Diplomatika (yunon. diploma — ikki buklangan qog’oz; hujjat) rasmiy hujjatlarni
o’rganish va tahlil qilish bilan shug’ullanadi.
Geraldika (lotin. gerald— gerb, belgi nishon) qadimiy gerblar, turli-tuman nishon
va belgilarni (masalan, qadimiy turkiy qabilalarning tamg’alari) o’rganadi.
Sfragistika (yunon. spragis — muhr) qadimiy muhrlar (podsholar, xonlar, amirlar va
qozilarning muhrlari) va ularning yozuvlarini tekshiradi.
Epigrafika (yunon. epi — ustida, tepasida, grapxo — yozuv; biron narsa; buyum
ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog’och va boshqa qattiq buyumlar ustiga o’yib
yozilgan qadimgi bitiklarni o’rganadi.
Numizmatika (lotin. numus — pul) qadimiy pullarni, ashyosi, shakli, vazni,
yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaq-tini tekshiradi.
Metrologiya (yunon. metron — o’lchov, logos — tushuncha — bilim; o’lchovlar
haqida tushuncha) o’tmishda turli mam-lakat va xalklar orasida amalda bo’lgan og’irlik,
masofa va sath o’lchovlarini o’rganadi.
Xronologiya (yunon. xronos — vakt, logos — tushuncha, bilim; vaqt haqida
tushuncha) qadimda xalqlar orasida va mamlakatlarda amadda bo’lgan yil hisobi va
taqvimni o’rga-nuvchi soha. Ma’lumki, o’rta asrlarda musulmon mamlakatlarida amalda
bo’lgan hijriy (milodning 622 yilidan boshlangan) dan tashqari, saljuqiy sulton
Malikshoh (1072—1092) tarafidan joriy etilgan Jaloliy va 1301 yili Elxon G’ozonxon
(1295—1304) joriy qilgan va Xoniy nomi bilan mashhur bo’lgan yil hisoblari ham bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |