shuni alohida ta’kidlash kerakki, hanuzgacha manbalarni turkumlashning aniq bir tartibi
ishlanmagan. Ba’zi manbashunos mutaxassislar ularni mazmuniga qarab (asarda bayon
etilgan masalaga qarab) turkumlashni lozim topsalar, ularning boshqa bir guruhi asarning
kelib chiqishiga, ya’ni qayerda va qachon yozilganligiga qarab turkumlashni ma’qul
ko’radilar. Yana bir guruh olimlar esa ularni turlarga (rasmiy hujjatlar, tarixiy, geo-
kosmografik va biografik asarlar) qarab turkumlashni tavsiya qiladilar. Manbalarni avtofaf
(muallifning o’z qo’li bilan yozilgan nusxa), yoki ko’chirma nusxaligiga qarab turkumlash
hollari ham uchraydi. Fikrimizcha, manba ustida ishlashning hozirgi bosqichida, bulardan
faqat bittasiga, ya’ni manbalarning turlariga qarab turkumlash prinsipiga tayanish maqsadga
muvofiqdir. Boshqalari esa, o’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, manbani chuqur va atroflicha
o’rganish hamda tahlil qilish vazifalariga javob berolmaydi. Birinchidan, faqat birgina
masalani (ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va hokazo) qamrab olgan asar deyarli
uchramaydi, qolaversa qo’lyozma asarning kelib chiqishi, qanday nusxaligini (avtograf
yoki ko’chirma) anikdash masalasi manbani turkumlash prinsiplaridan bo’lmay, balki
ularni o’rganishning bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Xullas, manbani ularning turlariga qarab turkumlash maqsadga muvofiqdir.
«O’zbekiston tarixi (o’rta asrlar) manbalari»ni (yozma manbalarni) quyidagi uch
turga bo’lib o’rganishni tavsiya qilamiz: 1) ashyoviy manbalar, ya’ni arxeologik qazishlar
natijasida topilgan ashyolar; 2) rasmiy hujjatlar; 3) tarixiy, geo-kosmografik hamda
biografik asarlar.
Do'stlaringiz bilan baham: