Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi O‘zbekiston
-BOB. TEXNOLOGIK JARAYONLARNI KOMPYUTER
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
spirt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komputerda modellashtirish dasturlarining ahamiyati.
- 2.2 Aspen Plus dasturida jarayonlarni modellashtirish
2-BOB. TEXNOLOGIK JARAYONLARNI KOMPYUTER
DASTURLARI ORQALI TAHLIL ETISH 2.1 Kirish Hozirgi kunda jarayonlarni komputerda modellashtirish uchun mo'ljallangan dasturlar mavjud bo'lib, shulardan biri Aspen ONE paketidir. Aspen ONE paketi tarkibida Aspen Custom Modeler, Aspen Dynamics, Aspen Polymer, Aspen Properties, Aspen Hysis, Aspen Plus va shu kabi bir qancha modellashtirish dasturlarini oladi. Aspen Plus dasturi texnologik jarayonlarni oson modellashtirish va ular haqida yetarlicha tushunchalarni hosil qilish uchun mo'ljallangan dasturlardan biridir. Ushbu dastur texnika va texnologiya yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va magistrantlar uchun mo'ljallangan bo'lib Aspen ONE paketi tarkibiga kiruvchi Aspen Plus modellashtirish dasturi haqida boshlang'ich tushuncha va ko'nikmalarni olish uchun yordam beradi. Komputerda modellashtirish dasturlarining ahamiyati. Jarayonlarni komputerda modellashtirish bizga boshlang'ich muhandislik bilimlariga ko'ra jarayonning umumiy xususiyatlarini oldindan tahmin qilishni, shuningdek massa va energiya balansi, faza va kimyoviy muvozanat hisoblarini aniqlash imkonini beradi. Berilgan termodinamik ma'lumotlar, jarayonning haqiqiy borish sharoitlari, qurilmalarning mukammal modeli asosida ishlab chiqarish jarayonlarining tegishli modelini yaratishimiz mumkin. Jarayonlarni komputerda modellashtirish bizga ko'plab "Agar ushbu parametr berilsa" kabi tahlillarni amalga oshirishni hamda sezgirlik hisoblashlari va optimal vaziyatni aniqlash imkoniyatlarni beradi. Modellashtirish yordamida mavjud ishlab 35 chiqarish jarayonining optimal sharoitlarini tahlil qilib, uning umumdorligi oshirishimiz mumkin. 2.2 Aspen Plus dasturida jarayonlarni modellashtirish Ishlab chiqarish jarayonlari qurilmalar ishlashi orqali aralashuvchi, ajratiluvchi, isitiluvchi, sovutiluvchi va kimyoviy reaksiyaga kirishib boshqa bir moddaga aylanuvchi kimyoviy komponentlardan tashkil topgan bo'ladi. Ushbu komponentlar qurilmadan qurilmaga ma'lum bir o'tkazuvchilar yoki oqimlar (stream) yordamida uzatiladi. Haqiqiy ishlab chiqarish jarayonini Aspen Plus dasturida o`rganish uchun quyidagi ketma-ketlik amalga oshiriladi: 1. Jarayondagi kimyoviy komponentlarni tanlash. Ushbu komponentlar Aspen Plus ma'lumotlar bazasidan olinishi yoki foydalanuvchi tomonidan kirirtilishi mumkin. 2. Jarayondagi komponent va aralashmalarning fizik xususiyatlarini nomoyon etuvchi termodinamik modelni tanlash. Ushbu modellar Aspen Plus dasturi tarkibida mavjud bo'lib, modellashtirish jarayonida ularni tanlashning o'zi kifoya qiladi. 3. Jarayonni dasturda izohlash yoki modellashtirish. Buning uchun quyidagi amallar bajaraladi: 1. Jarayondagi qurilmalarni tanlab olish; 2. Qurilmadan qurilmaga berilayotgan oqimlarni tanlab olish; 3. Aspen Plus Model kutubxonasidan har bir qurilmaning ishlash xususiyatlarini tavsiflovchi termodinamik usullarni tanlab olish va ularni modelga kiritish; 36 4. Belgilangan oqimlarni modelga kiritish va tegishli qurilmalarga ulash. 5. Komponent kirishlari qiymatini va termodinamik holatlarini (temperatura, bosim va hk.) aniqlash. 6. Qurilmalar modellarining ishlash sharoitlarini aniqlash. Aspen Plus yordamida jarayon loyihasini, qurilmalarning ishlash sharoitlari va oqim kompozisiyalarini o'zgartirish orqali yangi vaziyatlarni o’rganishimiz va muqobil jarayonlarni tahlil qilishimiz mumkin. Jarayonlarni modellashtirishdan tashqari Aspen Plus bizga ko'plab boshqa, jumladan fizik xossalarni oldindan bilish va regressiyalash, grafik va jadval ko'rinishdagi natijalarni olish, haqiqiy ishlab chiqarish va modellashtirish natijalarini taqqoslash va moslash, jarayonni optimallashtirish hamda natijalarni elektron jadvallar bilan bog'lash kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling