Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi O‘zbekiston
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
spirt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aralashtirib - tindiruvchi ekstraktorlar
1.5 Ekstraktorlar konstruksiyalari
Ma'lumki, ekstraksiyalash jarayonlarida massa o'tkazishning samaradorligi massa berish yuzasi va o'rtacha harakatga keltiruvchi kuchga to'g'ri proporsional. Ekstraktorlarda massa almashinish yuzasini oshirish maqsadida suvuq fazaiardan biritomchi holida purkaladi. Dispers va dispersion fazalar o'rtasida massa o'tkazish jarayoni sodir bo'ladi. Ekstraktorda yuqori harakatga keltiruvchi kuchga erishish uchun jarayondagi oqimlar ideal siqib chiqarish sharoitida o'zaro to'qnashishi tashkil etiladi. Buning uchun ekstraksiyalash jarayoni yupqa qatlamda nasadkali, markazdan qochma ekstraktorlarda ularni seksiyalash yoki ko'p pog'onali seksiyalangan qurilmalarda olib boriladi. Jarayon tashkil etilishiga qarab ekstraktorlar davriy va uzluksiz prinsipda ishlaydigan bo'ladi. Jarayonda qatnashayotgan fazalar to'qnashuviga qarab ekstraktorlar 3 guruhga bo'linadi: aralashtirib - tindiruvchi; differensial kontaktli va pog'onali yoki seksiyali. Aralashtirib - tindiruvchi ekstraktorlar bir necha pog'onadan iborat bo'lib ulardan har biri tarkibida aralashtirgich va ajratgich bo'ladi. Tashqaridan berilayotgan energiya hisobiga aralashtirgichda suyuqlik fazalaridan biri tomchi holida purkaladi va natijada dispersion faza hosil bo'ladi. Tomchi holidagi dispersion faza dispers fazada tarqaladi. Dispers faza sifatida yengil faza ham yoki og'ir faza ham bo'lishi mumkin. 21 Ajratgich sifatida tindirgichni ham ishlatish mumkin. Zamonaviy qurilmalarda esa uning o'rniga separator ishlatiladi. Separatorda emulsiya rafinat va ekstraktga ajratiladi. Eng sodda aralashtirib-tindiruvchi ekstraktor sxemasi 1.5.1-rasmda keltirilgan. 1.5.1-rasm. Aralashtirib – tindiruvchi ekstraksiya qurilmasi. 1-ekstraktor; 2- separator. Bir nechta aralashtirib - tindiruvchi qurilmalarni seksiyalarga ulash natijasida turli ekstraksion qurilmalarni hosil qilish mumkin. Lekin ushbu sxemaning bir qator kamchiliklari bor: qo'pol, ko'p joy egallaydi, metall va energiya sarfi ko'p. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling