Prinsiplari hamda qadimgi zamon tarixi manbalari
Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tahlil etish
Download 347.22 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Мавзу баёни
Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tahlil etish. Tarixiy manbani aniqlash,
tanlash va nihoyat, uni ilmiy tahlil qilish har qanday ilmiy tadqiqotning, uning katta- kichikligidan qat’i nazar, dastlabki bosqichi hisoblanadi. Tadqiq etilmoqchi bo’lgan masalaning talqin etilishi, ilmiy jihatdan to’g’ri hal etilishi ko’p jihatdan har qanday ilmiy ishning poydevorini tashkil etadigan manbaning sifat va salmog’iga, ya’ni to’laligi va ma’lumotlarga boyligiga bog’liqdir. Yana shuni ham esda tutish lozimki, aniq biron ilmiy masalani tadqiq etishda bir emas, balki bir necha asarga, qolaversa turli xildagi manbalar (rasmiy hujjatlar, solnomalar, geo-kosmografik va biografik asarlar) ga tayanmoq zarur. Bularning qay biri asosiy, qaysinisi yordamchi rol o’ynashi esa tadqiq etilmish masalaning mavzui va xarakteriga bog’liqdir. Masalan, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o’rganishda rasmiy hujjatlar asosiy manba rolini o’ynaydigan bo’lsa, siyosiy hamda madaniy hayotni yoritib berishda solnomalar (tarixiy asarlar) va biofafik hamda adabiy asarlar birinchi o’rinda turadi. Lekin shunga qaramay, ilmiy tadqiqot olib borishda faqat asosiy hisoblangan manba bilangina kifoyalanib qolmay, ikkinchi darajali manbalarni ham jalb etmoqlozim. Qo’lyozma asarlar ustida olib borilgan ko’p yillik izlanishlar shuni ko’rsatdiki, ba’zi tarixiy asarlar ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda madaniy hayotga oid qimmatli daliliy ma’lumotga ham boydir, rasmiy xujjatlar va biofafik asarlarda esa siyosiy tarixga oid kimmatli daliliylarni, tarixiy asarlarda yo’q dalillarni uchratish mumkin. Shunday qilib, ilmiy ishda ko’p va turli xildagi manbalarga tayanib ish ko’rish. tadqiq
etilmish masalaga oid barcha manbalarni tadqiq etilayotgan ishga jalb etish bo’lajak ilmiy asarning qimmatiga kafolatdir. Belgilangan biron mavzuga teishli manbalar tanlab olingandan keyin, ularning har biri, tashqi va ichki belgilariga ko’ra, ilmiy tahlil etilishi zarur. Download 347.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling