Prinsiplari hamda qadimgi zamon tarixi manbalari


-masala.  “Avesto”,  “Xvaday  Namak”  (“Podshohnoma”),  “Shohnoma”


Download 347.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana05.01.2022
Hajmi347.22 Kb.
#213826
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-Мавзу баёни

6-masala.  “Avesto”,  “Xvaday  Namak”  (“Podshohnoma”),  “Shohnoma” 

asarlari. «Avesta». Zoroastrizm (otashparastlik: miloddan avvalgi VI— milodning VI asri) 

dinining  muqaddas  kitobi  (miloddan avvalgi VI—IѴ asrlarda yozilgan); Eron hamda O’rta 

Osiyo  xalqlarining  qadimiy  madaniyatini  (e’tiqodi,  tili,  adabiyoti),  qisman  tarixini 

o’rganishda asosiy manba xisoblanadi. 

Asarning  yozilgan  joyi  xaqida  turlicha  fikrlar  mavjud.  Bir  guruh  olimlar  (fransuz 

J.Darmsteter,  Ozarbayjon  olimi  I.Aliyev)  «Avesta»  Midiya  (hozirgi  Eronning  shimoli-

g’arbiy qismi va Ozarbayjon) da yozilgan desalar, ko’pchilik (V.V. Struve, S.P. Tolstov, 

F.Altxaym  va  b.q.)  Amudaryo  bo’yida  joylashgan  viloyatlarda,  Balx  bilan  Xorazm 

oralig’ida  yaratilgan,  deb  hisoblaydilar.  Oxirgi  fikr  so’nggi  vaqtlarda  Eron  olimlari 

(masalan, Ibrohim Pur Dovud) tarafidan ham e’tirof etildi. 

«Avesta» to’liq saqlanmagan. Bizgacha, uning juda oz qismi yetib kelgan, xolos. 

Ma’lumki,  «Avesta»  Kayyoniy  hukmdorlardan  Gishtosp  (Vishtosp)  zamonida  kitob 

holiga keltirilgan. Rivoyatlarga qaraganda, uning gatlar deb ataluvchi asosiy qismi xudo 

Zaratushtra tomonidan yozilgan va Mas’udiy, Tabariy va Beruniylarning (q.) so’zlariga 

qaraganda, 12000 ho’kiz terisidan tayyorlangan maxsus pergamentga oltin harflar bilan 

yozilgan. O’sha vaqtlarda uning uch nusxasi mavjud bo’lgan, lekin bir nusxasi Iskandar 

Zulqarnaynning amr-farmoni bilan yoqib yuborilgan. Ikkinchi nusxasi Yunonistonga 

olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga o’ta e’tiqodli bo’lgan kishilar 

qo’lida saqlanib qolgan. Lekin, bu nusxa ham to’la emas. 

Asarning saqlangan qismlarini to’plash va kitob holiga keltirish ishlari Parfiya podshosi 

Valgash III (148—192  yy.)  hamda  Sosoniylar  (milodning  III  asri)  davrida  ham  davom 

ettirildi.  «Avesta»  sosoniy  Shopur  II  (309—379)  davrida  tartibga  solindi,  izoxlar  va 

qo’shimchalar  (zand)  bilan  boyitildi  va  to’la  kitob  holiga  keltirilib,  asosiy  qismlari 

paxlaviy tiliga tarjima qilindi. Bu kitob «Zand Avesta» nomi bilan mashhur. 

Afsuski, «Zand Avesta» ham bizning zamonimizgacha to’la  holda  yetib  kelmagan. 

Uning  bir  qismi  Iskandar  Zulkarnayn  yurishlari  vaqtida,  boshqa  bir  qismi  esa  arablar 

istilosi  (674—715  yy.)  vaqtida  yo’q  qilingan.  Asarning  bizgacha  yetib  kelgan  qismi, 

professor Ye.E.Bertelsning ma’lumotlariga qaraganda, 83000 so’zdan iboratdir. U asosan 

to’rt  qismdan  (yasna,  yashtov,  vispered,  vendidad)  iborat.  Ayniqsa,  Yasna  tarkibiga 

kirgan qo’shiqlar (ular gat deb ataladi) «Avesta»ning eng ko’hna va qimmatli qismlari 

hisoblanadi.  «Avesta», ayniqsa uning qo’shikdari va qissalari Abulqosim  Firdavsiyning 

(taxm. 940—1030 yy.) «Shohnoma» asariga (q.) manba bo’lgan. 

«Avesta» nisbatan yaxshi o’rganilgan (K. Zaleman, X. Bartolomey, Ye.E.Bertels, V.V. 

Struve  va  b.q.).  U  fransuz  (Anketel  dyu  Perron,  Y.Darmsteter),  rus  (K.A.  Kossovich), 

ingliz (L.X. Mayls), Daniya (A.Xristensen) va fors (Ibrohim Pur Dovud) tillariga tarjima 



qilingan.  Uning  Kopengagenda  (Daniya)  saqlanayotgan  yagona  nusxasi  asosida 

tayyorlangan fotomatni 1937—1944 yillari olti jild qilib nashr etilgan. 




Download 347.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling