«Shohnoma» Abulqosim Firdavsiy (taxm. 940—1030 yy.) qalamiga mansub, uch kism
va 65 ming baytdan iborat epik asar. 976—1011 yillar orasida yozilgan.
Uning birinchi qismi afsonaviy bo’lib, «Avesta» materiallariga asoslanib yozilgan va
Eron hamda O’rta Osiyo xalqlarining diniy aqidalari va rivoyatlaridan bahs yuritadi.
Asarning ikkinchi va uchinchi qismlari muhim hisoblanadi. Ikkinchi qism
qahramonlik dostoni bo’lib, kadimgi Eron podsholari va ularning zamonida o’tgan
qahramonlar: Rustam va Kova obrazlari talqin qilingan.
«Shohnoma»ning uchinchi qismi tarixiy doston bo’lib, unda Eron va O’rta
Osiyoning zardushtiylikning paydo bo’lishidan to arablar istilosigacha bo’lgan siyosiy
hayoti talqin etilgan.
«Shohnoma»ning qo’lyozma nusxalari ko’p mamlakatlarning kutubxonalarida
saqlanmokda. Asarning to’la matni Hindiston (1829 y.), Fransiya (1838-1878 yy.),
Germaniya (1877-1884 yy.), Eron (1934-1936 yy.) va Rossiyada (1960—1971 yy.)
chop etilgan; rus va o’zbek tillariga qilingan tarjimalari ham bor.