«Matakdani xazar datastan» («Bir ming nafar huqukiy ajrim»). Paxlaviy tilida
yozilgan (VIII asr). Asarda Eronning Sosoniylar davridagi davlat tuzilishi va uning
ijtimoiy hayoti haqida qimmatli ma’lumot bor. Asarning faqat ayrim qismlarigina
saqlangan. Mitropolit Ishobaxt qilgan suryoniycha tarjimasi (VIII asr) saqlangan.
Inglizcha tarjimasi S.Y. Bulsara tomonidan chop etilgan (Bombay, 1937 y.).
Geografik asarlardan «Shahristonhoyi Eron» hamda «Ajoyib as-Sakiston»ni
ko’rsatish mumkin. «Shahristonhoyi Eron» («Eron shaharlari haqida risola») Eronning
Sosoniylar davridagi geografik holati, va ularning bunyod etilishi haqida ma’lumot beradi.
«Ajoyib as-Sakiston» («Sakiston viloyatining ajoyibotlari») esa Eronzaminning ko’hna
viloyatlaridan Sakiston (Seiston)ga bag’ishlangandir. Har ikkala asar ham pahlaviy
tilida, VIII asrning ikkinchi yarmida yozilgan. «Shahristonhoyi Eron»ning matni va
qisqacha inglizcha tarjimasi J. Asana hamda Modi tomonidan 1897 va 1899 yillari
Bombayda chop etilgan.
Kadimiy Eronning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid ayrim ma’lumotlarni «Kornomayi
Artashir Papakan» («Artashir Papakanning ishlari haqida qissa»), «Mazdak namak»
(«Mazdak haqida qissa»), «Ayatkori zariron» («Zarira haqida rivoyat»), «Podshoh Xusrav
va uning mahrami» kabi tarixiy kissalarda uchratamiz.
Sosoniylar davlati ichki va tashki siyosati asoslarini o’rganishda «Andarznoma»
(«Nasihatnoma») hamda «Tojnoma» kabi etik-didaktik xarakterdagi asarlarning qimmati
ham kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |