Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi O‘zbekiston
-rasm. Pulsatsiyali (a) va tebranuvchi tarelkali (b) ekstraktorlar
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
spirt
1.5.6-rasm. Pulsatsiyali (a) va tebranuvchi tarelkali (b) ekstraktorlar.
а) 1 - kolonna; 2 - porshenli pulsator; 3 - tarelka;4- tindirish zonasidagi fazalarni ajratuvchi yuza б) 1,2 - og'ir fazaning kirish va chiqish shtuserlari; 3,4 - yengil fazaning kirish va chiqish shtuserlari;5- elaksimon tarelka; 6 - shtok. Pulsatsiya tebranishlari ta'siri ostida suyuqlik oqimining turbulentligi va fazalarning tomchilarga parchalanishi ortadi. Bu hol o'z navbatida tarelkali yoki nasadkali ekstraktorlarda massa almashinish jarayonining o'sishiga olib keladi. Pulsatsiyali ekstraktorning ishlash rejimi pulsatsiyalar intensivligiga bog'liq bo'lib, amplitudaning chastotaga ko'paytmasi bilan xarakterlanadi. Agar pulsatsiya intensivligi kichik bo'lsa, yengil faza og'ir fazada yoki og'ir faza yengilda galma-gal tarqaladi. Agar pulsatsiya intensivligi katta bo'lsa, kolonnaning ishchi zonasi yaxlit fazaga qarama - qarshi yo'nalishda harakat qilayotgan mayda tomchilar bilan bir tekisda to'lib turadi. Bunday rejim pulsatsiyali ekstraktorning optimal rejimi hisoblanadi. 31 Tebranishlar amplitudasi siqilgan havoning bosimi bilan belgilanadi. Pulsatsiyalar chastotasi odatda minutiga 30...250, amplitudasi esa- 2...25 mm ni tashkil etadi. Agar pulsatsiyalar intensivligi yanada oshirilsa, ekstraktorda tiqilib qolish hodisasi ro'y beradi. Pulsatsiyali ekstraktorlar kolonnasidagi butun suyuqlikni tebratish uchun energiva sarfi katta, ko'ndalang kesim bo'yicha oqim tezliklar bir xil emasligi va kavitatsiya hodisa hosil bo'lishi mumkinligi hamda qurilmaning ayrim bo'laklarida xavfli kuchlanishlar barpo bo'lishi - bu turdagi ekstraktorlaming kamchiliklaridir. Bir dasta elaksimon tarelkalar tebranishi tufayli kolonnadagi suyuqlikka tebranish berish, pulsatsiyali usulga nisbatan samarasi yuqori bo'lib chiqdi (1.5.6b-rasm). Bu turdagi qurilmalarda tarelka 5 lar shtok 6 da o'rnatiladi va shtok ilgarilama - qaytma harakat qiladi. Bunday harakat suyuqlikka tebranishlar beradi va jarayon intensivlashadi. Pulsatsiya va vibratsiyali ekstraktorlarda massa almashinish intensivligi rotor - diskli qurilmanikiga qaraganda ancha yuqori. Bunga sabab, massa berish va o'rtacha harakatga keltiruvchi kuchning kattaligidir. Undan tashqari, solishtirma yuklama 30...80 m 3 (m 2 ∙soat). Bu ko'rsatkich boshqa ekstraktorlar uchun ruxsat etilgan yuklamadan ancha ortiq. Yana bir afzalligi shundaki, qurilmada yuqori massa alamashinishga erishilgani uchun. metall va kapital sarflar kamayadi. Lekin pulsatsiya va vibratsiyali ekstraktorlar kamchiliklardan holi emas. Masalan, ular katta dinamik yuklamaga bardosh beradigan og'ir poydevorlarga o'rnatilishi zarur. Undan tashqari, boshqa ekstraktorlarga qaraganda ekspluatatsion sarflar ham birmuncha ko'proq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling