Prinsiplari hamda qadimgi zamon tarixi manbalari


Download 347.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana05.01.2022
Hajmi347.22 Kb.
#213826
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
1-Мавзу баёни

Diplomatika (yunon. diploma — ikki buklangan qog’oz; hujjat) rasmiy hujjatlarni 

o’rganish va tahlil qilish bilan shug’ullanadi. 



Geraldika (lotin. gerald— gerb, belgi nishon) qadimiy gerblar, turli-tuman nishon 

va belgilarni (masalan, qadimiy turkiy qabilalarning tamg’alari) o’rganadi. 



Sfragistika (yunon. spragis — muhr) qadimiy muhrlar (podsholar, xonlar, amirlar va 

qozilarning muhrlari) va ularning yozuvlarini tekshiradi. 



Epigrafika (yunon. epi — ustida, tepasida, grapxo — yozuv; biron narsa; buyum 

ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog’och va boshqa qattiq buyumlar ustiga o’yib 

yozilgan qadimgi bitiklarni o’rganadi. 

Numizmatika  (lotin.  numus  —  pul)  qadimiy  pullarni,  ashyosi,  shakli,  vazni, 

yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaq-tini tekshiradi. 



Metrologiya (yunon. metron — o’lchov, logos — tushuncha — bilim; o’lchovlar 

haqida tushuncha) o’tmishda turli mam-lakat va xalklar orasida amalda bo’lgan og’irlik, 

masofa va sath o’lchovlarini o’rganadi. 

Xronologiya  (yunon.  xronos  —  vakt,  logos  —  tushuncha,  bilim;  vaqt  haqida 

tushuncha)  qadimda  xalqlar  orasida  va  mamlakatlarda  amadda  bo’lgan  yil  hisobi  va 

taqvimni o’rga-nuvchi soha. Ma’lumki, o’rta asrlarda musulmon mamlakatlarida amalda 

bo’lgan  hijriy  (milodning  622  yilidan  boshlangan)  dan  tashqari,  saljuqiy  sulton 

Malikshoh  (1072—1092)  tarafidan  joriy  etilgan  Jaloliy  va  1301  yili  Elxon  G’ozonxon 

(1295—1304) joriy qilgan va Xoniy nomi bilan mashhur bo’lgan yil hisoblari ham bo’lgan. 




Download 347.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling