Prezident maktabi kirish imtihoni na'munaviy savollariga
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Yangi Siz Lidersiz Jurnali @piima uz1
sizlidersiz.uz
@piima_uz1 buyurtma uchun : +998945363132 Yechim: Bir chekkadan bu oila uchun toʻgʻri kelmaydigan parklarni aniqlaymiz, shunda oxirida oila qaysi parkka borishi kelib chiqadi. 1. Kirish eng koʻpi bilan 40000 soʻm boʻlishi kerak. Ammo “Ashxobod” parki 42000 soʻm ekan. Bu park toʻgʻri kelmaydi. 2. Uzoqligi 35 km dan oshmasligi kerak. “Navroʻz” parki 45 km uzoqlikda ekan. Bu ham toʻgʻri kelmaydi. 3. Ferma mavjud boʻlishi kerak ekan. Ammo “Anhor” parkida ferma yoʻq. Demak, bizda oxirda bitta tanlov qoladi – “Lokomativ”. Toʻgʻri javob: A Shu turdagi yanada koʻproq savollar – Siz Lidersiz toʻplami | Muammoni Hal Qilish kitobi | Diagramma va jadvallar boʻlimi 87 – bet Savol 11. | Tanqidiy fikrlash Shifoxona har kuni ertalab soat 08:00 dan kechki soat 17:00 gacha ishlaydi. Har bir bemor uchun 20 daqiqalik qabul vaqti ajratiladi. Har bir shifokor tushlik uchun 60 daqiqalik tanaffus oladi va boshqa tanaffus olmaydi. Shifoxonada uch nafar shifokor ishlaydi. Bir kunda shifoxona koʻpi bilan nechta bemorga xizmat koʻrsatishi mumkin? A 63 nafar B 72 nafar C 81 nafar D 90 nafar Yechim: Dastlab bitta shifokor shifoxona faoliyat yuritadigan kun davomida nechta bemorga xizmat koʻrsata olishini aniqlab olishimiz lozim. Shifoxona soat 08:00 dan kechki 17:00 gacha ishlashini hisobga olsak, u kun davomida 9 soat yaʼni 540 daqiqa faoliyat yuritadi. Shundan 60 daqiqasi tushlik uchun ajratilsa, bitta shifokor: 540 – 60 = 480 daqiqa davomida bemorlarni qabul qila oladi. Har bir bemorga 20 daqiqa vaqt ajratilsa, bir shifokor kuniga: 480 : 20 = 24 ta bemorga xizmat koʻrsata oladi. Shifoxonada 3 ta shifokor ishlashini inobatga olsak, shifoxona bir kunda eng koʻpi bilan 24 * 3 = 72 ta bemorni qabul qila oladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling