Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 13 fevraldagi pq-4992-son qaroriga muvofiq, kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish konsepsiyasi ishlab chiqildi


Download 150.64 Kb.
bet8/15
Sana29.01.2023
Hajmi150.64 Kb.
#1139575
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
kirish

Kalsinasiyalangan soda - Na2CO3, molekulyar massasi-106, natriy karbonat kristall kukun, zichligi 2,53 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 8530C, suvda yaxshi eriydi. Soda (natriy karbonat) qadimgi davrlardan ma’lum bo’lgan. Soda dengiz o‘simliklar ko‘llari va tabiy sodaviy ko‘llardan olingan. Kalsinasiyalangan soda suvda yaxshi eriydi va kristallogidratlar xosil qiladi. U havodagi CO2 va H2O bug’ini yutib, natriy xosil qiladi. Bundan tashqari, kristallangan soda — Na2CO3*10H2O (natron), ichimlik yoki oziq-ovqat sodasi — NaHCO3, (natriy gidrokarbonat) bor. Shu bilan birga, kaustik soda — NaOH (oʻyuvchi natriyning texnik nomi) ham mavjud. Soda tabiatda Na2CO3*10H2O holida, koʻl va mineral suv havzalarida erigan holda uchraydi. U suvdagi eritmalaridan 32°C gacha Na2CO3*10H2O, 32,35°C da Na2CO3*6H2O, 35°C dan yuqorida Na2CO3*H2O, 112,5°C da suvsiz tuz — Na2CO3 kristallanadi. Na2CO3*10H2O — rangsiz kristall modda, havoda nurab turadi. Zichligi 1450 kg/m³, 100 g suvda 0° da 20,9 g, 104° da esa 42,1 g eriydi. Kalsinatsiyalangan soda — rangsiz kristall modda, zichligi 2530 kg/m³, suyuqlanish temperaturasi 858°C; gigroskopik, suvda eruvchanligi massasiga nisbatan 6,54%(0°Cda) va 17,69%(20°Cda). Ichimlik sodasi ham oq kristall kukun, zichligi 2200 kg/m³, 100—150°da parchalanadi; suvda eruvchanligi 6,54% (0°Cda), 9,4% (25°Cda), 14,1% (60°Cda). Uning suvdagi eritmalari gidrolizga uchrab, kuchli ishqoriy reaksiya namoyon qiladi, kislota taʼsir ettirilsa, karbonat angidrid ajralib chiqadi. Sodaning ishlatilishi. Soda kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlaridan; shisha, sovun va boshqa yuvuvchi vositalar, natriy gidroksid va natriyning boshqa birikmalarini ishlab chiqarishda, sellyuloza pishirishda, neft mahsulotlarini tozalashda, pigmentlar olishda, "qattiq" suvni yumshatishda, tibbiyotda ishlatiladi. Ichimlik sodasi non va qandolatchilik mahsulotlari pishirishda CO2 manbai sifatida, alkogolsiz ichimliklar, sunʼiy mineral suvlar, yongʻinni oʻchiruvchi tarkiblar tayyorlashda, tibbiyotda, ogʻiz va tomoqni chayishda ishlatiladi. Soda xalq xo‘jaligida ko‘p sohalarda qo‘llaniladi va shuning uchun bu maxsulot ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Xozirgi kunda jaxon bo‘yicha 30 mln. t dan ortiq soda ishlab chiqarilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida bir yilda 120000 tonna miqdorida sodaga talab bor.
Soda xalq xo‘jaligigining quyidagi soxalarida qo‘llaniladi:
1. Kimyo sanoatida (fenol, bo‘yoq moddalar ishlab chiqarish uchun);
2. Shisha ishlab chiqarish sanoatida;
3. Rangli metallurgiyada;
4. Oziq-ovqat, syellyuloza, qog‘oz sanoatida;
5. Neft kimyo va neftni qayta ishlash sanoatida;
6. Tibbiyot sanoatida;
7. Elektrotexnika sanoatida;
8. Boshqa soxalarda.


  1. Download 150.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling