Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi O‘zbekiston


Differensial - kontaktli ekstraktorlar


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/44
Sana13.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1355184
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
spirt

Differensial - kontaktli ekstraktorlar fazalar o'rtasidagi to'qnashishni 
uzluksiz va ulardagi konsentratsiyalarning asta - sekin, uzluksiz o'zgarishini 
ta'minlaydi. Bu turdagi qurilmalarda fazalaming bo'ylama siljishi hisobiga ideal 


22
siqib chiqarish qurilmasiga qaraganda o'rtacha harakatga keltiruvchi kuch 
bimuncha past bo'ladi. 
Undan tashqari. suyuq fazani purkash uchun ham energiya sarflanishi zarur. 
Ekstraktorda energiya sarflanish turiga qarab, tashqi energiya hisobiga va bunday 
energiyasiz qurilmalarga bo'linadi. O'zaro ta'sirda bo'lgan fazalarga tashqi 
energiya aralashtirgich, tebratgich va pulsatorlar yordamida uzatiladi. 
Pog'onali (seksiyali) ekstraktorlar alohida seksiyalardan tarkib topgan 
bo'lib, ularda fazalar konsentratsiyalari notekis, sakrab-sakrab o'zgaradi. Ayrim 
hollarda har bir seksiyada konsentratsiyalar maydoni ideal siqib chiqarish 
qurilmasiga yaqinlashib qoladi. Shunday bir necha seksiyadan tashkil bo'lgan 
ekstraktor ideal siqib chiqarish qurilmasi deb hisoblanishi mumkin. 
Kolonnali ekstraktorlar tarelkali. ichi bo'sh kolonna, nasadkali, pulsatsiyali 
va rotor-diskli bo'lishi mumkin. 
Tarelkali ekstraktorlar turli konstruksiyadagi elaksimon tarelka va 
quyilish moslamasi bor kolonnali qurilmadir (1.5.2-rasm).
O'zaro qarama - qarshi yo'nalishdagi fazalar oqimlarining har bir tarelkada 
to'qnashishi tufayli ro'y beradi. Fazalardan biri tarelka teshiklari orqali o'tib 
mayda tomchilarga parchalanadi. Yaxlit faza tarelka bo'ylab harakatlanadi va 
quyilish patrubkasi orqali keyingi tarelkaga o'tadi va jarayon shu yo'sinda 
qaytariladi. 


23
1.5.2-rasm. Tarelkali ekstraktor. 1- silindrik qobiq; 2- quyilish moslamasi; 3- 
elaksimon tarelka. 
Mayda tomchi holatidagi suyuqlik dispers faza deb, qurilmaning butun 
hajmini egallagan suyuqlik esa, dispersion (yaxlit) faza deb nomlanadi. 
Tarelkada tomchilar birlashib, uning osti yoki ustida yaxlit suyuqlik 
qatlamini hosil qiladi. Qurilmani seksiyalash, jarayonni harakatga keltiruvchi 
kuchni ortishiga olib keladi. 
Tarelka teshiklaridagi dispers fazaning tezligi oqimchali rejim hosil bo'lish 
shartidan aniqlanadi. Tomchili rejimdan oqimchali rejimga o'tish paytidagi kritik 
tezlik tarelka teshiklariga bog'liq, ya'ni: 
𝐖
𝐤𝐫𝐩
=
𝟒.𝟒
𝐝
𝟎


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling