sizlidersiz.uz
@piima_uz1
buyurtma uchun
:
+998945363132
Shu turdagi yanada koʻproq savollar – Siz Lidersiz toʻplami | Muammoni Hal Qilish kitobi
| Mantiqiy matnli masalalar boʻlimi 6 – bet
Savol 8 | Tanqidiy Fikrlash
Futbolchilarga oʻyinda ishtirok etish imkoniyati berilmasa, ular mashgʻulotlarga ham
borishni istamaydi.
Olim: “Behruzga oʻyinda ishtirok etish imkoniyati berildi. Shuning uchun u albatta
mashgʻulotlarga boradi.”
Ogʻabek: “Bekzodga oʻyinda ishtirok etish imkoniyati berilmadi. Shuning uchun u
mashgʻulotlarga borishni istamasligi aniq.”
Kimning gapi toʻgʻri?
A) faqat Olimniki B) Faqat Ogʻabekniki C) Ikkalasiniki ham toʻgʻri D) Ikkalasiniki
ham notoʻgʻri
Yechim:
“Futbolchilarga oʻyinda ishtirok etish imkoniyati berilmasa, ular mashgʻulotlarga ham
borishni istamaydi.”
Bu yerdan bir holatni yaxshi tushunish kerak. Futbolchi mashgʻulotga borishni
istamasligining sabablaridan bir unga oʻyinda ishtirok etishga imkoniyat berilmasligi
ekan.
Lekin bu uning oʻyinga borishni istamasligining yagona sababi deb aytilmagan, balki u
jarohat olgani uchun, onasi kasal boʻlib qolgani uchun, uylanayotgan boʻlishi mumkinligi
uchun ham oʻyinga bormasligi mumkin.
Shu jihatdan Olimning gapi doimo toʻgʻri bola olmaydi. Imkoniyat berildi degani,
futbolchi albatta mashgʻulotlarga boradi degani emas. Notoʻgʻri.
Ogʻabekning gapi esa toʻgʻri, imkoniyat berilmasa, futbolchi mashgʻulotga bormasligi
aniq. Bu shartda koʻrsatilgan. Toʻgʻri.
Toʻgʻri javob: B
Shu turdagi yanada koʻproq savollar – Siz Lidersiz toʻplami | Tanqidiy Fikrlash kitobi |
Rost yoki
Yolgʻon boʻlimi 105 – bet
Do'stlaringiz bilan baham: |