Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi O‘zbekiston


Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/44
Sana13.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1355184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
spirt

Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish: 
Jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga 
sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik 
islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida 
ularning ijtimoiy faolligini oshirish; o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim 
muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik 
sohasiga jalb etish; yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-
quvvatlash va ro’yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o’rtasida sog’lom turmush 
tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish; yoshlarni 
ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy 
sharoitlarni yaratish; 


3
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali 
faoliyatini tashkil etish. 
 
 


4
I-BOB “SUYUQLIK – SUYUQLIK” SISTEMASIDA 
EKSTRAKSIYALASH JARAYONI 
1.1 Kirish 
“SuyuqIik – suyuqlik” sistemalarida eritma yoki qattiq jismlar tarkibidan 
bir yoki bir necha komponentlarni maxsus suyuqlik (erituvchi) yordamida 
ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb nomlanadi. Shuni alohida ta'kidlash 
kerakki, erituvchi aralashmada erimaydi, lekin ekstraksiyalanayotgan 
komponentni eritadi. 
Ma'lumki, ekstraksiya jarayoni 2 xil bo'ladi: 1) suyuqliklarni 
ekstraksiyalash; 2) qattiq materiallarni ekstraksiyalash. 
Ekstraksiya jarayonining prinsipial sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan. 
1.1.1-rasm. Ekstraksiya jarayonining prinsipial sxemasi. 
Tarkibida tarqatuvchi modda M bor boshlang'ich eritma F va erituvchiE 
lar ekstraktorga yuklanadi. Biror eritma tarkibidagi komponentlarni ajratib olish 
uchun qo'llaniladigan suyuqlik ekstragent (E) deb nomlanadi. Fazalar o'rtasida 
massa almashinish jarayoni ularning bevosita to'qnashuvi tufayli yuz beradi. 
Ekstraksiya natijasida hosil bo'lgan suyuq aralashma ajratgichga yuboriladi va u 
yerda ekstrakt ( E ) va rafinat (R) ga ajratiladi. 
Suyuq aralashmani ekstrakt va rafinatga ajratish uchun tindirish
separatsiyalash, sentrifugalash yoki boshqa mexanik jarayonlar qo'llaniladi. 
Ekstrakt tarkibidagi zarur komponent (mahsulot) ajratib olinadi, 
rafinatdan esa ekstragent qayta tiklanadi. 


5
Ekstraksiya jarayoni turli xil konstruksiyali qurilmalarda - ekstraktorlarda 
o'tkaziladi. 
Jarayon tahlili shuni ko’rsatadiki, bu jarayon ham rektifikatsiya kabi 
eritmalami ajratish uchun ishlatiladi. Agar rektifikatsiya jarayoni issiqlik 
ta'sirida olib borilsa, ekstraksiya uchun esa - uning zarurati yo'q. 
Rektifikatsiyada komponentlarga ajratish ularning turli uchuvchanligiga bog'liq. 
Agar eritma komponentlarining qaynash temperaturalari bir - biriga juda yaqin 
bo’lsa, ekstraksiya jarayonidan foydalanish yuqori samara beradi. Lekin 
ekstragentning zichligi, suyuq aralashma zichligidan yetarli darajada farq qilishi 
va kam bo'lishi kerak. 
Ekstraksiya jarayonidan kimyo, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, oziq-
ovqat, farmatsevtika va sanoatning boshqa sohalarida keng miqyosda 
foydalaniladi. Bu jarayon xilma-xil organik va neft-kimyo sintez mahsulotlarini 
toza holda ajratib olish, nodir, kamyob va tarqoq elementlami olish, oqava 
suvlarini tozalash va boshqa sohalarda ishlatiladi. Jarayonning asosiy afzalligi 
shundaki, u past temperaturada o'tadi va tennolabil moddalari bor elementlami 
ajratish imkonini yaratadi. 
Ekstraksiya jarayoni kamchiliklardan holi emas, ya'ni qo'shimcha 
erituvchi 
ishlatiladi, 
erituvchini 
qayta 
tiklash 
texnologik 
sxemani 
murakkablashtiradi va qo'shimcha qurilma talab etadi hamda jarayonni 
qimmatlashishiga olib keladi. 
Ko'pchilik hollarda ekstraksiya va rektifikatsiya jarayonlari ko'pincha 
birgalikda qo'llaniladi. Bunga sabab, boshlang'ich eritma konsentratsiyasi ortishi 
bilan rektifikatsiya jarayoniga zarur bo'lgan issiqlik sarfi kamayadi. Demak, 
avval ekstraksiya jarayonining o'tkazilishi, boshlang'ich eritmani ajratish uchun 
sarflanadigan issiqlikni tejashga olib keladi. 


6

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling