Презентация Камалов Хожимурод


Download 117.56 Kb.
bet1/7
Sana05.04.2023
Hajmi117.56 Kb.
#1277069
TuriПрезентация
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Камалов Х.

Презентация

Камалов Хожимурод

Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari

Reja:

  • 1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.
  • 2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.
  • 3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.
  • 4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.
  • 5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari.

1-savol. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.

  • Jamiyat taraqqiyotini moddiy bazasi ishlab chiqarish bilan hosil qilinadi. Ishlab chiqarish mehnatga yaroqli bo’lgan ish kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarini ko’tilishi va uni harakatga keltirilishi tufayli moddiy ne‘matlar hosil qilishdir.
  • Resurs - bu ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ishlatiladigan hamda qo’llaniladigan moddiy-ashyoviy bo’lib, tabiiy, moddiy, iqtisodiy, moliyaviy va hokazo kabi vositalardan tashkil topadi.
  • Inson faoliyati moddiy va nomoddiy ne‘matlar yaratishga qaratilar ekan, avvalo ishlab chiqarishni tashkil etmoq kerak. Ishlab chiqarishni tashkil etish resurslarni talab qiladi. Ular quyidagilardan iboratdir:
  • 1. Ishchi kuchi;
  • 2. Mehnat qurollari;
  • 3. Mehnat vositalari.

Ishchi kuchi - mehnatga qobiliyati bo’lgan har bir insonning ma‘lum maqsadlar yo’lidagi aqliy va jismoniy faoliyatining yig’indisidir.

  • Ishchi kuchi - mehnatga qobiliyati bo’lgan har bir insonning ma‘lum maqsadlar yo’lidagi aqliy va jismoniy faoliyatining yig’indisidir.
  • Mehnat qurollari - bu inson mehnati yordamida mehnat predmetlariga ta‘sir qiladigan mexanizmlar (dastaklar)ga aytiladi. Masalan: stanoklar, traktorlar, uskunalar, mashinalar, qurilmalar va hakozolar.
  • Mehnat predmetlari - mehnat ta‘siri natijasida tovar mahsuloti tayyorlanadigan barcha xom ashyolar massasidir. Masalan, sanoatda ishlatiladigan xom ashyolar, qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishda ishlatiladigan - urug’liklar, mineral o’g’itlar, yoqilg’ilar, materiallar, yer, suv shular jumlasidansir. Mehnat predmetlari tabiat mahsuli yoki oldingi davrlardan qolgan mehnat mahsulotlaridan iborat bo’ladi.
  • Mehnat predmeti va mehnat qurollarini birga qo’shilishi ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi.

Download 117.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling