Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 13 fevraldagi pq-4992-son qaroriga muvofiq, kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish konsepsiyasi ishlab chiqildi


Download 150.64 Kb.
bet12/15
Sana29.01.2023
Hajmi150.64 Kb.
#1139575
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kirish

Distillyatsiya jarayoni. Filtirli suyuqlik distillyasiya gazlarining kondensator zsovutgichiga (KKDS) kelib tushadi. Kondensator bir birining ustiga joylashgan korpus sarglardan iborat topgan. Xar bir korpusda plastina paketlardan montaj qilingan seksiyalar mavjud. Filtrli suyuqlik xar bir sargning tepa qismga beriladi va uning pastgi qismidan chiqib, keying sargiga o‘tadi. Suyuqlikdan chiqayotgan dioksid uglerod maxsus kommunikasiyalar orqali xar bir sarganing tepa qismidan tortilgan trubalar orqali absorbsiyaga yuborilayotgan gazning umumiy kollektoriga beriladi. Xosil bo‘layotgan kondensat ojiz suyuqliklar distillyasiya minoralariga yuboriladi. Variant sifatida kondensat distillyasiya issiqlik almashish yo‘nalishi mumkin. KXDSdan o‘tgan filtrli suyuqlik 70-750C gacha qizdiriladi va distillyasiya issiqlik almashishish apparatini tepa sargasiga kelib tushadi. Bu yerda filtrli suyuqlik tepaga ko‘tarilayotgan bug‘gazli aralashma bilan tutashib, tepadan pastga qarab yuboriladi. TDS bir birining ustida joylashgan aloxida sarglardan iborat va ularning orasida kontakt elementlar o‘rnatilgan bo‘ladi. TDSda suyuqlikning tarkibidagi ammoniy karbonatlar parchalanadi va xosil bo‘layotgan dioksid uglerod eritmalaridan deyarli to‘liq chiqib ketadi. 95-980C gacha qizdirilgan suyuqlik oqimi TDSdan aralashtiruvchi yo‘llaniladi. Bu yerga 90-960C xaroratda oxakli suspenziya xam beriladi va uning tarkibida 200-240 n.d. miqdorda faolli CaO mavjud. Distillyasiya jarayonini intensifikasiyalash maqsadida xozirgi vaqtda ikkita aralshtiruvchi o‘rnatiladi, chunki bu aralashayotgan oqimlarning reaktordagi bo‘lish vaqtini oshiradi va reaksiyani to‘liq o‘tkazishga imkoniyat yaratadi. Gipsning reaktorlarda kristallanishi suspenziyalarning aralashtiruvchilarda 40-60 min bo‘lishini yetarli deb xisoblash mumkin va distiller tozalashga to‘xtatilish qadar ko‘proq vaqt ishlashiga imkoniyat yaratadi. Aralashtiruvchining pastgi qismiga beriladi va uning ichida pastdan yuqoriga kiradi. Buning natijasida bug‘gazli aralashma bilan kontaktlashib, yuqoriga ko‘tarilgan sayin suspenziyada ammiak chiqib ketishi kuzatiladi. Distiller xam orasida kontakt elementlar o‘rnatilgan aloxida sarglardan tuzilgan bo‘ladi. Distillerdan 108-1550C da chiqqan suspenziya birinchi bug‘latuvchiga keladi va undan keyin ikkinchi bug‘latuvchiga o‘tadi. Yirik zarrachalarni ajratish uchun bug‘latuvchilardan keyin suspenziya qumajratgichga beriladi (sxemada ko‘rsatimagan). Bundan keyin nasoslarning ishini yaxshilash uchun suspenziyaga sovuq suv qo‘shiladi (buning natijasida suyuqlikning xarorati va yopishqoqligi kamayadi xamda bug‘ ajralib chiqaishiga yo‘l qo‘yilmaydi) va shlam yig‘uvchiga («oq dengiz») yuboriladi. Kalsiy xlorid olinishi sxemalarida distiller suspenziyasi karbonizasiya qilinadi va buning natijasida 23-28 g/l tarkibli qattiq faza xosil bo‘ladi. Distillyasiya minoradagi bug‘ va bug‘gazli aralashmalar suyuqlikga nisbatan qarama-qarshi oqim bo‘lib yuradilar. Distillerning pastgi sargasiga bug‘ beriladi. Tarkibida ammiaki bor bug‘gazli aralashma distillerdan aralshtiruvchining gazli xajmiga kelib tushadi. Bu yerda aralshtiruvchi tomchiajratgich apparati sifatida xizmat qiladi. Ayrim sxemalarda bug‘gazli aralashma maxsus tamchiajratgich orqali distillerdan distillyasiya issiqlik almashinish apparatiga beriladi. Aralashtiruvchidan bug‘gazliaralashma distillyasiya issiqlik almashinish apparatining pastgi sargasiga yuboriladi va filrtli suyuqlik bilan 68-750S gacha sovutilishi uchun distillyasiya gazining kondensator-sovutgichiga yuboriladi. Bundan keyin bug‘gazli aralashma KXDSning sovutgich qismida suv bilan 58-600C gacha sovutiladi va absorbsiya bo‘limiga jo‘natiladi. KXDSning sovutgich qismda. Xosil bo‘lgan flegma suyuqlikning yig‘indisida yig‘iladi. Distillyasiya yoki regenerasiya. Eritmadan ammiakni distillyasiyasi yoki regenerasiyasi distillyasiya bo‘limidagi balandligi 45 m bo‘lgan distillyasiya minoralarida (minora tarkibiga distiller, issiqlik almashtirgich va gaz sovutgichi kiradi) amalga oshiriladi. NaHCO3 kristallaridan ajratilgan filtrat regenerasiyaga keladi. Ammoniy xloridni parchalash uchun uni oldindan ohak so‘ndirish jihozida tayyorlangan ohak suti bilan qayta ishlanadi. Bunda quyidagi reaksiya sodir bo‘ladi:
2NH4Cl + Ca(OH)2 = CaCl2 + 2NH3 + 2H2O
NH4Cl ni parchalash asosan balandligi 15 m va diametri 2,8-3,0 m bo‘lgan distillerda o‘tkaziladi. Ta’sirlashmagan osh tuzi, kalsiy xlorid va boshqa tuzlar bo‘lgan qoldiq eritma suv bilan suyultiriladi, shundan so‘ng Quyqumli havzaga chiqindi sifatida tashlanadi, tarkibida NH3 va CO2 tutgan gaz esa absorbsiyaga yuboriladi. Kalsinatsiya jarayoni. Filtrlarda yuvilgan natriy gidrokarbonat umumiy lentali transporterdan plujkali tashlovchi yordamida vibrota’minlovchining bunkeriga beriladi. Bu yerdan vibrota’minlovchi va lentali transporterlar bilan yacheykali ta’minlovchi orqali aralashtiruvchiga beriladi. Aralshtiruvchiga retur soda va siklondagi kalsinasiya gazlaridan ajratilgan sodalar kelib tushadi. Kalsinasiya bo‘limida filtrlangan va yuvilgan nam holatdagi natriy gidrokarbonatning parchalanishi natijasida kalsinasiyalangan soda, karbonat angidrid va suv hosil bo‘ladi. Qizdirilish natijasida quruq natriy gidrokarbonat (NaHCO3) quyidagi reaksiya bo‘yicha parchalanadi:
2NaHCO3 Na2CO3 + CO2 + H2O – 125,6 kj
CO2 va H2O ning 100kPa (1 atm) bosimida parchalanishi 1200C haroratda sodir bo‘ladi. Fazalar qoidasiga ko‘ra, bu tizim bir erkinlik darajasiga ega va shuning uchun bug‘ fazasining muvozanat bosimi faqat haroratga bog‘liqdir. Harorat oshirishi bilan muvozanot o‘ng tomonga siljiydi va natijada reaksiya tezligi oshadi. Natriy gidrokarbonat tarkibida nam va qo‘shimchalar borligi uchun amaldagi sharoitlarda uning termik parchalanishi murakkablashadi. Aralashtiruvchida tayyorlanayotgan sodagidrokarbonat aralashmasi (trona) kalsinator barabanining trubalararo moydaniga yuboriladi. Baraban egilishi va aylanishi xisobiga kalsinasiya qilinayotgan massa issiqlikuzatuvchi yuza bilan (kabirg‘alangan trubalar) kontakt qiladi va qabirg‘alangan trubalarni bo‘ylab maxsulot chiqish tomoniga yuradi. Issiqlik asosan natriy gidrokarbonat namligini bug‘latishga, parchalanish kimyoviy reaksiyalari va maxsulotning qizdirilishlariga sarflanadi. Trona qizdirilishi xisobiga kalsinasiyalangan soda va kalsinasiya gazlari (CO2+NH3+H2O) xosil bo‘ladi. Yacheykali ta’minlovchi orqali kalsinasiyalangan soda kalsinatordan chiqariladi va transporterlar tizimlariga kelib tushadi. Ta’minlovchi orqali egilgan transporterdan aralashtiruvchiga soda olinadi. Sodaning qolgan qismi transporterlar bilan omborga beriladi. Aralashtiruchi orqali kalsinatordan kalsinasiya gazlari chiqarib yuboriladi. Aralashtiruvchida kompressor yordamida vakkum xosil bo‘ladi. Kompressordan oldin gazlar siklonlarda quruq xamda kalsinasiya gazi kollektorlari va yuvitgichdada xo‘l tozalanishidan o‘tadilar. Yuvitgichdan oldin kalsinasiya gazlari sovutgichda sovutiladi. Kalsinasiya gazlarning sovitgichida suv bug‘larning kondensasiyasi natijasida xosil bo‘ladigan ojiz suyuqlik kalsinasiya gazlarining kollektorlariga beriladi. Ushbu suyuqlik gaz bilan tutushgan natijasida qisman ammiak va soda changini o‘ziga yutib oladi. Bundan keyin suyuqlik yig‘indiga kelib tushadi. Sovutgichda trubalar orasida gaz tepadan pastga karab utadi, trubalarning ichida esa karama qarshi sovutadigan suv yuradi. Sovutgich trubalari kristallanmaslik va gazning soda changidek yaxshi yuvilishi uchun trubalar orasiga ojiz suyuqlik sepiladi. Yuvitgichda gazga suv sepilgan xisobiga u qo‘shimcha sovutiladi xamda soda va ammiakdan to‘liq yuviladi. Kalsinatorni qizdirish uchun yuqori bosimli suv bug‘i beriladi. Kalsinatorga berishdan oldin suv bug‘i reduksion sovutgich qurilmadan (ROU) o‘tadi xamda bu yerda uning xarorati 2700 C va bosimi 3 MPa gacha pasaytiriladi. Kalsinasialanayotgan materialga issiqlikni berib, kalsinator trubkalari ichida suv bug‘i kondensosiyalanadi. Kalsinatordan kondensat yig‘uvchisiga beriladi va undan keyin kengaytiruvchiga past bosimli bug‘ga aylanishi uchun. Returli soda o‘choqlarni qo‘llaydigan sxemalar ko‘rilgan texnologik sxemaga o‘xshash bo‘ladi. Retursiz soda o‘choqlari qo‘llanganda nimmli natriy gidrokarbonat o‘choq barabaniga maxsus tashlovchi orqali beriladi. Uning soda bilan aralashishi o‘choqning ichida o‘tadi va shuning uchun texnologik sxemadan aralashtiruvchi chikarib tashlanib, sodaning transportirovkachi soddalashadi. Yuqorida ko‘rsatilganidek, vakkum-filtrdan keyin natriy gidrokarbonat tarkibida namlik miqdori 16-18% ni tashkil qiladi. Kalsinasiyaga sarflanadigan 40% issiqlik ushbu namlikni bug‘latishga sarflanadi va shuning uchun natriy gidrokarbonatning namligini kamaytirish kalsinasiyaga energiya sarflanishi kamaytirishining samarali yo‘li deb xisoblanadi. Barabanning to‘ldirish koeffisiyenti 0,3 bo‘lgan xolda returli soda o‘choqida material bir soatgacha va bug‘li kalsinatorda 20-25 min bo‘ladi. Namli natriy gidrokarbonat soda bilan aralashgan natijasida ko‘saklar xosil bo‘lishiga olib keladi va retursiz soda o‘choqlarida kalsinasiya xarorati oshib ketadi. Bunday xollarda yirik granullalarning barcha massasi bo‘yicha kalsinasiya jarayonini yakunlash uchun xarorat oshirilishi zarurdir.



  1. Download 150.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling