sizlidersiz.uz
@piima_uz1
buyurtma uchun
:
+998945363132
Shu turdagi yanada koʻproq savollar –
Siz Lidersiz toʻplami |
Muammoni Hal Qilish kitobi
|
Vaqtga doir masalalar boʻlimi 41 – bet
Savol 12. | Tanqidiy fikrlash
Besh nafar oʻquvchi kim eng koʻp kitob oʻqishi boʻyicha musobaqa oʻynashdi.
— Eng kam kitob oʻqigan oʻquvchi Muslima emas.
— Faqat 2 nafar oʻquvchi Bekzoddan kam kitob oʻqidi.
— Abdulbosit Guliraʼnodan kam kitob oʻqidi.
— Shahzod eng koʻp kitob oʻqidi.
Quyidagilarning qaysi biri
toʻgʻri?
A
Bekzod Muslimadan koʻproq kitob oʻqidi.
B
Bekzod Abdulbositdan koʻproq kitob oʻqidi.
C
Bekzod Guliraʼnodan koʻproq kitob oʻqidi.
D
Bekzod eng kam kitob oʻqidi.
Yechim
:
Faqatgina 2 nafar oʻquvchi Bekzoddan kamroq kitob oʻqigan boʻlsa, bu maʼlumot
Bekzodning beshta oʻquvchi ichidan uchinchi oʻrinda ekanligini bildiradi.
Shahzod eng koʻp kitob oʻqiganligi uchun u birinchi oʻrinda.
Muslima eng kam kitob oʻqigan oʻquvchi emasligini inobatga olgan holda, u yoki ikkinchi
yoki toʻrtinchi oʻrinda. Abdulbosit Guliraʼnodan kamroq kitob oʻqiganligini
hisobga
olsak, demak u eng kam kitob oʻqigan oʻquvchi hisoblanadi. Shuning uchun D
javob
varianti notoʻgʻri. Bizda ikkita taxmin qolmoqda:
1. Guliraʼno va Muslima ikkinchi va toʻrtinchi oʻrinlarda. Lekin qaysi ikkinchi va qaysi
toʻrtinchi oʻrinda ekanligini aniqlab boʻlmaydi. Shuning uchun
A va C javob variantlarini
ham toʻgʻri deya olmaymiz.
Bitta narsa aniqki, Bekzod uchinchi oʻrinda eng koʻp kitob oʻqigan oʻquvchi va
Abdulbosit eng kam kitob oʻqigan oʻquvchi. Bundan kelib chiqadiki, Bekzod
Abdulbositdan koʻproq kitob oʻqigan.
Do'stlaringiz bilan baham: