Prinsiplari hamda qadimgi zamon tarixi manbalari
-Masala. Qadimgi Eron manbalari. (Tosh va sopolga o’yib yozilgan
Download 347.22 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Мавзу баёни
5-Masala. Qadimgi Eron manbalari. (Tosh va sopolga o’yib yozilgan
kitoblar mixxat yozuvlar). Bunday yozuvlar Ahamoniylarning qadimiy poytaxti Persepol, shuningdek Suza va Ekbatana (hozirgi Hamadon) shaharlari va ularning atrofidan topilgan. Masalan, pishiq sopol taxtachaga o’yib yozilgan bir katibada Doro I (miloddan avvalgi 522—486 yy.) hukmronligining dastlabki yillarida (miloddan avvalgi 494— 490 yillar orasida) Suzada bunyod etilgan saroyning qurilish tafsiloti, aniqrog’i qurilishga ishlatilgan materiallarning qaysi mamlakatdan keltirilganligi yozilgan taxtachadagi ma’lumotlarga ko’ra, oltin Lidiya bilan Baqtriyadan, qimmatbaho toshlar, lazurit va serdolik (kizil yoki qizg’ish rangli tosh) So’g’diyonadan, feruza Xorazmdan olib kelingan. Ayniqsa, Persepoldan (Sherozning shimoliy tarafida, undan taxminan 50 km masofada joylashgan; 520—450 yillar orasida qurilgan shahardan) topilgan yozuvlar va tasviriy suratlar (relyeflar) katta ilmiy qimmatga ega.
Тошга ўйиб битилган ёзув. Такатош, Жиззах вилояти. Ulardan ayrim namunalar XVII—XVIII asrlarda (1621 y.) italiyalik sayyoh Pyedro Della Balle va daniyalik olim K. Niburning nomi bilan bog’liq. 1931—1934, 1935— 1939 va undan keyingi yillari nemis olimi E. Xersfild, amerikalik E. Shmidt, fransuz A. Godar hamda eronlik M.T. Mustafoviy va A. Somiy tarafidan o’tkazilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Persepolda juda ko’p noyob yodgorliklar ochildi. Ular orasida Apadana zinapoyalari ustiga ishlangan tasviriy suratlar alohida ahamiyat kasb etadi. Suratlarda (balandligi 3 fut) ahamoniylarga tobe bo’lgan 23 satraplikdan (qaram mamlakatdan) o’lpon olib kelgan kishilar qiyofasi tasvirlangan. Bular orasida baqtriyaliklar (turli idishlar, teri, mo’yna va tuya bilan), so’g’dliklar (turli mato, teri va qo’ylar bilan), saklar (ot va chakmonlar bilan), parfiyaliklar (idishlar va tuya bilan) va xorazmliklar (ot va qurol-aslaha bilan) tasvirlari ham bor. Persepoldan 6 milya (qariyb 5 km) masofada, uning shimol tarafida Husaynkuh qoyalarida ahamoniylardan Doro I, Kserks I (miloddan avvalgi 486—465 yy.), Artakserks I (miloddan avvalgi 465—424 yy.) hamda Doro II (miloddan avvalgi 424—404 yy.) larning maqbaralarini hamda ularga kiraverishda o’yib yozilgan katibalar bor. Mazkur yodgorlik sosoniy sarkardalardan Rustam (636 yili arablar bilan bo’lgan urushda halok bo’lgan) nomi bilan ham bog’liq va tarixda ko’pincha Naqshi Rustam deb ataladi. Katibalarda, ayniqsa Doro I surati ostiga yozilgan katibada, uning davlati ko’klarga ko’tarib maqtaladi, uning tarafidan bosib olingan xalqlar esa itoatkorlikka va halol mehnat qilishga chaqiriladi, bo’ysunmaganlar va shu sababdan jazoga mahkum etilganlarning nomlari ko’rsatiladi; shuningdek, Doro I ning 19 marta qilgan harbiy yurishlari va u asirga olgan 9 podshoning nomlari qayd etiladi. Muhimi shundaki, katibada ahamoniylarga tobe bo’lgan 23 satraplik va xalqlarning to’la ro’yxati yozilgan. Bular orasida parfiyaliklar, baqtriyaliklar, so’g’diyonaliklar hamda xorazmliklar ham bor. Yodgorliklar orasida muhimlaridan yana biri mashhur Behistun yozuvlaridir. Bu yozuvlar (uzunligi 22 m, umumiy balandligi 7,8 m) Shimoliy Eronda, Kirmonshoxdan 30 km masofada, dara bo’ylab o’tgan qadimgi karvon yo’li yoqasida, uning chap tarafida, Zagros nomli tik qoyaga (taxminan 105 metr balandlikda) Doro I ning amri bilan yozdirilgan g’alaba yodgorligidir. Yozuv elam, bobil va qadimgi eron tillarida bitilgan va miloddan avvalgi 523—522 yillari Ahamoniylar saltanatini larzaga keltirgan Gaumata (522 yil 29 sentyabrda halok bo’lgan), Frada (marg’iyonalik, 522 yil 10 dekabrda asirga olingan), Skunxa (hozirgi Qozog’iston va O’zbekiston hududida istiqomat qilgan sak qabilalarining yetakchisi) boshliq xalq harakatlari haqida hikoya qiladi.
Download 347.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling