Preparatlar katalogi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- POLIMER YOD 10%
- GLYUKOZA 40%
- KALSIY XLORID 10%
BROMOLON Donli yolg’on yem 78 79 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: Virkotsid: - hayvonlar va parrandalar bo’lmagan xonalardagi yuzalarni, asalari xo’jaligi, vivariylar, laboratoriyalar jihozlarini, transport vositalari, inkubatsiya tuxumlarini sepish usuli bilan profilaktik va majburiy (joriy va yakuniy) dezinfeksiya qilish; - hayvonlar va parrandalar bo’lgan xonalardagi og’illar, oxurlar, suvdonlar, devorlar, pollar va hokazolarni joylarda dezinfeksiya qilish, ishlarni bajarish davomida xonani shamollatish sharti bilan; - maxsus kiyimlar, ashyolar va idishlarni dezinfeksiya qilish; - hayvonlar va parrandalar bo’lganda havoni aerozol usuli bilan profilaktik dezinfeksiya qilish uchun qo’llanadi. Tarkibiga kaliy peroksid birikmasi va qo’shimcha moddalar kiradi (yuza-faol moddalar (YUFM), organik kislotalar va to’ldiruvchilar).
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Virkotsid yuzalarni dezinfeksiya qilish uchun havo harorati 0°C dan yuqori bo’lganda, 1,0% konsentratsiyasida, ish eritmasining +5°C dan +25°C gacha haroratida qo’llanadi.
Panjarali yuzalarni, to’rlarni, kam adsorblovchi materiallardan yuzalarni dezinfeksiya qilishda ish eritmasining sarflanishi 1 m 2 ga 0.75 litr, oxurlar va devorlar uchun –1 m 2 ga 1 litrni tashkil etadi. Qo’zg’atuvchilar yuqqan maxsus kiyimlar, ashyolar, idishlar Virkotsidning 0,5% eritmasiga 24 soat yoki 0,7% eritmasiga 3 soat botirib, zararsizlantiriladi.
Mikroorganizmlar (mikobakteriyalar va spora hosil qiluvchi bakteriyalardan tashqari) yuqqan tuxumlar, Virkotsid preparatining 0,35% eritmasiga 15 daqiqaga botirish orqali zararsizlantiriladi.
Virkotsid bilan mahalliy dezinfeksiya qilish bakteriyali (sil va spora hosil qiluvchi bakteriyalardan tashqari), zamburug’li va virusli yuqumli kasalliklarda, 1%-eritma sepish usuli bilan (sarflash me’yori 1 m³ ga 1 litr), va 1 m³ ga 150 ml hisobidan 4% konsentratsiyadagi eritma bilan yo’naltiriladigan aerozollar bilan o’tkaziladi.
Hayvonlar va parrandalar bo’lganda havoni profilaktik dezinfeksiya qilish preparatning 1-2%-eritmalari bilan, 1 m 3 ga 10 ml hisobidan, hajmli aerozollar usuli bilan o’tkaziladi. Ish konsentratsiyalaridagi eritmalarni tayyorlashda Virkotsid kukuni 100% deb qabul qilinadi. Preparatning ish eritmalari bevosita dezinfeksiya qilishdan avval tayyorlanadi, idishlarga ichimlik suvi solinadi va aralashtirib, preparatning kerakli miqdori qo’shiladi.
Eritmani isitish yoki issiq suvdan foydalanish mumkin emas. Eritma har qanday mos keladigan idishlarda, shu jumladan bevosita DUK, LSD va hokazolarda tayyorlanadi.
Dezinfeksiya qilishdan avval ishlov beriladigan maydoni (S) aniqlanadi. Ish eritmasining kerakli hajmi (V) litrlarda to’rli va kam adsorblovchi yuzalar uchun quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: V = S × 0,75 Pollar, oxurlar, devorlar uchun: B = S × 1.
Ish eritmasi ob’ektlarga DUK, LSD turidagi va hokazo moslamalardan sepiladi, va kamida 1 soat kutib turiladi. Yo’naltirilgan aerozollar bilan dezinfeksiya qilish uchun uchliklardan foydalaniladi (TAN, PVAN va hokazo), hajmli dezinfeksiya sovuq tuman aerozollari generatorlari orqali amalga oshiriladi. Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va dezinfektantlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
kislotalar ko’pchilik patogen bakteriyalarning hujayralariga, zamburug’lar va viruslarga kuchli oksidlovchi ta’sir etib, ularning qirilishiga olib keladi. Virkotsid trixofitiya, brutsellyoz, yolin, shuningdek stafilokokklar, streptokokklar, ichak tayoqchasi, pasterellalar, salmonellalar, gemofillalar keltirib chiqaradigan kasalliklarda samarali ta’sir etadi. Virkotsid yuqumli rinotraxeit, hayvonlar ich ketishi, respirator-sintitsial yuqumli kasalliklari, cho’chqalarning an’anaviy vabosi, reproduktiv-respirator sindrom viruslariga, korona va enteroviruslarga, Nyukasl va Gamboro kasalligi viruslariga, yuqumli bronxit, yuqumli gepatit, norkalarning aleut kasalligi va mo’ynali hayvonlarning boshqa kasalliklari qo’zg’atuvchilariga, shuningdek qo’zg’atuvchilari oksidlovchi moddalar ta’siriga sezgir bo’lgan barcha yuqumli kasalliklarda (mikobakteriyalar va spora hosil qiluvchi bakteriyalardan tashqari) zararsizlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Virkotsid, GOST 12.1.007-76 ga muvofiq, III xavflilik sinfiga kiradi (o’rtacha xavfli moddalar). Preparatning ish eritmalari zaharliligiga ko’ra IV xavflilik sinfiga kiradi (kam xavfli moddalar). Preparat metallarning korroziyasiga olib kelmaydi, matolarni rangsizlantirmaydi, nafas olish yo’llarini achishtirmaydi, ekologik xavfsiz – qo’llashdan keyin to’liq parchalanadi. MAHSUS KO’RSATMALAR: Dezinfeksiya qilishdan avval, amaldagi Chorvachilik ob’ektlarini veterinariya dezinfeksiya qilishni o’tkazishga oid Yo’riqnomaga muvofiq yuzalar mexanik tarzda tozalanadi. Dezinfeksiya qilishning samarasini oshirish uchun mexanik tozalash paytida yuzalarni yuvish vositalari bilan, ularni qo’llash yo’riqnomalariga muvofiq, namlash va yuvish maqsadga muvofiq bo’ladi. Virkotsid ish eritmasining parchalanishi mahsulotlari kam zaharliligi tufayli, ishlov berilgan yuzalar keyinchalik yuvilmaydi. EHTIYOT CHORALARI: Preparat bilan ishlash kamida 18 yosh bo’lgan, dezinfeksiya vositalari bilan ishlash taqiqlanmagan shaxslarga ruxsat etiladi. Preparat va uning ish eritmalari bilan ishlashda, umumiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy htimoyalash vositalari to’plamidan va maxsus kiyimlardan (kombinezon, rezinali yoki plastik ustki yenglari, rezinali fartuk, rezina qo’lqop, rezina etik, himoya ko’zoynak, respirator yoki A, V, M yoki BKF rusumli protivogaz) foydalanish lozim. Preparat ko’zga tekkanda, ularni suv oqimi bilan 10-15 daqiqa davomida yuvish va natriy sulfatsidning 30% eritmasini tomizish lozim. Zarur bo’lganda shifokorga murojaat qiling. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Virkotsid dezinfeksiyalash vositasi. Ta’sir etuvchi moddasi kaliy pereoksimonosulfat. QADOQLANISHI: Og’irligi 500 g li paketlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparatni quruq, yorug’likdan pana bo’lgan joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +1°C dan +25°C gacha haroratda saqlash lozim. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 1,5 yil.
Kukuni
80 81 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
guruhlarga kiruvchi yuqumli kasalliklarda profilaktik, shuningdek majburiy (joriy va yakuniy) dezinfeksiya qilish uchun, ular bo’yicha dezinfeksiyalash sifati ichak tayoqchasi va stafilokokklar ajralishi bo’yicha qaraladi; Aerozolli dezinfeksiyalash: Chidamlilik bo’yicha I-guruh va II-guruhlarga kiruvchi yuqumli kasalliklarda profilaktik, shuningdek majburiy (joriy va yakuniy) dezinfeksiya qilish uchun; Respirator kasalliklarda: laringotraxeit, yuqumli bronxit, parrandalar aspergillyozi, buzoqlar, cho’chqachalar va qo’zichoqlarning yuqumli rinotraxeit, bronxit va bronxopnevmoniyasi holatida, shuningdek aralash yuqumli kasalliklarda;
qilish, jarrohlikdan keyingi, yangi va yuqumli kasalliklar bilan asoratlangan yaralar), kindigiga, tashqi jinsiy a’zolariga ishlov berish uchun;
1 ml preparat tarkibi: Aktiv yod 100 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Nam dezinfeksiya: 1% eritma qo’llanadi va sarf qilish me’yori ishlov beriladigan yuzaga 0,2 – 0,3 l/m 2 ni tashkil qiladi. Profilaktik va yakuniy dezinfeksiyada kutib turish vaqti 3 soat, joriy dezinfeksiyada 1 soat.
Aerozolli dezinfeksiyalash: 1,5% preparat eritmasi qo’llanadi va sarf qilish me’yori 30 ml/m 2 ni
tashkil qiladi. Profilaktik va yakuniy dezinfeksiyada kutib turish vaqti 3 soat, joriy dezinfeksiyada 1 soat.
Respirator kasalliklarda: 0,5% preparat eritmasi qo’llanadi va sarf qilish me’yori 5 – 10 ml/m 2 ni
tashkil qiladi. Hayvonlarga ta’sir etishning umumiy vaqti kuniga 60 daqiqa. Ishlov berish kunora, 3 – 5 marta o’tkaziladi.
Yara yuzalariga ishlov berish: 5% eritma qo’llanadi. Nekrobakteriozi va tuyoq chirishini davolash: Shikastlangan joy avval mexanik ifloslanishlardan tozalanadi. Suyultirilmagan «Polimer-yod 10%» namlangan doka pilik yordamida tozalangan joyga surtiladi. Ishlov berish 1 sutka oralig’i bilan uch marta o’tkaziladi. Preparatning ish eritmalarini tayyorlash: Ish eritmalari toza shisha idishda yoki polimer materiallardan tayyorlangan idishda, preparatni distillangan yoki qaynatilgan ichimlik suvida suyultirish orqali, qo’llash yo’riqnomasida keltirilgan jadvalda hisoblashdan kelib chiqib, tayyorlanadi. Ish eritmalari ular qo’llanadigan kunida tayyorlanadi Insekto-akaritsidlar, rodentitsidlar va dezinfektantlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Preparat, faol yod borligi tufayli, spora hosil qilmaydigan mikroblar (mikobakteriyalardan tashqari), viruslar, zamburug’larga nisbatan keng ko’lamli ta’siriga ega. Preparat o’rtacha zaharli birikmalar guruhiga mansub. Eritmalari achishtiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi, metallar korroziyasini keltirib chiqarmaydi. «Polimer-yod 10%» preparati GOST 12.1.007 – 76 ga muvofiq, oshqozonga kiritilganda o’tkir zaharliligi ko’rsatkichlari bo’yicha o’rtacha xavfli moddalarning 3-sinfiga, va teriga tekkanda – kam xavli moddalarning 4-sinfiga kiradi, teri qoplamlariga nisbatan mahalliy achishtiruvchi va sezgirlikni oshiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi, shilliq pardalarining o’rtacha achishishini keltirib chiqaradi. Preparatning bug’lari to’yingan konsentratsiyalarida o’rtacha xavfli hisoblanadi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Tavsiya etilgan dozalariga va ishlov berish shartlariga rioya qilingan holda, «Polimer- yod 10%» qo’llanganda nojo’ya holatlar va asoratlar aniqlanmagan. MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatning qo’llanishi mumkin bo’lmagan holatlar hayvonning yodga yuqori shaxsiy sezgirligi hisoblanadi. Bu holda ishlov berishni to’xtatish lozim. EHTIYOT CHORALARI: Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi. Ish tugaganidan keyin yuzi, qo’llarini va tananing ochiq joylarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim. Ehtiyot choralariga rioya qilinmaganda, nafas olish a’zolariga, ko’zning shilliq pardalariga achishtiruvchi ta’sir ko’rsatishi mumkin. Preparat teriga tekkan holda, uni suv bilan yuvish kerak. Preparat ko’zga tasodifan tekkanda, ularni darhol suvning oqimi bilan 10 – 15 daqiqa davomida yuvish, keyin esa osh sodasining 2% eritmasi bilan yuvish lozim. Giperemiya yuzaga kelganda, natriy sulfatsilning 30% eritmasini tomizish kerak. Zarur bo’lganda ko’z shifokoriga murojaat qiling. Preparat oshqozonga tasodifan tushganda, mo’l ichimlik berish lozim (borjomi suvi yoki osh sodasi bilan iliq sut). Zarur bo’lganda shifokorga murojaat qiling. Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. UMUMIY MA’LUMOTLAR: «Polimer-yod 10%» dezinfeksiyalash vositasining veterinariya nazorati ob’ektlarida dezinfeksiyalashni o’tkazish uchun qo’llanadi. Preparat suv bilan yaxshi aralashtiriladigan quyishqoq to’q jigar rangli suyuqlikdir. QADOQLANISHI: 1000 ml li polimer idishlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat ehtiyotlik bilan, quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
Suspenziya 82 83 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Glyukoza toksik yuqumli kasalliklarda, turli intoksikatsiyalarda (simob, margimush, sinil kislotasi va uning tuzlari, uglerod oksidi va boshqa moddalar bilan zaharlanishda), jigar kasalliklarida (gepatitlar, sirrozlar), o’pka shishlari va gangrenasida, yurak faoliyatining dekompensatsiyalanuvida qo’llanadi. Glyukoza kavsh qaytaruvchi hayvonlarda intoksikatsiya, gipotoniya, old qorinning atoniyasi holatlari bilan kechgan oshqozon-ichak kasalliklarida, sigirlarda atsetonemiya, tug’ruqdan keyingi gemoglobinuriya, ketonuriya va toksemiya, qo’ylarda ketonuriya holatida qo’llanadi. Glyukoza eritmalari kuchsiz va holsiz hayvonlarga energetik va parhez vosita sifatida belgilanadi. 1 ml preparat tarkibi: Glyukoza 400 mg QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Kasallikning og’irligi darajasiga qarab, preparat og’iz orqali va tomir ichiga kuniga 1-2 marta quyidagi dozalarda kiritiladi: Hayvonlarnig turlari Hayvonlarning o’rtacha vazni (kg) Dozalar, ml: Otlar
75-300 Yirik
qoramol 400
75-350 Mayda
shoxli mol
50 25-75
Yirik qoramol
60 25-75
Itlar
12 5-20 Davolash kursi har kuni, kasallik belgilari yo’qolguncha takrorlanadi. Moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi va vitamin-mineral preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Veterinariya maqsadlari uchun glyukozaning izotonik (5%) va gipertonik (10-40%) eritmalari qo’llanadi. Vena qon tomiriga glyukozaning gipertonik (10-40%) eritmalari kiritilganda, qonning osmotik bosimi oshadi, suyuqliklarning va to’qimalarning qonga oqimi kuchayadi, moddalar almashinuvining jarayonlari kuchayadi, jigarning va antitoksik funktsiyasi va yurakning ishlashi yaxshilanadi, qon tomirlari kengayadi, diurez kuchayadi. Glyukoza shunigdek hayvonlarning organizmida gormonlar va fermentlarning sintezini rag’batlantiradi, organizmning himoya kuchlarini oshiradi. Glyukozaning izotonik eritmalari organizmni suyuqlik va oson o’zlashuvchan qimmatli ozuqa materiali bilan to’ldirish uchun qo’llanadi. Glyukoza to’qimalarning ichida energiya ajratilgan holda parchalanadi, u organizmning funksiyalarini kuchaytirish uchun xizmat qiladi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Glyukoza eritmalari tavsiya etilgan dozalarda asoratlarni keltirib chiqarmaydi va nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. MAN ETILGAN HOLATLAR: Uni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar yo’q. KUTISH DAVRI: Preparat qo’llanganda chorvachilik mahsuloti cheklashsiz oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatiladi. UMUMIY MA’LUMOTLAR: «Glyukozaning 40%» eritmasi. Preparat mexanik aralashmalari bo’lmagan shaffof, rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlikdir. QADOQLANISHI: 100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat quruq, yorug’liqdan pana bo’lgan joyda, 0°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. Preparatni muzlatishga yo’l qo’yiladi. Muzlatilganda, zich yopilgan holda eritish lozim. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
Inyeksiya uchun eritma 84 85 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Kalsiy xloridning 10% eritmasi: - pnevmoniya, plevrit, peritonit, jigarning toksik shikastlanishlari, parenximatoz gepatit, nefrit holatida, nurlanish kasalligida, o’pka toksik shishlari, o’pka giperemiyasi va shishlari, halqum shishlari, cho’chqachalaring shish kasalligi holatida yallig’lanishga qarshi vosita; - burun, o’pka, bachadondan qon ketish va jarrohlikdan keyingi qon ketishda qon to’xtatuvchi vosita; - allergik kasalliklarda (astma, otlarning qon zardob kasalliklari, teri qichishishi, qon dog’ kasalligi, otlarda va yirik qoramolda surunkali eshak yemi) va dori vositalarini qo’llashdan keyin allergik asoratlar holatida sezgirlikni kamaytiruuvchi vosita; - itlarda vegetativ nevrozlar, ekzamsiya, sigirlarda atsetonemiya, otlarda paralitik mioglobinuriya holatida tinchlantiruvchi va asab tizimini me’yorga soluvchi vosita sifatida qo’llanadi. Preparat hayvonlarda akusherlik-ginekologiya amaliyotida, endometrit, metrit holatida, tug’ruq faoliyatini rag’batlantirish, ushlab qolingan yo’ldosh ajralishini tezlatish, homila tushib qolishining oldini olish uchun, sigirlarda tug’ruq parezlari, tug’ruqdan keyingi gematuriya holatida qo’llanadi. Preparat old qorin gipotoniyasi va atoniyasi, gemorragik gastroenterit, shuningdek yosh hayvonlarning tetaniyasi holatida, qondagi kalsiy miqdorini oshirish va tomir tortishish xurujlarini yo’q qilish uchun ishlatiladi. Preparat shuningdek magniy tuzlari, oksalat kislotasi, ftor va oksalat kislotasining eruvchan tuzlari, osh tuzi bilan zaharlanganda zaharni kesuvchi vosita sifatida tayinlanadi. 1 ml preparat tarkibi: Kalsiy xlorid 100 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Kalsiy xloridning 10% eritmasini sekin, tomir ichiga kiritish lozim. Maksimal bir martalik dozalari (1 ta hayvonga ml): - otlarga 100-300
- yirik qoramol
150-400 - mayda shoxli mol 10-30
- cho’chqalarga
10-30 - itlarga 5,0-15
Surunkali kasalliklarda kalsiy xloridning 10% eritmasini antigistamin preparatlar bilan birga qo’llash tavsiya etiladi. Moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi va vitamin-mineral preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Kalsiy xlorid organizmning hayotiy faoliyatida muhim o’rin tutadi. U retikuloendotelial tizimni va leykotsitlarning fagotsitar funksiyasini faollashtiradi, simpatik asab tizimining tonusini oshiradi, adrenalin ajralishini oshiradi, ko’p fermentlar ishlab chiqarilishini tezlashtiradi. Kalsiy ionlari skelet mushaklari va yurak mushaklarining qisqarishi, suyak to’qimalarining shakllanishi, qonning ivishi uchun zarur bo’ladi. Kalsiy ionlari qon tomirlari devorlarini zichlashtirib, shu bilan yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi va shishlar rivojlanishining oldini oladi. Kalsiy qon ivishi jarayonida ishtirok etadi, prototrombin trombinga aylanishiga ko’maklashadi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Tavsiya etilgan dozalarida va to’g’ri usulda kiritilganda preparat hayvonlarda nojo’ya ta’sirlarni va asoratlarni keltirib chiqarmaydi. Tez kiritilganda yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi paydo bo’lishi mumkin. MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatni teri ostiga yoki mushak ichiga kiritish mumkin emas, chunki bu to’qimalarning kuchli achishishi va nekroziga olib keladi. Agar preparat muvaffaqiyatsiz kiritilganda uning bir qismi teri ostiga kirib qolsa, to’qimalar nekrozining oldini olish uchun inyeksiya joyining atrofiga natriy xloridning 0,9% izotonik eritmasini ko’p miqdorda kiritish lozim. Kalsiy xloridning 10% eritmasini kiritish trombozlarga moyillik bo’lganda, qonda kalsiyning miqdori ko’p bo’lganda mumkin bo’lmaydi. KUTISH DAVRI: Hayvonlarni so’yish va chorvachilik mahsulotlarini oziq- ovqat maqsadida ishlatish yuzasidan cheklashlar yo’q. UMUMIY MA’LUMOTLAR: «KALSIY XLORID 10%» eritmasi. Preparat mexanik aralashmalari bo’lmagan shaffof, rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlikdir. QADOQLANISHI: 100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat quruq, yorug’likdan pana joyda, +5°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil. KALSIY XLORID 10% Inyeksiya uchun eritma 86 87 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
Preparat hayvonlarning quyida kasalliklarida davolash va profilaktika maqsadida qo’llanadi: - tug’ruqdan keyingi parez, spazmofiliya, eklampsiya, shok holati, transport kasalligi, raxit, tetaniya, osteomalyatsiya; - yo’ldoshning ushlab qolinishi, tug’ruqdan avvalgi va keyingi uzoq yotib qolish; - allergik kasalliklar (eshak yemi, qon zardobi kasalligi); - magniy tuzlari bilan zaharlanish, jigarning toksik shikastlanishi. 1 ml preparat tarkibi: Kalsiy glyukonat 200 mg
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
+35°C dan +37°C haroratgacha isitilgan «Kalsiy boroglyukonat» hayvonlarga tomir ichiga (preparat 2-3 daqiqa ichida, sekin kiritiladi), mushak ichiga yoki teri ostiga, hayvonning 1 kg tana vazniga 0,5 ml hisobidan kiritiladi. Mushak ichiga va teri ostiga inyeksiya qilishda preparatning dozasi turli joylarga bo’lib kiritiladi.
Preparat bir martta, zarur bo’lganda esa – takroran xuddi shunday dozalarda 24 soatdan keyin qo’llanadi.
Maksimal bir martalik dozalar: - yirik qoramolga 250-300 ml - otlarga 150-250 ml - qo’ylarga va echkilarga 50-100 ml - cho’chqalarga 30-100 ml - itlarga 5 - 25 ml Moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi va vitamin-mineral preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Kalsiy boroglyukonat hayvonlarning organizmiga kalsiy xloridiga yaqin farmakologik ta’sir etadi. Sezgirlikni kamaytiruvchi, antitoksik va yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi; qonda ionlashtirilgan kalsiy darajasini oshiradi, moddalar almashinuvini rag’batlantiradi, yurak mushagi qisqarishini kuchaytiradi. Kalsiy boroglyukonat inyeksiya joyidagi to’qimalarni achishtirmaydi, shuning uchun uni teri ostiga kiritib qo’llash mumkin. NOJO’YA TA’SIRLAR: Preparatni teri ostiga kiritishda yengil shishlar paydo bo’lishi mumkin, ular 1-2 soatdan keyin o’tib ketadi. Tomir ichiga tez kiritilganda yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi paydo bo’lishi mumkin. Juda kam hollarda qusish, ich ketishi, tomir urishining sekinlashuvi bo’lishi mumkin, ular o’z- o’zidan tez o’tib ketadi. MAN ETILGAN HOLATLAR: Giperkalsemiya holatida qo’llash mumkin emas.
KUTISH DAVRI: Hayvonlarni so’yish va chorvachilik mahsulotlarini oziq- ovqat maqsadida ishlatish yuzasidan cheklash yo’q. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Kalsiy boroglyukonat (Calcii borogluconas). Kalsiy boroglyukonat tarkibida kalsiy glyukonat va yordamchi moddalar bo’lgan steril suvli eritmadir. QADOQLANISHI: 100 ml li shisha flakonlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat qorong’i, salqin, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5 o C dan +25 o C gacha haroratda saqlash lozim. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling