanganda tariga yaqqol rezorbtiv ta`sirga ega.
zaharlangan yemlarni tayyorlash uchun va ularni deratizatsiya faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega tashkilotlarning veterinariya nazorati personali tomonidan qo’llanilishi uchun mo’ljallangan. DIQQAT! PREPARAT JUDA MUHIM EHTIYOT CHORALARI, NOJO’YA TA’SIRLARGA VA MAN ETILGAN HOLATLARGA EGA, BARCHA BATAFSIL MA’LUMOTLARNI KOMPANIYA SAYTIDAN YOKI PREPARATNING QO’LLASH BO’YICHA YO’RIQNOMASIDAN OLISHINGIZ MUMKIN. UMUMIY MA’LUMOT: Rodentitsid vosita, faol modda - Bromodialon QADOQLANISHI: 1000 ml li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Vosita quyosh nurlaridan uzoqda, quruq omborxonalarda zichlab mahkamlangan idishlarda + 40°C gacha bo’lgan haroratda saqlash tavsiya etiladi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
Eritma
76 77 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Bromolon molboqarlik fermalarida va boshqa veterinariya nazorati ob’ektlarida kalamushlarga va sichqonlarga qarshi kurashish uchun qo’llanadi. Tashqi ko’rinishiga ko’ra butun donlar yoki butun va maydalangan donning aralashmasidan iborat. Doni qizil yoki boshqa yorqin rangga bo’yalgan, bu kishilarga ushbu vositani haqiqiy dondan uzil- kesil farqlash imkonini beradi. TARKIBI. Bromodialon 0,005%
(50mg/kg) QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Yolg’on yem kalamushlar uchun 100 g va sichqonlar uchun 25 g vaznida, qoshiq bilan kemiruvchilarning inlari va teshiklari yonida, lekin bolalar va uy hayvonlari yeta olmaydigan joylarda qo’yib chiqiladi. Yuqorida ko’rsatilgan ehtiyot choralariga rioya qilib, «Bromolon» yemini paketlar ichida, ularni ochmay turib qo’yib chiqish mumkin. Yolg’on yemni faqat kemiruvchilar kira oladigan qilib jihozlangan maxsus yashiklarda joylashtirish yaxshiroq bo’ladi. Har bir 100 m2 da, ob’ektda kemiruvchilar yashashining miqdoriga qarab, 1 dan 5 tagacha yolg’on yem nuqtalari joylashtiriladi. Yolg’on yem yeyilib borishi bilan, u umuman yeyilmay qolguncha, qo’shib boriladi. Kalamushlar va sichqonlarning o’limi yolg’on yem yeyilishi paytidan boshlab 4-5 kun o’tganda boshlanadi. Vaqt-vaqti bilan kemiruvchilar keladigan ob’ektlarda, profilaktika qirish choralarini o’tkazishga yo’l qo’yiladi. Bu maqsadda ozgina yolg’on yem kemiruvchilar ehtimoliy paydo bo’lishi mumkin bo’lgan joylarda vaqt-vaqti bilan qo’yib chiqiladi. DIQQAT!
PREPARAT JUDA MUHIM EHTIYOT CHORALARI, NOJO’YA TA’SIRLARGA VA MAN ETILGAN HOLATLARGA EGA, BARCHA BATAFSIL MA’LUMOTLARNI KOMPANIYA SAYTIDAN YOKI PREPARATNING QO’LLASH BO’YICHA YO’RIQNOMASIDAN OLISHINGIZ MUMKIN. Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va dezinfektantlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Bromadiolon antikoagulyant zaharli moddalariga kiradi. Uning ta’sir etish mexanizmi jigarning protrombin hosil qilishi jarayonining buzilishiga asoslangan, bu qon ivishini pasaytiradi va qon tomirlari butunligini shikastlaydi. Bromadiolon, kemiruvchilarning oshqozon-ichak tizimiga tushganda, sekin eriydi va qonga so’riladi, shuning uchun zaharlanish sekin (3-4 kundan keyin) rivojlanadi, lekin juda kichik dozalari ham ta’sir ko’rsatadi. Kulrang kalamushlar uchun o’rtacha o’limga olib keluvchi dozasi bir marta kiritilganda 2,0 mg/ kg ni tashkil etadi. Oksikumarinning hosila moddalari inson organizmiga ta’siri darajasiga ko’ra 1-xavflilik sinfiga kiradi (yuqori xavfli moddalar). Bundan tashqari, bromadiolon kuchli ifodalangan kumulyativ xususiyatiga ega, bu uni organizmga muntazam kiritilganda xavfliligini oshiradi. EHTIYOT CHORALARI: Preparat bilan ishlash kamida 18 yosh bo’lgan, qon kasalliklariga uchramagan va maxsus yo’l-yo’riqdan o’tgan shaxslarga ruxsat etiladi. «Bromolon» bilan barcha amallar maxsus kiyimda (changdan himoyalovchi xalat yoki kombinezon, bosh kiyimi), rezina qo’lqop, respiratorlarda o’tkaziladi. Preparatning ko’zga va og’izga tegishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Preparat bilan ishlaganda chekish, ichish va ovqat yeyish taqiqlanadi. Ish tugaganidan keyin yuzi va qo’lini sovun va iliq suv bilan yuvib, og’zini suv bilan chayish lozim. Homilador va sut emizadigan ayollar «Bromolon» bilan ishlashi qat’iy taqiqlanadi. O’lgan kemiruvchilarni qisqich, xokandoz bilan yig’ib olib, yondiriladi yoki kamida 0,5 m chuqurlikdagi o’raga, avvaldan uni 10% xlorli ohak eritmasi bilan ishlov bergan holda, ko’mib qo’yiladi. Bunday belgilar paydo bo’lganda, darhol shifokorni chaqirish va organizmni zaharni ketkazish choralarini ko’rish kerak (iliq suv ichirish va qusish chorasini ko’rish, faollashtirilgan ko’mir berish). «Bromolon» teriga tekkanda, shikastlangan joylarni sovun va suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Ko’zga tekkanda – ko’p miqdorda suv bilan yuvish lozim. Preparat bilan zaharlanganda, zaharni kesuvchi modda sifatida K vitamini belgilanadi. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Sinantrop kemiruvchilarga qarshi kurashish uchun don asosidagi foydalanish uchun tayyor yolg’on yem. Ta’sir etuvchi moddasi bromadiolon. QADOQLANISHI: Og’irligi 1000 g li paketlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparatni alohida ehtiyotlik bilan (qulflanadigan shkaf ichida), zavod o’ramida, quruq, salqin joyda, bolalar va hayvonlar zinhor yeta olmaydigan joyda, oziq-ovqat mahsulotlaridan va yemdan alohida saqlash, hamda uning kelishi va sarflanishini qayd etish lozim. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1 yil.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling