Present simple – hozirgi oddiy zamon


Time expression – Vaqt ifodalari (payt ravishlari)


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/41
Sana16.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1361490
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
rules for all tenses

Time expression – Vaqt ifodalari (payt ravishlari)
 
Present perfect va present prefect continuous bilan keladigan payt ravishlari 
How long 
Qancha paytdan beri 
How long have you known Jack? – Jekni qancha paytdan beri taniysan? 
How long have you been learning English? –Ingliz tilini qancha paytdan beri 
o’rganyapsan? 
For 
…dan beri 
(davomiylik) 
have known Jack for five years. – Jekni 5 yildan beri taniyman. 
have not seen Emily for a long time. – Emiliyni anchadan beri ko’rmadim. 
She has been working here for twenty years. – U bu yerda 20 yildan beri 
ishlayapti. 
Since 
…dan beri 
(boshlang’ich payt) 
They have been married since last April. – Ular o’tgan apreldan beri turmush 
qurishgan. 
We have been living here since 1980. – Biz bu yerda 1980-yildan beri 
yashaymiz. 
have not talked to Ann since last Sunday. – Ann bilan o’tgan yakshanbadan 
beri gaplashmadim. 
Lately/recently 
Oxirgi paytlarda/ 
Yaqinda, yaqin 
kunlarda 
Have you seen any good films lately/recently? – Oxirgi paytlarda/Yaqin 
kunlarda birorta yaxshi film ko’rdingmi? 
She has been going out a lot lately/recently. – U oxirgi paytlarda/yaqin 
kunlarda ko’p ko’chaga chiqyapti. 
Present perfect bilan keladigan payt ravishlari 
Already 
Allaqachon 
We have already seen this film. – Biz bu filmni allaqachon ko’rib bo’lganmiz. 
Have you finished already? – Allaqachon tugatib bo’ldingmi? 
Yet 
Hali ham, haligacha 
Has Roger left yet? – Rojer hali ketmadimi? (Rojer haligacha ketib bo’ldimi?) 
Simon has not finished yet. – Saymon hali ham tugatib bo’lmadi. 
Just 
Endigina, hozirgina 
have just phoned Jill. – Men hozirgina Jilga telefon qildim. 
Always 
Har doim, doimo 
She has always loved animals. – U doimo hayvonlarni yoqtirib kelgan. 
Ever 
Hech, biror marta
qachondir 
Have you ever been abroad? – Biror marta chet elda bo’lganmisan? 
Never 
Hech qachon 
She has never been to France. – U hech qachon Fransiyada bo’lmagan. 
So far 
Shu paytgacha 
have sent twenty invitations so far. – Shu paytgacha 20 ta taklifnoma 
jo’natdim. 
What have you done so far? – Shu paytgacha nima qilding? 
Have gone (to) / Have been (to) 
Have gone (to) - …ga ketdi – biror joyga ketib, hali qaytib kelmagan. 
They have gone to the theatre. – Ular teatrga ketdi. (hali qaytib kelishmadi) 
Have been (to) - …ga borib kelgan, …da bo’lgan – biror joyga borib yana qaytib kelgan. 


13 
He has been to Japan. – U Yaponiyaga borgan/bo’lib kelgan. (Yaponiyaga borib yana qaytib kelgan) 
Tip: Ushbu qoidada “to” predlogi qavs ichida berilganligiga e’tibor qaratish lozim. Bu “to” predlogining 
ayrim hollarda ishlatilishi, ayrim hollarda ishlatilmasligini bildiradi. Agar qayerga ketganligi/borib 
kelganligi aytilmasa yoki “there” (o’sha yerda/ga), “here” (bu yerda), “somewhere/ anywehere/ 
everywhere” kabi ravishlar (adverbs of place) bilan yoki “home” so’zi bilan ifodalansa, u holda “to” 
predlogi ishlatilmaydi. 
Where have you been? – Qayerga borib kelding? (qayergaligi ko’rsatilmagan, shuning uchun “to” 
ishlatilmaydi.) 
I have been there twice before. – Men ilgari u yerda ikki marta bo’lganman. 
She has gone home. – U uyiga ketdi. 
Jane is in France now. She has gone there to visit his parents. – Jeyn hozir Fransiyada. U u yerga ota-
onasini ko’rgani ketdi. 
IN OTHER WORDS 
 
Quyidagi misollarga yaxshilab e’tibor bering. Birinchi va ikkinchi gaplar o’xshash ma’nolarni 
ifodalaydi. Har ikkala holatni ham o’rganib oling. 
 
1. I’ve never had such a good meal. – Men hech qachon bunday mazali taom yemaganman. 
ever It’s the best meal I have ever had. – Bu men shu paytgacha yegan eng mazali taom. 
2. She started collecting postcards four years ago. – U otkritkalar yig’ishni 4 yil oldin boshlagan. 
been She has been collecting postcards for four years. – U 4 yildan beri otkritkalar yig’adi. 
3. They haven’t finished painting the house yet. – Ular uyni bo’yashni hali tugatishmadi. 
still They are still painting the house. – Ular hali ham uyni bo’yashyapti. 
 
4. I’ve never ridden a camel before. – Men ilgari hech qachon tuya minmaganman. 
first  It’s the first time I’ve ridden a camel. – Bu birinchi marta tuya minishim. 
Prepositions
belong to sb 
kimgadir tegishli bo’lmoq 
Those books belong to John Smith. 
Ana u kitoblar Jon Smisga tegishli. 
come from (a place) 
biror yerlik 
My father comes from Ireland. 
Otam Irlandiyalik. 
listen to sb/sth 
kimnidir/nimanidir tinglamoq, 
quloq solmoq 
How often do you listen to the radio? 
Qanchada bir radio tinglab turasan? 
live in (a place) 
biror joyda yashamoq 
My parents live in a small cottage. 
Ota-onam kichkina bir kotejda yashashadi. 
look at sb/sth 
kimgadir/nimagadir qaramoq 
Why are you looking at yourself in the mirror? 
Nima uchun ko’zguda o’zingga qarayapsan? 
stay at (a place) 
biror joyda qolmoq 
We aren’t going out tonight. We’re staying at home. 
Kechqurun ko’chaga chiqmoqchimasmiz. Uyda qolmoqchimiz. 
wait for sb/sth 
kimnidir/nimanidir kutmoq 
What are you waiting for? 
Nima kutyapsan? 
work for sb/sth 
kimdir/nimadir uchun 
ishlamoq (…ning ishchisi) 
My brother works for my father. 
Akam otam uchun ishlaydi. (ya’ni otamning qo’lida ishchi) 
He works for a big company. 


14 
U katta kompaniya uchun ishlaydi (ya’ni katta kompaniyada xodim) 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling