Preparatlar katalogi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’ylar va echkilar
- Hayvonlar turi va gelmintlarning nomi 10% granulyat 20% granulyat Yirik qoramol
- Cho’chqalar
- METSTRAMIZOL 20%
- Yirik qoramol
- Itlar
- PANAFENB 22,2%
- METSALBEN 360
- - qo’ylarga va echkilarga
ALKLOZAN 10%; 20% Kukuni
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Qo’llanishi va dozalari. Preparat og’iz orqali, individual yoki guruhli usulda, yem bilan aralashtirib beriladi. Preparat bir marotaba beriladi. Gelmintozlarda va so’nalar yuqishida «Alklozan 20%» hayvonning 1 kg tana vazniga 40 mg, «Alklozan 10%» - hayvonning 1 kg tana vazniga 80 mg dozasida bir marotaba, individual yoki guruhli usulda, yem bilan aralashtirib beriladi yoki suvli suspenziya shaklida idishdan majburan ichiriladi. Qo’ylar psoroptozida preparat ikki marotaba 7 sutka oralig’i bilan, psoroptoz bo’yicha nomaqbul vaziyatli xo’jaliklarda profilaktika maqsadida preparat bir marotaba quyidagi dozalarda qo’llanadi: «Alklozan 20%» – hayvonning 1 kg tana vazniga 100 mg, «Alklozan 10%» – hayvonning 1 kg tana vazniga 200 mg.
Hayvonlarni gelmintsizlashtirishni yiliga ikki marta: yaylovga haydashdan ikki hafta avval va molxonada saqlashga o’tishdan avval o’tkazish maqsadga muvofiq. Gipotermatoz, edemagenoz va estrozga qarshi hayvonlarga ishlov berish yozgi mavsum tugaganidan keyin o’tkaziladi. Psoroptozda qo’ylarni davolash yilning istagan faslida zarur bo’lganda amalga oshiriladi. Antiparazitar preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Preparat tarkibiga kiruvchi albendazolning ta’sir etish mexanizmi gelmintlarning uglevod almashinuvini buzishdan iborat, bu ularning o’limiga va hayvonning organizmidan chiqarilishiga olib keladi. Preparat og’iz orqali ichilganda albendazol oshqozon-ichak tizimida tez so’riladi va a’zolarga va to’qimalarga kirib o’zlashadi; organizmdan asosan siydik va najas bilan chiqariladi. Ovotsid ta’siriga ega bo’lgan preparat yaylovlarning gelmintlar yuqishini kamaytiradi. Klozantelning ta’sir etish mexanizmi parazitning oksidlovchi fosforillash jarayonini to’xtatilishidan iborat. Preparatning o’ziga xos ta’siri ATF fermentini kuchaytirishdan iborat, bu esa fosforillash va elektronlarning o’tishi jarayonining to’xtashiga olib keladi, bu holat parazitning energetik metabolizmini o’limiga olib keladigan tarzda o’zgartiradi. Preparatning tarkibiga kiruvchi albendazol va klozantel, sinergik ta’siriga ega bo’lib, kavsh qaytaruvchi hayvonlarning endo- va ektoparazitlari, shu jumladan trematodalar, nematodalar, tsestodalar, jumladan benzimidazollarga chidamli parazitlar, shuningdek so’nalar lichinkalari va sarkoptoid kanalarining o’limini keltirib chiqaradi. Issiq qonli hayvonlar uchun zaharliliga ko’ra preparat 4-xavflilik toifasiga kiradi – «kam xavfli preparatlari» (GOST 12.1.007). Davolaydigan dozasida teratogen, embriotoksik, mutagen ta’siriga va allergiya keltirib chiqaruvchi xususiyatiga ega emas. NOJO’YA TA’SIRLAR: Preparat tavsiya etiladigan dozalarda qo’llanganda nojo’ya holatlar kuzatilmaydi. MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatning tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik. Organik xlorlangan va xlororganik parazitlarga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo’llanmasin. Preparatni qo’llash o’tkir fastsiolyoz holatida, hayvonlarni qochirish davrida, yuqumli kasalliklari bo’lgan va holsizlangan hayvonlar uchun ruxsat etilmaydi. Preparatni qo’llash shuningdek qo’ylar, echkilar va cho’chqalar uchun homiladorligining birinchi yarmisida, sigirlar uchun homiladorligining birinchi uchdan bir qismida ruxsat etilmaydi. Suti kishilar ovqatiga ishlatiladigan sog’iladigan hayvonlar uchun preparatni qo’llash taqiqlanadi. MAHSUS KO’RSATMALAR: Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval preparatning har bir partiyasi avval hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi. KUTISH DAVRI: Yirik qoramol va qo’ylarni so’yib go’shtni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish preparatni qo’llashdan keyin 20 kundan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Qishloq xo’jalik hayvonlarining parazitlarini davolash va profilaktikasi uchun antigelmint vosita. Ta’sir etuvchi moddalari albendozol, klozantel. QADOQLANISHI: Og’irligi 500 g li paketlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparatni quruq, qorong’i joyda, 0°C dan +30°C gacha haroratda saqlash lozim. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
14 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida 15 QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: Metsalben yirik qoramol va mayda shoxli molga, cho’chqalarga va itlarga quyyidagi kasalliklarida beriladi: Yirik qoramol: - diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz; - fastsiolyoz, paramfistomatidoz, moniyozioz, trixotsefalyoz;
- diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz; - fastsiolyoz, moniyezioz;
1 g preparat tarkibi: Albendazol 50 mg/100 mg METSALBEN 10%; 20% Granulalangan kukuni QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Metsalben yirik qoramol va mayda shoxli molga, cho’chqalarga va itlarga bir marotaba, og’iz orqali yem bilan aralashtirib, avvaldan och qoldirib parhez qilmasdan quyidagi dozalarda beriladi (hayvonlarning 1 kg tana vazniga mg): Hayvonlar turi va gelmintlarning nomi 10% granulyat 20% granulyat Yirik qoramol: - diktiokaulyoz, oshqozon-ichak tizimi strongilyatozlari, strongiloidoz; - fastsiolyoz, paramfistomatidoz, moniyozioz, trixotsefalyoz 75 100 37, 5 50
strongiloidoz; - fastsiolyoz, moniyezioz 50 75
37,5 Cho’chqalar: askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidoz 75 37,5 Itlar: toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz, teniozlar 200
100
Zarur bo’lganda preparat takroriy qo’llanishi mumkin. Antiparazitar preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Albendazol keng ta’sir doirasiga ega, trematodalarning tuxumlari va etilgan shakllari, nematodalari va tsestodalarining yetilgan va yetilmagan shakllarining o’limini keltirib chiqaradi. U energetik almashinuvni buzadi, fumaratreduktaza faolligini kamaytiradi, bu gelmintlarning adenozintrofosforli kislota sintezining buzilishiga olib keladi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, nojo’ya holatlar kuzatilmaydi. MAHSUS KO’RSATMALAR: Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shtini va olingan sutni yem maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin. KUTISH DAVRI: Yirik qoramol va cho’chqalarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 14 kun, qo’ylar va echkilarni 10 kun o’tganidan so’ng, sigirlardan olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish 3 sutka, qo’ylar va echkilardan sutni 4 sutka o’tganda ruxsat etiladi. EHTIYOT CHORALARI: Preparatni qo’llash paytida veterinariya preparatlari bilan ishlaganda ko’zda tutiladigan shaxsiy gigiyena choralariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim. Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim UMUMIY MA’LUMOTLAR: Foydalanish uchun tayyor, granullashtirilgan hayvonlarning gelmintlarini qirish uchun preparat. Ta’sir etuvchi moddasi albendazol. QADOQLANISHI: Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparatni zavod o’ramida, quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlash lozim. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
16 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida 17 QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: Metstramizol 20% granulyat yirik qoramol, qo’ylar va echkilar, cho’chqalar, otlar, mo’ynali hayvonlar va itlarga oshqozon-ichak tizimi va o’pka nematodozlarida (oshqozon-ichak tizimining strongilyatozlari, askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidozlar, oksiuroz, paraskaridoz, toksaskaridoz, untsinarioz va hokazo) qo’llanadi. 1 g preparat tarkibi: Tetramizol gidroxlorid 200 mg
METSTRAMIZOL 20% Granulyat QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Preparat guruhli usulda, yem bilan aralashtirib, ikki marotaba (ikki kun ketma-ket, kuniga bir marta) quyidagi dozalarda beriladi (hayvonning 1 kg tana vazniga mg) Hayvonlar turi va gelmintozning nomi Qo’llash martalari Metstramizol 20% granulyat dozalari
Ikki marotaba 50
bunostomoz, ostertagioz, xabertioz, kooperioz, strongiloidoz) Ikki marotaba 37,5
Cho’chqalar: -askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz Ikki marotaba 75
Ikki marotaba Ikki marotaba 50 75 Itlar: -toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz Ikki marotaba 100
Bir marotaba 100 Antiparazitar preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Preparatning ta’sir etuvchi moddasi - tetramizol gidroxlorid (DL 2,3,5,6,-tetragidro-6-fenil-imidazo-(2,1-b) tiazol-gidroxlorid) nematoda-larda fumarat- va suktsinatdegidrogenezni yo’q qiladi va parazitlarning yetilgan shakllari va lichinkalari o’limiga olib keladi. Tetramizol gidroxlorid kam zaharli birikmalarga kiradi, hayvonlarning oshqozon-ichak tizimidan yaxshi so’riladi, embriotoksik, sensibilizirlovchi, teratogen va kumulyativ xususiyatiga ega emas, teri va shilliq pardalarni achishtirmaydi. NOJO’YA TA’SIRLAR: Preparat tavsiya etiladigan dozalarda qo’llanganda nojo’ya ta’sir ko’rsatishi aniqlanmagan. KUTISH DAVRI: Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 7 kun o’tganidan so’ng, olingan sutni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish 2 sutka o’tganda ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shtini va olingan sutni yem maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin. EHTIYOT CHORALARI: Preparatni qo’llash paytida veterinariya preparatlari bilan ishlaganda ko’zda tutiladigan shaxsiy gigiyena choralariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.
Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Hayvonlarning gelmintlarini qirish uchun antigelmint vosita. Ta’sir etuvchi moddasi tetramizol. Preparat oq yoki och kulrang granulalardan iborat. QADOQLANISHI: Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat zavod o’ramida, quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +4°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
18 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida 19 QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: Preparat nematodozlarda (oshqozon-ichak strongilyatozlari, askaridoz, trixotsefalyoz, ezofagostomoz, strongiloidoz, toksaskaridoz, toksokaroz, untsinarioz), trematodozlarda (fastsiolyoz, paramfistomatozlar), sestodozlarda (moniyezioz, teniozlar) yirik qoramol, qo’ylar va echkilar, cho’chqalar, otlar, itlar va mushuklarni gelmintsizlashtirish uchun qo’llanadi. 1 g preparat tarkibi: Fenbendazol 222 mg
Granulyat QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Preparat og’iz orqali, individual yoki guruhli usulda, yem bilan aralashtirib, avvaldan parhez tayyorgarligisiz, bir marotaba quyidagi dozalarda beriladi: Hayvonlar turi Panafenb granulyat 22.2% (hayvonning 1 kg tana vazniga mg) Yirik qoramol 34 Qo’ylar va echkilar 22 Cho’chqalar 22 Otlar
34 Zarur bo’lganda preparat takroriy qo’llanishi mumkin. Antiparazitar preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Preparatning ta’sir etuvchi moddasi fenbendazol gelmintlarga qarshi keng doiradagi ta’sirga ega, oshqozon-ichak tizimi va o’pka nematodalari, sestodalar, shuningdek trematodalarning yetilgan shakllari, lichinkalari va tuxumlariga nisbatan faol ta’sir etadi. Preparatning ta’sir etish mexanizmi gelmintlarning ichagi hujayralarida mikrokanallar parchalanishi, energetik jarayonlar buzilishidan iborat, bu ularning o’limiga olib keladi. Panafenb granulyat 22.2% issiq qonli hayvonlar uchun kam zaharli preparatlarga kiradi. Terapevtik dozalarda kumulyativ, embriotoksik, mutagen ta’siriga hamda allergiya keltirib chiqaruvchi xususiyatlariga ega emas. NOJO’YA TA’SIRLAR: Tavsiya etiladigan dozalarda preparat nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi va hayvonlarda asoratlarni keltirib chiqarmaydi. MAHSUS KO’RSATMALAR: Preparatning har bir partiyasi avval hayvonlarning kichik guruhida (7-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. Asoratlar bo’lmasa, 3 kun ichida preparat barcha hayvonlarga beriladi. KUTISH DAVRI: Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin kamida 14 sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Preparatni kiritishdan keyin 4 sutka davomida sog’iladigan hayvonlardan olingan sutni oziq- ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Bunday sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatilishi mumkin. EHTIYOT CHORALARI: Preparatni qo’llash paytida veterinariya preparatlari bilan ishlaganda ko’zda tutiladigan shaxsiy gigiyena choralariga va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.
Ish tugaganidan keyin qo’llarini va yuzini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish lozim. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Hayvonlarning gelmintlarini qirish uchun antigelmint vosita. Ta’sir etuvchi moddasi fenbendazol. QADOQLANISHI: Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat ehtiyotlik bilan zavod o’ramida, quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +5°C dan +30°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.
20 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida 21 QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: «Metsalben-360» tabletkalari quyidagi kasalliklarda yirik qoramol, qo’ylar, echkilar, cho’chqalar, otlarni gelmintsizlashtirish uchun qo’llanadi: - oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz, nematodiroz, ostertagioz, xabertioz, kooperioz, strongiloidoz, trixostrongilyoz, giostrongilyoz, paraskaridoz, askaridoz); - o’pka nematodozlari (diktiokaulyoz, protostrongilyoz, myullerioz, neostrongilyoz, tsistokaulyoz, metastrongilyoz); - sestodozlar (moniyezioz, avitellinoz, tizaniyezioz); - trematodozlar (fastsiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz). 1 ta tabletka tarkibi: Albendazol 360 mg
Tabletkalar QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Tabletkalar hayvonlarga majburan til ildiziga, bir marotaba, quyidagi dozalarda beriladi: - yirik qoramolga – hayvonning 50 kg tana vazniga 1 tabletka, fastsiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz va ostertagiozda - hayvonning 35 kg tana vazniga 1 tabletka; - qo’ylarga va echkilarga – hayvonning 70 kg tana vazniga 1 tabletka; fastsiolyoz, dikrotselioz va protostrongiloidozda - hayvonning 45 kg tana vazniga 1 tabletka; - cho’chqalarga - hayvonning 35 kg tana vazniga 1 tabletka; - otlarga - hayvonning 50 kg tana vazniga 1 tabletka;
Gelmintsizlashtirishdan avval maxsus parhez va surgi dorilarni qo’llash talab etilmaydi. Antiparazitar preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Albendazol keng doiradagi ta’sir ko’rsatuvchi antigelmintik vosita bo’lib, yetilgan va yetilmagan nematodalar va sestodalar, shuningdek yetilgan trematodalarga nisbatan faol ta’sir ko’rsatadi. Preparat keng doirada ta’sir ko’rsatadi, gelmintlarning yetilgan va lichinka shakllarinig o’limiga olib keladi. Preparatning tarkibiga kiruvchi albendazolning ta’sir qilish mexanizmi gelmintlarning uglevod almashinuvini buzishdan iborat, bu esa ularning o’limiga va hayvon organizmidan chiqarilishiga olib keladi. Preparat og’iz orqali ichilganda albendazol oshqozon-ichak tizimida tez so’riladi, a’zolarga va to’qimalarga kirib o’zlashadi; organizmdan asosan siydik va najas bilan chiqariladi. Ovotsid ta’siriga ega bo’lgan preparat yaylovlarning gelmintlar yuqishini kamaytiradi. Preparat organizmga ta’sir etish darajasiga ko’ra o’rtacha xavfli moddalarga kiradi. Tavsiya etilgan dozalarda hayvonlarga salbiy ta’sir etmaydi. NOJO’YA TA’SIRLAR: «Metsalben-360» tabletkalari tavsiya etiladigan dozalarda qo’llanganda nojo’ya holatlar kuzatilmaydi. MAN ETILGAN HOLATLAR: Preparatni qo’llash o’tkir fastsiolyoz holatida, hayvonlarni qochirish davrida, yuqumli kasalliklari bo’lgan va holsizlangan hayvonlar, shuningdek qo’ylar, echkilar va cho’chqalar uchun homiladorligining birinchi yarmisida, sigirlar va otlar uchun homiladorligining birinchi uchdan bir qismida ruxsat etilmaydi. MAHSUS KO’RSATMALAR: Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval preparatning har bir partiyasi avval hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi. KUTISH DAVRI: Yirik qoramol va qo’ylarni so’yib go’shtni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish mos holda preparatni qo’llashdan keyin 14 va 10 kun, sutni oziq-ovqat maqsadida ishlatish mos holda 3 va 4 kundan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. EHTIYOT CHORALARI: Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak. Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi. Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish lozim. Preparatning idishini boshqa maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi. UMUMIY MA’LUMOTLAR: Hayvonlarning gelmintlarini qirish uchun antigelmint vosita. Ta’sir etuvchi moddasi albendazol. Preparat tashqi ko’rinishiga ko’ra rangi kulrang yoki sut tusli kulrang, to’g’ri dumaloq shakldagi tabletkalardan iborat. QADOQLANISHI: Individual polimer idishlarga (blisterlarga) 10 donadan tabletka qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparatni zavod o’ramida, quruq, qorong’i joyda, bolalar yeta olmaydigan joyda, +25°C dan oshmagan haroratda saqlash lozim. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil. 22 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida 23 QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: Prazikvantel exinokokkoz, difilobotrioz, dipilidoz, gidatigeroz, multitseptoz va oriyentobilxartsioz holatida hayvonlarni gijjalardan tozalash uchun bir marta ishlatiladi. 1 ta tabletka tarkibi: Prazikvantel 50 mg
Tabletkalar QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: Prazikvantel tabletkalari hayvonlar uchun ichiga, og’iz orqali ichib, avvaldan och qoldirilmagan holda, bir marta, individual tarzda qo’llanadi.
Preparat hayvonlarga bevosita og’ziga (tilining ildiziga) beriladi, yoki go’shtga, kolbasaga o’ralgan holda, yoki yem bilan birga maydalangan holatida yediriladi.
Profilaktika maqsadida itlar va mushuklarga har yil choragida yuqoridagi dozada gijjalarni tozalash uchun beriladi. Antiparazitar preparatlar FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Prazikvantel – keng doirada ta’sir etuvchi antigelmint preparati, hayvonlar exinokokkozi, difilobotriozi, dipilidozi, gidatigerozi, multitseptozi va oriyentobilxartsiozi holatida qo’llanadi. Preparatning ta’sir etish mexanizmi fumaratreduktaza ta’sirini bosishda, hujayra membranalari o’tkazuvchanligi va nerv-mushak innervatsiyasi buzilishidan iborat, bu esa gelmintlarning falajiga va o’limiga olib keladi. Preparat issiq qonli hayvonlar uchun kam zaharli (oq sichqonlar uchun LD50 og’iz orqali ichilganda 2650 mg/kg ni tashkil etadi). Tavsiya etilgan dozalarda mahaliy achishtiruvchi, embriotoksik, teratogen va sezgirlikni oshiruvchi xususiyatlariga ega emas. EHTIYOT CHORALARI: Preparat bilan ishlaganda veterinariya vositalari bilan ishlashda ko’zda tutilgan shaxsiy gigiyena va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim UMUMIY MA’LUMOTLAR: Itlar, mushuklar va boshqa hayvonlarni gijjadan tozalash uchun antigelmint preparat. QADOQLANISHI: Individual polimer idishlarga (blisterlarga) 10 donadan tabletka qadoqlanib chiqariladi. SAQLASH SHAROITI: Preparat ehtiyotlik bilan ishlab chiqaruvchining o’ramida, yorug’likdan himoyalangan joyda, namlik tushishidan asrab, -8°C dan +25°C gacha haroratda saqlanadi. YAROQLILIK MUDDATI: Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil. 24 Barcha batafsil ma’lumotlar www.biokombinat.uz saytida 25 QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: Preparat quyidagi kasalliklarda yirik qoramol, qo’ylar, echkilar, cho’chqalar, otlarni gelmintsizlashtirish uchun qo’llanadi: - oshqozon-ichak nematodozlari (gemonxoz, bunostomoz, ezofagostomoz, nematodiroz, ostertagioz, xabertioz, kooperioz, strongiloidoz, trixostrongilyoz, giostrongilyoz, paraskaridoz, askaridoz); - o’pka nematodozlari (diktiokaulyoz, protostrongilyoz, myullerioz, neostrongilyoz, sistokaulyoz, metastrongilyoz); - sestodozlar (moniyezioz, avitellinoz, tizaniyezioz); - trematodozlar (fastsiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz). 1 ml preparat tarkibi: Albendazol 25 mg/100 mg
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling