Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 13 fevraldagi pq-4992-son qaroriga muvofiq, kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish konsepsiyasi ishlab chiqildi


Download 150.64 Kb.
bet4/15
Sana29.01.2023
Hajmi150.64 Kb.
#1139575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kirish

Asosiy bosqichlar tavsifi.
-Karbonatli xomashyoni olish: qazish, portlatish ishlari, maydalash, sortirovka va transportirovka;
-Karbonatli xomashyoni qayta ishlash: kuydirish, sovitish va uglerod dioksidini tozalash, oxakni so‘ndirish va oxakli sut olish;
-namakopni tozalash: xom namakopni reagentlar bilan reaktorda ta’sirlashuvi va uni tindirish;
-absorbsiya: gazlarni ammiakdan tozalash, natriy xlorid eritmasini ikki bosqichli ammiak va qisman uglerod dioksidi bilan to‘yintirish, ammonizasiyalangan eritmani sovitish;
-Karbonizasiya: karbonizasiya jarayenidagi gazni ammiakdan tozalash (uglerod dioksidini ushlab qolish bilan boradi), dastlabki karbonizasiya, cho‘ktiruvchi minoralarda natriy gidrokarbonat ajralishi bilan boradigan karbonizasiya, ajralgan uglerod dioksidini siqish (xom ashyoni qayta ishlash va kalsinasiya bo‘limidan ajralgan);
-filtrlash: filtrlarda natriy gidrokarbonatni ajratish va xavoni vakuum-nasoslar yerdamida so‘rish;
-kalsinasiya: soda pechlarida natriy gidrokarbonatini parchalash va suvsizlantirish, soda pechlaridan chiqqan uglerod dioksidini sovitish va tozalash;
-ammiak regenerasiyasi (distillyasiya): filr suyuqligini isitish va uni aralashtirgichda oxakli suspenziya bilan aralashtirish va ta’sirlashtirish, ammakni distillerda xaydash.


Leblan usuliga nisbatan Solve usuli quyidagi ijobiy tomonlaridan iborat:
1. Maxsulotning sifati yukori, toza soda xosil bo‘ladi;
2. Ishlab chiqarish jarayoninging uzliksizligi;
3. Mexnat sharoitlari yaxshilanishi va ish kuchi kam sarflanishi;
4. Elektroenergiya va yoqilg‘ilarning kamroq sarflanishi;

Yuqoridagi usullardan tashqari sodani natriy gidrooksididan olish mumkin:


2NaOH CO2 Na2CO3 H2O
Rossiyada soda nefelin tabiiy rudasidan xam olish usuli mavjud. Bu ruda tarkibida asosan nefelin bo‘lib (3Na2OK2O4Al2O39SiO2), undan alyuminiy oksid, potash va syement maxsulotlari ham ishlab chiqariladi.
.
Qo‘ng‘irot soda zavodi” – kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yagona korxona hisoblanadi. Ushbu zavod, yuqori sifatli ko‘l tuzi va ohaktoshning ulkan zahirasi tufayli mamlakatimiz va mintaqa iqtisodiyotida muhim o‘rin tutuvchi korxonalardan biridir. Ularning tasdiqlangan zahiralari qo‘shimcha kengaytirish imkoniyati bilan zavodning yuz yildan ortiq ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli. 2020 yil oxirida zavodning «O‘zkimyosanoat»ga tegishli 51 foiz ulushi tanlov savdolari orqali xorijlik investor, aniqrog‘i NCV International DMCC (BAA) kompaniyasiga sotildi. “Qo‘ng‘irot soda zavodi”dan ma’lum qilishlaricha, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish borasidgi ishlar ishlab chiqarish hajmini hozirgi 200 ming tonnadan yiliga 450 ming tonnagacha oshirish loyihasi bilan boshlanadi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun EPC+F tamoyili asosida bosh pudratchi kompaniyani tanlash bo‘yicha xalqaro tanlov e’lon qilindi, eng yangi texnologiyalar va uskunalarni yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib borildi. 2021-2024 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ushbu loyihadagi investitsiyalar hajmi 180 million dolladan oshadi. Bu ichki talabni qondirish va eksport salohiyatini oshirish, 300 dan ziyod yangi va 800 dan ziyod bir-biriga yaqin ish o‘rinlarini tashkil qilish, mamlakatimizning kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqaradigan Rossiya, Turkiya, Xitoy va AQSH singari yetakchi davlatlar bilan teng raqobatlasha olish imkonini beradi. Hozirgi kunda chet el sarmoyadorlari Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida ushbu mahsulotga bo‘lgan talabni o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini olib bormoqda. Shu munosabat bilan zavodning ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish va kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish hajmini yiliga 1 million tonnagacha yetkazish mo‘ljallanmoqda.




  1. Download 150.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling