68
4.5 Ekstraksion ajratish jarayonini avtomatlashtirish va loyihalash
Turli texnologik uskunalar va sistemalar talab etilgan vazifalarni bajarishi
uchun biron bir boshqarish jarayonini tashkillashtirish lozim. Boshqarish jarayoni
“qо‘l” usulida yoki umumiy xolda avtomatlashtik
boshqarish sistemalari deb
ataluvchi texnik vositalar birligi orqali amalga oshiriladi.
Sanoat ishlab chiqarishining texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish
texnik progressning ishlab chiqarish madaniyatining yuksalishiga,
maxsulot
sifatini oshishiga, uskuna unumdorligiga, maxsulotni
ishlab chiqarishda xom
ashyoning umumiy sarfini, energiya va mexnat sarfini kamaytirishga, atrof muhit
himoyasini yaxshilashga, insonni ishlab chiqarishning zararli sharoitlaridan ozod
qilishga shu bilan birga qator sotsial, iqtisodiy va texnik kо‘rsatgichlarni
yaxshilashga qaratilgan asoslaridan biridir.
Avtomatlashtirish – texnologik jarayonlarni odam
ishtirokisiz boshqaradigan
texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish ishlab chiqarish jarayonidagi
odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bо‘lib, bunda texnologik va ishlab
chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi.
Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnik – iqtisodiy
kо‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va
sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi.
Avtomatlashtirishning maqsadi – mehnat
unumdorligi va ishlab
chiqarishning sifatini oshirish rejalarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va
boshqarish, insonni zararli sharoitlarda ishlashdan ozod qilishdir.
Texnik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga kо‘ra
avtomatlashtirishni
quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va
avtomatik boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: