sizlidersiz.uz
@piima_uz1
buyurtma uchun
:
+998945363132
Savol 14. | Tanqidiy fikrlash
Sportchi sifatida muvaffaqiyatga erishish uchun nafaqat tugʻma isteʼdod zarur, balki
yaxshi ustozga ega boʻlish va har kuni bir necha soat davomida mashq qilish kerak.
Mirsalim
: “Mening onam dunyodagi taniqli sportchi. Demak, uning ustozi juda yaxshi
boʻlgan boʻlishi kerak”.
Farzona
: “Mening akamning ustozi eng yaxshilaridan biri va akam har kuni soatlab sport
zalda mashq qiladi. Demak u albatta muvaffaqiyatga erishadi”.
Kimning fikri
toʻgʻri?
A
Faqat Mirsalimniki
B
Faqat Farzonaniki
C
Ikkalasiniki ham toʻgʻri
D
Ikkalasiniki ham notoʻgʻri
Yechim
:
Savol shartiga koʻra sportda muvaffaqiyatga erishish uchun albatta 3 ta eng muhim
shartlar bajarilishi lozim:
1.
Tugʻma isteʼdod bor boʻlishi.
2. Yaxshi ustozga ega
boʻlish.
3. Har kuni bir necha soat davomida mashq qilish.
Bundan kelib chiqadiki, yuqoridagi shartlardan faqatgina bittasi bajarilmagan taqdirda
ham, sportchilar muvaffaqiyatga erisha olmaydilar.
Mirsalimning
fikri toʻgʻri: Chunki uning onasi dunyoga taniqli va muvaffaqiyatli
sportchimi, demak uning onasida yuqoridagi uchta shartdan barchasi bajarilgan,
jumladan yaxshi ustozga ega boʻlish ham.
Farzonaning fikri
notoʻgʻri: Chunki uning akasida faqatgina ikkita shart yaʼni yaxshi
ustozga ega boʻlish va har kuni soatlab mashq qilish bajarilmoqda. Lekin agarda uning
akasida uchinchi shart yaʼni tugʻma isteʼdod boʻlmasa, uning akasi sportda
muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: